5 – amaliy mashg’ulot Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari
Download 133.38 Kb. Pdf ko'rish
|
045-062
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Mavzuga oid adabiyotlar
5 – amaliy mashg’ulot Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari. Metallarni bosim bilan ishlash – bu shunday jarayonki, unda metallaga kerakli shakl va o’lchamlarni kuch ta’sirida beriladi. Metallarning plastik xossalari olingan shakl va o’lchamlarni kuch ta’siri nugagandan keyin ham saqlab qolish imkoniyatini beradi. Plastiklikni oshirish maqsadida metall bosim bilan ishlashdan oldin ma’lum temperaturagacha qizdiriladi. Har bir material uchun bu temperatura materialning fizik- qimyoviy xossalari bog’liq holda aniqlanadi. Mexanir ishlov berishga yoki quymakorlikka qaraganda bu usul bir qator hom ash’yo samarali sarflanishi va ish unumi juda yuqoriligi kabi fzalliklar bilan ajralib turadi. Ishdan maqsad: pokovka olishda ishlatiladigan texnologik jarayonlar hamda xomakining og‘irligi va o‘lchamlarini aniqlash usullari bilan tanishish. Topshiriq: 1. Berilgan detalning chizmasi bo‘yicha pokovkaning o‘lchamlarini aniqlash va chizmasini chizish. 2. Pokovkaning va xomakining og‘irligini aniqlash. 3. Xomaki o‘lchamlarini aniqlash. 4. Pokovkani tayyorlash texnologik jarayonini eskizlar bilan ko‘rsatib, bajarilgan ishlarni yozish. 5. Kerakli bolg‘alash uskunasini aniqlash va yozish. Mavzuga oid adabiyotlar: 1.Materials science and engineering. An Introduction. William D.Callister, Jr. David G. Rethwisch. 346 b. 2.Fundamentals of modern manufacturing. Marerials, processes and systems. Fourth editions. Mikell P. Groover. 156 b. 3.S.D. Nurmurodov va boshk. Materialshunoslik─ Toshkent, "Fan", 2004 4.MirboboevV.A.Konstruksion materiallar texnologiyasi. ─ Toshkent, "O‘qituvchi", 2004 y. Umumiy ma’lumotlar Erkin bolg‘alash metallarning plastik xususiyatidan foydalanib detallarni tayyorlashda ishlatiladigan texnologik jarayondir. Metallarning plastik xususiyati deganda ularning bosim ostida buzilmasdan o‘z shaklini o‘zgartirishiga aytiladi. Metallarning plastiklik xususiyatini oshirish maqsadida ular ishlov berishdan oldin qizdiriladi. Erkin bolg‘alash jarayonida olinadigan mahsulot pokovka deb nomlanuvchi, detal tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mahsulot xomakidan tayyorlanadi. Metallarni erkin bolg‘alash yordamida faqatgina kerakli shaklini olibgina qolmay, balki quymaga qaraganda ancha puxta, ishqalanishga va dinamik zarbalarga bardoshli pokovkalar olinadi. Bu pokovkalar tishli g‘ildiraklar, tirsakli vallar, avtomobil oldingi o‘qlari kabi ko‘plab katta zo‘riqishlarda ishlaydigan detallar olish uchun ishlatiladi. Erkin bolg’alashning asosiy operatsiyalari 1.5.1-rasmda keltirilgan. 1.5.1-rasm. Erkin bolg’alash operatsiyalar sxemalari: a) cho’ktirish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-pokovka; b) o’rta qismini cho’ktirish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-halqali plitalar; 4- pokovka; c) teshik teshish; 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-asbob; 4-pokovka; d) egish:1-pokovka; 2-taglik tayanchlar; e) ezish; f) doira shakldagi pokovkani ezish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; j) yoyish; i) opravkada yoyish: 1-yuqori urgich; 2-silindrik opravka; 3-pokovka; k) opravkada halqa shakldagi pokovkani yoyish; 1-urg’ich; 2-opravka; 3-pokovka; l) chopish: 1-bolg’a; 2-urg’ich; 3-pokovka; m) burash: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-klyuch; 4-pokovka; n) ezib o’tkazish. Metallni ham dastaki, ham mashinali erkin bolg’alash uchun turli asbob-uskunalar ishlatiladi (1.5.2-rasm). 1.5.2-rasm. Erkin bolg’alash uchun asboblar: a) turli urg’ichlar; b) qamrab qisuvchi asboblar; c) metallni yoyivchi asboblar; d) bolg’alar; e) kengaytiruvchi asboblar; j) teshib kengaytiruvchi asboblar; k) turli qisqichlar. Pokovka o’lchamlarni aniqlash Bolg’alash yo’li bilan olingan pokovkalar asosan mashinalarning tayyor detallari sifatida ishlatilmaydi. Pokovkalardan tayyor detal olish uchun ular metalkesish dastgohlarda (tokarlik, parmalash, frezalash va h.z) ishlanadi, ulardan ma’lum quyim deb nomlangan qatlam qirindi ko’rinishida olib tashlamadi. Bu qatlam qalinligi bolg’alash natijasida hosil bo’lgan uglerodsizlangan qatlamning nuqsonlarini, pokovkaning asbob ta’sirida ezilgan joylarini, qisdirish tufayli kuyib ketgan qatlamni yo’qotish uchun yetarli bo’lishi kerak. Bu qatlamni kesib tashlash natijasida shakl chetga chiqishlarni to’g’irlash hamda detal sirtini kerakli tozaligiga erishish mumkin. Demak, pokovkaning nominal o’lchamlari tayo’r detalning o’lchamlari bilan bir hil emas: pokovkaning tashqi o’lchamlari detalning nominal o’lchamlardan katta, ichki o’lchamlari – kichik boladi. Pokovkaning o‘lchamlari quyidagicha aniqlanadi: (1.5.1) Bunda D Download 133.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling