5 – amaliy mashg’ulot Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari


Download 133.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi133.38 Kb.
#1700282
1   2   3   4
Bog'liq
045-062

d
x
xomaki diametri yoki 
kvadrat tomoni, m
Bolg’alash qurilmalari 
Bolg’alashda kerakli shakli va o’lchamlari olish uchun xomaki hamma 
tomonlardan bolg’a yoki press urg’ichlari yordamida tobora siqilib boradi, bunda har 
xil asbob-uskunalar ishlatiladi.
Bolg’alash jarayoni bolg’alarda va gidravlik presslarda bajariladi. 
Gidravlik presslar – statik ta’sirda ushlaydigan mashinalar, deformatsiya bularda 
bir necha soniyadan o’n-yigirma soniyagacha davom etadi. Metall pressning ish 
silindriga beriladigan suyuqlik (suv emulsiya yoki mineral moy) yordamida 
deformatsoyalanadi. 
Bolg’alar – dinamik mashinalar, ular metallga zarba bilan ta’sir qiladi. Bularda 
deformatsiya soniyaning mingdan bir qismida ta’sir qiladi. Metall bolg’aning uruvchi 
qismlarda urish paytigacha yig’ilgan energiya hisobiga deformatsiyalanadi. O’lchamlari 
uncha katta bo’lmagan xomakilarni bolg’alash uchun pnevmatik bolg’alar qo’llaniladi. 
Ularda zarba ham uruvchi qismining og’irligi, ham siqilgan havo hisobiga beriladi. 
Pnevmatik bolg’alarning uruvchi qismlarning massalari 1.5.2-jadvalda keltirilgan. 
Pnevmatik bolg’alarning uruvchi qismlarning massalari 
1.5.2-jadval 
Uruvchu qismlarning 
massasi, kg 
Xomaki massasi, kg 
Xomakini dastlabki 
diametri, mm 
O’rtacha 
Eng kattasi 
75 
0,3 
1,2 
45 
150 
1,5 
4,0 
60 
250 
2,5 
8,0 
75 
400 
6,0 
18,0 
100 
500 
9,0 
28,0 
120 
750 
12,0 
40,0 
135 
1000 
20,0 
70,0 
160 
Erkin bolg‘alash uskunalari.
1.5.2a-jadval. 
Turi 
Pnevmatik bolg‘a 
Par-havoli bolg‘a 


Uruvchi 
qismi 
og‘irlig‘i, kg 
100 150 250 350 550 1000 
2000 
3000 5000 
Eng katta tomon 
qalinligi, yoki 
diametri, mm 
90 
110 120 140 180 
230 
280 
330 
400 
Pokovkani hisoblash va ishlab chiqish texnologik marshrutini tuzish 
Pokovkani hisoblash va ishlab chiqish texnologik marshrutini belgilash quyidagi 
ketma – ketlikda amalga oshadi: 
- variantda berilgan tishli g’ildirak o’lchamlaridan pokovka o’lchamlarini 
hisoblash; 
- pokovkaning hajmini va massasini aniqlash; 
- sortament xomakining hajmini va massasini aniqlash; 
- sortament xomakining o’lchamlarini aniqlash; 
- bolg’alash temperatura oralig’ini aniqlash; 
- xomakini qizdirish vaqtini qniqlash; 
- bolg’aning uruvchi qismlarning massasini aniqlash; 
- asosiy texnologik operatsiyalarni va asboblarni tanlash; 
- pokovkani ishlab chiqish texnologik marshrutini belgilash. 
Tishli g’ildirak o’lchamlaridan pokovka o’lchamlarini hisoblash. 
Pokovka o’lchamlarini aniqlash uchun (1.5.1) formuladan va 1.5.1-
jadvalda keltirilgan quyimlar va ularning chekli og’ishlardan foydalanamiz. 
Pokovkaning hajmini va massasini aniqlash. 
Pokovkani hisobi berilgan variantga ko’ra pokovkaning eskizini masshtabda 
chizishdan boshlanadi. Eskizda hamma o’lchamlar ko’rsatiladi. Pokovkani hajmini 
hisoblash uchun u tashkil topgan oddiy geometrik shakllar keltiriladi. Quyidagi pokovka 
ikkita silindrdan iborat: katta silindr – diametri D
p
va balandligi H
p
, kichik silindr 
(teshik) - diametri d
p
va balandligi H
p

Pokovkani hajmi quyidagicha hisoblanadi,o’lchamlar ‘sm’ qo’yiladi: 
(1.5.3) 


Pokovkani massasi (kg) quyidagicha hisoblanadi: 
(1.5.4) 
Bunda:ρ - po’latning solishyirma zichligi, ρ=7,86 g/sm
3
=7,86·10
-3 
kg/ sm
3
Sortament xomakining hajmini va massasini aniqlash.
Bolg’alash jarayonida metall qizdiriladi va kuyish, uvoqlanish va teshikni ochish
natijasida ma’lum qismi yo’qoladi: 
(1.5.5) 
Bunda: V
k
– metallni qizdirish natijasida kuygan qismi; V
uv
– pokobkaning 
uvoqlanib ketgan qismi; V
t
– pokovka teshigini hajmi.
Tajribadan bunday shakldagi pokovkalar uchun kuyish va uvoqlanish natijasida 
pokovkani 3% yo’qoladi, shuning uchun: 
(1.5.6) 
Sortament xomakini massasi quyidagicha aniqlanadi: 
(1.5.7) 
Sortament xomakining o’lchamlarini aniqlash. 
Xomaki turi (prokat yoki quyma) pokovkani massasiga va qotishma markasiga 
bog’liq. Agar pokovkani massasi bir necha yuz kilogrammdan oshmasa va material 
uglerodli po’lat bo’lsa, pokovka prokatdan tayorlanadi. Pokovka massasi 700-800 kg 
dan yuqori bo’lsa – pokovka quymadan tayorlanadi. Agar pokovkalar legirlangan 
po’latdan yoki qotishmadan tayorlansa, mayda pokovkalar (100 kg) uchun ham 
quymalar ishlatiladi.
Xomakini optimal rejimda cho’ktirish uchun xomaki uzunligini diametriga nisbati 
quyidagi talablarga javob berish kerak: 
(1.5.8) 
Pastki chegara xomakini kesish qulay bo’lishini ta’minlaydi, yuqori chegara esa 
cho’ktirish paytida bo’ylama egilish bo’lmasligini ta’minlaydi. 
Xomaki o’lchamlari uning hajmiga ko’ra hisoblanadi. 


(1.5.9) 
Bunda 
, - standart prokat mahsulotning diametri va uzunligi. 
Standart prokat diametrlari quyidagi qatordan tanlanadi: 
120; 125; 130; 140; 150; 160; 170; 180; 190; 200; 220 mm 
Shunda (1.5.9) quyidagicha yoziladi → 
 
Shunda 
(1.5.10) 
Standartlardan aniqlangan diametrga eng yaqin qiymatini tanlab olamiz, bunda 
(1.5.8) formuladagi α=2,5 teng deb, yani yuqori chegarani qabul qilish mumkin. Keyin 
qiymati aniqlanadi. 
Pokovka tayyorlash texnologik jarayoni. 
1. Birinchi jarayon kesish bulib, bunda doiraviy kesimli standart prokatdan l
h
uzunlikdagi bulak kesib olinadi (1.5.7-rasm). 
2 Ikkinchi jarayon xomakini qizdirish bo‘lib, bunda, xomakining qaysi po‘lat 
markasidan tayyorlanishiga qarab, qizdirish temperaturasi oraliqlari temir-sementit holat 
diagrammasi (1.5.8-rasm) yordamida aniqlanadi. Masalan, xomaki
45 markali po‘latdan tayyorlanadigan bo‘lsa, qizdirish temperaturalari oralig‘ini topish 
uchun, Fe- Fe
3
S diagrammasining gorizontal o‘qidan 0,45% uglerodni topib, tik vertikal 
chiziq o‘tkaziladi va bu chiziqning diagrammadagi T
max 
(I-chiziq) va T
min
(2-chiziq) 
chiziqlari bilan kesishish nuqtalaridan qizdirishning temperatura oralig‘ini topamiz.
3. Xomaki pechda qizdirilgandan so‘ng bolg‘alash uskunasida erkin bolg‘alanadi. 
Bunda cho‘ktirish yordamida xomaki diametri d
x
pokovka diametri d
n
ga keltiriladi. 
Bundan maqsad cho‘ktirish jarayonida xomakidagi metall tolalari yo‘nalishini (odatda 
bo‘ylama tolalar ) o‘zgartirib, pokovkaning zarbiy qovushqoqligi va puxtaligini 
orttirishdir (1.5.9-rasm). CHo‘ktirish natijasida tolalar radial yo‘nalishda o‘zgarib, tishli 
g‘ildirakning yuqori puxtaligini ta’minlaydi.
Cho‘ktirish jarayonida xomakining yon yuzalari qabariq shakl olib qoladi va 
aylana bo‘yicha bolg‘alab yo‘qotiladi ( 1.5.10.-rasm).
Berilgan balandlikka (H
P
) erishilgandan so‘ng cho‘ktirish jarayoni tugallanadi. 
4. Pokovkadagi ichki teshik ochish bir necha jarayondan iborat. 
a) xomakining yon yuzasiga ko‘mir kukuni sepilib o‘rta qismiga sferik teshik 
ochqich qo‘yilib bolg‘ada urish natijasida xomakining 0,75 qismigacha botiriladi 
(1.5.11a- rasm); 


b) cferik teshik ochqich olinib, xomaki 180
0
ga buriladi va shu yonidan konus 
teshik ochqich botiriladi (1.5.11b- rasm) va teshik ochiladi; 
v) ochilgan teshikni silliqlash uchun o‘rta diametri d
P
ga teng bo‘lgan ikki 
konusdan iborat kalibr teshik ochqich bolg‘alab o‘tqaziladi (1.5.11c rasm);
Ochilgan teshik pokovka chizmasidagi o‘lchamlarga to‘g‘rilanadi. Buning uchun 
u kuchli bo‘lmagan zarbalar bilan cho‘ktiriladi (agar balandlik H

dan ortiq bo‘lsa) yoki 
aylana bo‘yicha urib ishlanadi (agar diametr D

dan katta bo‘lsa). 
Eslatma. Ko‘rsatilgan barcha erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari xomakining 
temperaturasi T
min 
gacha bajarilishi zarur. Agar bunga erishib bo‘lmasa (xomaki T
min 
dan past temperaturaga sovib ketsa) xomaki qayta qizdiriladi. 
Erkin bolg‘alash uchun kerak bo‘ladigan bolg‘aning turi 1.5.2-jadvaldan 
detalning diametri (D) ga qarab tanlanadi. 
1.5.7-rasm. 
Xomakini 
qirqish 
sxemasi 
1.5.8-rasm. Bolg‘alashning qizdirish 
temperaturasi intervalini aniqlash 
1.5.9-rasm. Cho‘ktirish jarayoni sxemasi.Tolalar 
yo’nalishi: a) cho‘ktirilishdan oldingi
b) cho‘ktirilgandan keyingi
1.5.10-rasm. Xomakini doira 
bo‘yicha ishlash sxemasi. 


1.5.11-rasm. Sferik (a) konuc (b) va kalibrli proshivkalar (c) yordamida teshik ochish 
sxemasi 

Download 133.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling