11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja
Download 53.24 Kb.
|
aylanma pech kurs ishiga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1. Quritish zonasi
11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja: 1. Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar 2. Quritish zonasi 3. Kalsiylashish zonasi (degidratatsiya zonasi) 4. Pishirish zonasi 5. Ekzotermik zona 6. Sovitish zonasi 7. Klinkerlar klassifikatsiyasi va portlandsement turlari Tayanch iboralar: Xom ashyo aralashmasi, shlam, quritish, kalsiylashish (degidratatsiya zonasi) , pishirish , ekzotermik , sovitish zonaari Darsning maqsadi: Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar xaqida tushuncha berish 1. Quritish zonasi Xom ashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishi natijasida qovushib pishgan, o‘lchamlari 2…3 sm dan iborat donalar shaklidagi C3S, C2S, S3A, S4AF va shishasimon qismdan tarkib topgan klinker hosil bo‘ladi. Tashqi havo temperaturasidagi shlam pechga tushishi bilan u temperaturasi 700…8000C gacha etadigan chiqindi gazlarning keskin ta’siriga uchraydi. Bunday yuqori temperatura ta’sirida shlam tezda 1000C gacha (suvning qaynash temperaturasigacha) isiydi va shu vaqtda shlam tarkibidagi suv shiddat bilan bug‘lana boshlaydi. SHlam asta-sekin quyyuqlasha boshlaydi, uning tarkibidagi nam ancha kamaygandan so‘ng yirik kesaklar ko‘rinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga bo‘linib ketadi, chunki shlamning loy komponenti namni yo‘qotgach, qovushqoqligi susayadi. Mexanik aralashtirilgan namning bug‘lanish jarayoni (shlamning qurishi) tahminan 2000C temperaturagacha davom etadi. Chunki mayda kovaklar va kapillyardagi nam sekin bug‘lanadi. 2000C gacha temperaturada shlamda ketadigan jarayonlar xarakteriga qarab, pechning bu zonasi quritish zonasi (1) deb atalishi mumkin. Material surila borib, yanada yuqori temperatura zonasiga tushadi, shunda xom ashyo aralashmasida kimyoviy jarayon rivojlanadi: 200…3000C dan ortiq temperaturada organik aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi boshqa suvli alyumosilikatlar degidratatsiyala boshlaydi. Loy minerallari tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suvni yo‘qotishi (degidratatsiyalanishi) natijasida loy o‘zining bog‘lovchilik xususiyatini batamon yo‘qotadi va shlam bo‘laklari kukunga aylanib qoladi. Bu jarayon taxminan 600…7000C temperaturagacha davom etadi. 200…7000C gacha temperatura oralig‘ida o‘tayotgan jarayonlar mohiyati bo‘yicha, pechning bu zonasi degidratatsiya zonasi deb yuritiladi. Download 53.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling