5 – amaliy mashg’ulot Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari


Download 133.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.10.2023
Hajmi133.38 Kb.
#1700282
  1   2   3   4
Bog'liq
045-062



5 – amaliy mashg’ulot 
Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari. 
 
 
Metallarni bosim bilan ishlash – bu shunday jarayonki, unda metallaga kerakli 
shakl va o’lchamlarni kuch ta’sirida beriladi. Metallarning plastik xossalari olingan 
shakl va o’lchamlarni kuch ta’siri nugagandan keyin ham saqlab qolish imkoniyatini 
beradi. Plastiklikni oshirish maqsadida metall bosim bilan ishlashdan oldin ma’lum 
temperaturagacha qizdiriladi. Har bir material uchun bu temperatura materialning fizik-
qimyoviy xossalari bog’liq holda aniqlanadi. 
Mexanir ishlov berishga yoki quymakorlikka qaraganda bu usul bir qator hom 
ash’yo samarali sarflanishi va ish unumi juda yuqoriligi kabi fzalliklar bilan ajralib 
turadi.
Ishdan maqsad: pokovka olishda ishlatiladigan texnologik jarayonlar hamda 
xomakining og‘irligi va o‘lchamlarini aniqlash usullari bilan tanishish. 
 
Topshiriq: 
1. Berilgan detalning chizmasi bo‘yicha pokovkaning o‘lchamlarini aniqlash va 
chizmasini chizish. 
2. Pokovkaning va xomakining og‘irligini aniqlash. 
3. Xomaki o‘lchamlarini aniqlash. 
4. Pokovkani tayyorlash texnologik jarayonini eskizlar bilan ko‘rsatib, bajarilgan 
ishlarni yozish. 
5. Kerakli bolg‘alash uskunasini aniqlash va yozish. 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1.Materials science and engineering. An Introduction. William D.Callister, Jr. David G. 
Rethwisch. 346 b. 
2.Fundamentals of modern manufacturing. Marerials, processes and systems. Fourth 
editions. Mikell P. Groover. 156 b. 
3.S.D. Nurmurodov va boshk. Materialshunoslik─ Toshkent, "Fan", 2004 
4.MirboboevV.A.Konstruksion materiallar texnologiyasi. ─ Toshkent, "O‘qituvchi", 
2004 y. 
 
Umumiy ma’lumotlar 
Erkin bolg‘alash metallarning plastik xususiyatidan foydalanib detallarni 
tayyorlashda ishlatiladigan texnologik jarayondir. Metallarning plastik xususiyati 
deganda ularning bosim ostida buzilmasdan o‘z shaklini o‘zgartirishiga aytiladi.


Metallarning plastiklik xususiyatini oshirish maqsadida ular ishlov berishdan oldin 
qizdiriladi. 
Erkin bolg‘alash jarayonida olinadigan mahsulot pokovka deb nomlanuvchi, detal 
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mahsulot xomakidan tayyorlanadi. Metallarni erkin 
bolg‘alash yordamida faqatgina kerakli shaklini olibgina qolmay, balki quymaga 
qaraganda ancha puxta, ishqalanishga va dinamik zarbalarga bardoshli pokovkalar 
olinadi. Bu pokovkalar tishli g‘ildiraklar, tirsakli vallar, avtomobil oldingi o‘qlari kabi 
ko‘plab katta zo‘riqishlarda ishlaydigan detallar olish uchun ishlatiladi. Erkin 
bolg’alashning asosiy operatsiyalari 1.5.1-rasmda keltirilgan. 
1.5.1-rasm. Erkin bolg’alash operatsiyalar sxemalari: 
a) cho’ktirish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-pokovka; 


b) o’rta qismini cho’ktirish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-halqali plitalar; 4-
pokovka; c) teshik teshish; 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; 3-asbob; 4-pokovka;
d) egish:1-pokovka; 2-taglik tayanchlar; e) ezish;
f) doira shakldagi pokovkani ezish: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki urgich; j) yoyish;
i) opravkada yoyish: 1-yuqori urgich; 2-silindrik opravka; 3-pokovka;
k) opravkada halqa shakldagi pokovkani yoyish; 1-urg’ich; 2-opravka; 3-pokovka; l) 
chopish: 1-bolg’a; 2-urg’ich; 3-pokovka; m) burash: 1-yuqorgi urgich; 2-pastki 
urgich; 3-klyuch; 4-pokovka; n) ezib o’tkazish. 
Metallni ham dastaki, ham mashinali erkin bolg’alash uchun turli asbob-uskunalar 
ishlatiladi (1.5.2-rasm).
1.5.2-rasm. Erkin bolg’alash uchun asboblar: 
a) turli urg’ichlar; b) qamrab qisuvchi asboblar; c) metallni yoyivchi asboblar; d) 
bolg’alar; e) kengaytiruvchi asboblar; j) teshib kengaytiruvchi asboblar; k) turli 
qisqichlar. 
Pokovka o’lchamlarni aniqlash 
Bolg’alash yo’li bilan olingan pokovkalar asosan mashinalarning tayyor detallari 
sifatida ishlatilmaydi. Pokovkalardan tayyor detal olish uchun ular metalkesish 


dastgohlarda (tokarlik, parmalash, frezalash va h.z) ishlanadi, ulardan ma’lum quyim 
deb nomlangan qatlam qirindi ko’rinishida olib tashlamadi. Bu qatlam qalinligi 
bolg’alash natijasida hosil bo’lgan uglerodsizlangan qatlamning nuqsonlarini, 
pokovkaning asbob ta’sirida ezilgan joylarini, qisdirish tufayli kuyib ketgan qatlamni 
yo’qotish uchun yetarli bo’lishi kerak. Bu qatlamni kesib tashlash natijasida shakl 
chetga chiqishlarni to’g’irlash hamda detal sirtini kerakli tozaligiga erishish mumkin. 
Demak, pokovkaning nominal o’lchamlari tayo’r detalning o’lchamlari bilan bir hil 
emas: pokovkaning tashqi o’lchamlari detalning nominal o’lchamlardan katta, ichki 
o’lchamlari – kichik boladi. 
Pokovkaning o‘lchamlari quyidagicha aniqlanadi: 
(1.5.1) 
Bunda D

Download 133.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling