5 – amaliy mashg’ulot Erkin bolg‘alash texnologik jarayonlari


Download 133.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.10.2023
Hajmi133.38 Kb.
#1700282
1   2   3   4
Bog'liq
045-062

p
, d
p
, H
p
- mos ravishda pokovkaning tashqi, ichki diametri va balandligi; D, 
d, H - mos ravishda tishli g’ildirak homakining tashqi, ichki diametri va balandligi; 
Z
D
, Z
d , 
Z

mos ravishda tashqi, ichki diametri va balandligi quyimlari va ularning 
chekli og’ishlari, bularning qiymatlari 1.5.1-jadavalda keltirilgan. 
Quyimlar va ularning chekli og’ishlari kattaligi. 
1.5.1-jadval. 
Detalning tashqi 
diametri D, mm 
Quyimlar va ularning chtrli og’ishlari, mm 
Tashqi diametr Z
D
Ichki diametr Z
d
Balandlik Z
H
120 gacha 
12  3 
17  3 
12  3 
121…180 
13  4 
18  4 
13  4 
181…250 
16  5 
21  5 
14  5 
251…360 
18  5 
24  5 
15  5 
361…500 
20  6 
24  6 
16  6 
Izoh: masalan 12±3, 12 – quyim, ±3 – quyimning yuqori va pastki og’ishlari: 
+3 – yuqori, –3 – pastki og’ishi 


1.5.3-rasm. Tishli g’ildirak homakini (qalin chiziq) va pokovkani (shtix chizig’i) 
chizmasi. 
Bolg’alashda qizdirish temperaturasini aniqlash 
Bolg’alash – po’latga ishlov berishning eng samarali va keng qo’llaniladigan 
usul. Bunda ishlov berishdagi temperaturaviy rejim tayor detallarning sifatiga va 
narxiga ta’sir qiladigan asosiy omillardan eng muhimidir.
Po’latlarni temperaturasi bolg’alashdan oldin erish temperaturasidah 150-200
0

past bo’lishi kerak. Bundan yuqori temperaturada po’lat quyib ketadi. Bolg’alash 
jarayonida metall soviydi va uni plastik deformatsiyalash qiyinlashadi va temperatura 
pasayishi bilan metallni umuman bolg’alab bo’lmaydi. Shuning uchun bolg’alashni 
ruxsat etilgan eng past temperaturadan 20-30
0
C dan yuqori temperaturada tugatish 
kerak.
Po’lat uchun bolg’alashni boshalsh va tugatish temperaturalar oralig’i 
tajribalardan aniqlangan va 1.5.4-rasmda keltirilgan. 


1.5.4-rasm. 
Po’latlarni 
bolg’alash 
temperaturalar 
oralig’ini aniqlash. 
Bolg‘alash jarayoni T
max 
temperaturada 
boshlanib 
(1-
chiziq), 
hamma 
texnologik 
jarayonlar 
T
min 
(2-chiziq) 
temperaturagacha sovishigacha 
bajarilishi shart. Agar plastik 
deformatsiyani T
min 
dan ancha 
yuqori temperaturada tamomlab 
quyilsa, 
pokovka 
po‘latida 
(ayniqsa evtekoiddan keyingi 
po’latlarda) yirik sementit hosil 
bo‘lib qoladi va uning zarbaga 
chidamliligi keskin pasayadi.
Xomakini 1-chiziq (T
max
) dan bir muncha yuqori temperaturagacha qizdirish 
metallning yirik donali tuzilishiga olib keladi va uning plastikligi pasayadi. Bu hol 
tuzatib bo‘ladigan nuqson deyiladi va bunda xomakini yumshatish orqali nuqson 
tuzatiladi. 
Bolg’alash uchun metallni qizdirishda hosil bo’ladigan nuqsonlar: 
- quyindi hosil bo’lishi; 
- uglerodsizlanish; 
- metalni meyorda qizdirmaslik; 
- metallni meyordan past temperaturagacha qizdirish; 
- metalni o’ta qizdirish (kuydirish); 
- metallni darz ketishi. 
Quyindi homakini qizdirganda uning ustida temir oksidi hosil bo’ladi. Quyindi – 
bu mo’rt mustahkamligi juda past, tarkibida 30% gacha bo’lgan modda. Quyindi 
metalning umumiy massasidan 3-5% tashkil etadi. Agar homakini bir necha marta 
qizdirish zarur bo’lsa, qancha metall yo’qolishini tassavur qilsa bo’ladi. Hosil bo’lgan 
quyindi miqdori metalni qizdirish temperaturasiga, qizdirish tezligiga, detal shakliga, 
po’lat tarkibiga yoqilgi turiga va boshqa omillarga bog’liq. Quyindini oldini olish uchun 
detall inert gazlar muhitida yoki tuzlar eritmasida qizdiriladi. 
Uglerodsizlanish netalni oksidlanishi bilan birga kechadi va metall sirt qatlamida 
uglerodni kamayishi bilan bog’liq, natijada po’lat yumshayadi va uning kimyoviy 


tarkibi o’zgaradi, mustahkamligi va qattiqligi toblanishga moyilligi kamayadi. 
Uglerodsizlangan qatlam qalin’igi 2-4 mmga yetadi, bu, ayniqsa mayda detallar uchun 
xavfli. Uglerodsizlanish 800-850
0
C da boshlanadi va po'lat tarkibidagi uglerod 
miqdoriga bog’liq, uglerod qancha ko’p bo’lsa uglerodsizlanish shuncha sekin kechadi. 
Uglerodsizlanishni oldini olish uchun qizdirish himoyalangan muhitlarda yoki vakuumli 
pechlarda bajariladi. 
Metalni meyordan past temperaturaga qizdirish – bunda xomaki hajmi bo’yicha 
bir tekis qizdirilmagan, bu holatni o’lchab aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xomakini 
har bir kesimi bo’yicha qizdirishni hisobiy yoki tajribadan aniqlangan qiymatni bilish 
lozim va unga qat’iy rioya qilish kerak. Meyorda qizdirmaslik temperaturaviy rejimga 
rioya qilmasligidan kelib chiqadi. Bu nuqsonni tuzatish yo’li – metallni termik ishlov 
berib yumshatish. 
Metalni o’ta qizishi – xavfli nuqson hisoblanadi. Bu nuqson detal 1250-1300
0
C
qizdirilganda vujudga keladi. O’ta qizdirilgan metalldan tayorlangan detal tez sinadi, 
chunki metall donalari juda yiriklashadi. Bunday detal bolg’alash jarayonida darz 
ketishi mumkun. O’ta qizishga yo’l qo’ymaslik uchun temperatura tavsiya etilgan 
temperaturadan oshib ketmasligi kerak. O’ta qizigan metallni tuzatib bo’lmaydi, u
qayta eritiladi. 
Metallni darz ketishi ham metallni qizdirish nuqsoni hisoblanadi. Ko’pincha bu 
nuqson legirlangan va asbobsozlik po’latlarning temperaturaviy rejimi buzilganda va 
bolg’alash T
min
dan past temperaturada davom etganda uchraydi.
Buymlar sifatli bo’lishi uchun nafaqat qizdirish jarayoni, balki sovitish jarayoni 
ham muhimdir. Juda tez sovitish termik tashqi datzlar paydo bo’lishiga olib kelishi 
mumkin. Qotishmani issiqlik o’tkazuvchanligi qancha past bo’lsa va buyum o’lchami 
qancha katta bo’lsa, sovitish shuncha sekin bo’lishi kerak. Sekin sovitish havoda, yopiq 
qutilarda buyumlar ustiga qum, kul, shlak to’kilib, yoki pechlarda amalga oshiriladi. 
Masalan, yuqori legirlangan asbobsozlik po’latdan olinayotgan pokovkalar o’lchamiga 
qaramasdan pechlarda sovitiladi, diametri 500 mm dan katta bo’lgan konstruktsion 
po’latdan tayorlanayotgan pokovkalar ham pechlarda sovitiladi.
Bolg’alash buyumlarni qizdirish uchun qo’llaniladigan pechlar 
Sanoatda davriy ishlaydigan kamerali alangali pechlar keng qo’llaniladi (1.5.5-
rasm). Metall alohida guruhlar bilan pechga yuklanadi. Kerakli temperaturagacha 
qizdirilgan xomakilar ketma-ket pechdan olinadi va deformatsiyalanadi. Butun guruh 
ishlab bo’lganidan keyin pechga yangi guruh yuklanadi.


1.5.5-rasm. Kamerali pech sxemasi: 
1-taglik; 2-pech sirti; 3-devorlar; 4-pech usti; 5-darcha; 6-kanal;
7-forsunkalar; 8 –pech eshigi. 
Pech ichi o’tga chidamli shamot g’ishtdan terilgan metall sirtdan tashkil topgan. 
Pechning yon devorida 5-darcha joylashgan, undan xomakilar pechga yuklanadi, darcha 
8-pech eshigi bilan yopiladi. Yoqilgi (mazut, yonuvchi gaz, kukun shakli koks) 7 - 
forsunka yoki gorelkalardan purkalib yonadi. Qizigan gazlar issig’ini 1-taglikda 
joylashgan xomakilarga berib, 6-kanaldan chiqib ketadi.
Qizdirishga ketgan vaqt 
Qizdirishga ketgan vaqt xomaki o’lchamlarga va kimyoviy tarkibiga bog’liq. Bir 
tomondan quyindi hosil bo’lishini kamaytirish va ish unumini oshirish uchun qizdirish 
vaqtini kamaytirish kerak. Ikkinchi tomondan o’lchamlari katta bo’lgan xomakilarni 
hamda yuqori uglerodli va yuqori legirlangan po’latlarni asta sekin hatto pog’onali 
qizdirish lozim.
Xomakini pechda qizdirish vaqti (τ) prof. N.N. Dobroxotov formulasi yordamida 
topiladi ([τ]-soatda):
(1.5.2) 
1.5.6-rasm. Xomakilarni pech tagligiga joylashtirishga ko’ra Dobroxotov 
formuladagi 
- ko’ffitsientining qiymati (1.5.6-rasmdan foydalanib topiladi). 


1.5.6-rasmda - koeffitsient, xomakining pech tubida joylashishga bog‘liq; k
koeffitsient, uglerodli va kam legirlangan po‘latlar uchun 10 ga teng, yuqori legirlangan 
po‘latlar uchun 20 ga teng, o’lchov birligi 

Download 133.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling