11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja
Download 53.24 Kb.
|
aylanma pech kurs ishiga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu zona pishirish zonasi (V) deb yuritiladi.
4. Ekzotermik zona
8000C dan yuqori temperaturada spurrit parchalanadi va o‘ta reaksiyaga kirishishiga moyil C2S ni hosil qiladi. Ishqor va ftor tuzlari spurrit hosil bo‘lish jarayonini tezlatishi ham aniqlangan. Shu sharoitda xom ashyo tarkibida 12CaO∙7Al2O3∙2,5CaCO3 birikmasi borligi ham topilgan. Spurritning parchalanish temperaturasi ko‘p hollarda 840…9200C. Ularning minerali (C2S) va CaO ga parchalanadi. Kurdovskiyning ko‘rsatishicha, spurrit CaCO3 ga nisbatan yuqori temperatura ta’siriga chidamlidir. Bu esa o‘z navbatida spurrit tarkibidagi CaCO3 ning pech ichida parchalanishini kechiktiradi. Qattiq fazalarda reaksiyalar 1000…13500C temperatura oralig‘ida ro‘y beradi. Bu reaksiyalar ekzotermik reaksiyalardir. Shuning uchun pechning bu zonasi ekzotermik zona (IV) deb ataladi. 5. Pishirish zonasi Kuydirilayotgan aralashma ekzotermik zonada bo‘lishi natijasida 2CaO∙SiO2, 4CaO∙Al2O3∙Fe2O3 va CaO∙Al2O3 hosil bo‘ladi. Ammo shu bilan hali normal portlandsement klinkeri hosil bo‘lmaydi, chunki uning eng asosiy tarkibiy qismi-uch kalsiy silikat (3CaO∙SiO2) yo‘q. Bu mineral pechning keyingi qismida (eng yuqori temperaturalar zonasida) hosil bo‘ladi. Bu zona pishirish zonasi (V) deb yuritiladi. Qumtuproq qattiq holda ikki molekuladan ko‘p ohakni biriktira olmaydi. Biroq suyuq qumtuprok ohakka nisbatan juda tez (3CaO∙SiO2) to‘yinadi. Demak uch kalsiy silikat olish uchun ikki kalsiy silikat ohakni yutib, yuqori asosli 3CaO∙SiO2 ga aylanadigan darajada shixtani qizdirish kerak. Ancha oson eriydigan minerallar C3A va C4AF pishirish zonasida eriydi. Hosil bo‘lgan suyuq fazada C2S erib C3S gacha to‘yinadi. Uch kalsiy silikat eritmasida ikki kalsiy silikatga nisbatan ancha kam eriydi. Shuning uchun C3S hosil bo‘lish bilan eritma bu mineralga o‘ta to‘yinib qoladi va uch kalsiy silikat eritmadan mayda-mayda qattiq kristallar holida ajralib tushadi. Bu kristallar keyinchalik shu sharoitda o‘z o‘lchamini kattalashtira boradi. C2S ning erishi va ohakning yutilishi butun kuydirilayotgan aralashma massasida bo‘lmay, balki uning ayrim ulushlarida o‘tadi. Demak ohak ikki kalsiy silikatni to‘liq singdirib olish uchun materiallarni ma’lum vaqtgacha pishirish temperaturasi (1350…14500C) da tutib turish talab qilinadi. Materiallar bu zonada qancha ko‘p tutib turilsa, ohak shuncha to‘liq bog‘lanadi, shu bilan birga C3S kristallari ham yiriklashadi. Klinkerni pishirish temperaturasida kam vaqt ushlab turish tavsiya qilinadi, agar shunday qilinsa portlandsementning (C3S unda mayda kristallar ko‘rinishida bo‘ladi) fizik-mexanik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Klinker pishirish zonasidan sovitish zonasiga tushadi. Bu erda klinker qarshisiga sovuq havo oqimi oqib keladi. Pishirish zonasida ayrim vaqtlarda aralashmaning butun ohagi qumtuproqqa butunlay to‘yinib ulgurmaydi. Bu o‘zlashtirish jarayoni aralashmada ohak va C2S kamayishi sababli yanada sekinlashadi. Natijada to‘yinish koeffitsienti yuqori bo‘lgan klinkerlarda doim erkin ohak bo‘ladi. Bunday klinkerlarda ohak C3S holda iloji boricha ko‘proq o‘zlashtirib olinishi kerak. Klinker tarkibida erkin ohak 1…2% bo‘lsa, portlandsement sifatiga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq uning miqdori ko‘p bo‘lsa, portlandsement hajmining notekis o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun klinker tarkibida ohakning ko‘payishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Sovitish zonasida klinker 1000…11000C temperaturada chiqadi va uni butunlay sovitish uchun pech sovitgichiga yuboriladi. Sovitgichning qo‘llanilishi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Klinker sovitilayotganda undan ajralib olinayotgan issiqlik yana pechga qaytariladi. Demak, klinker sovitgichlarda qanchalik yaxshi sovitilsa, yoqilg‘idan foydalanish samarasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi va yoqilg‘i kam sarflanadi. Sovitgich yaxshi ishlaganda sovitilgan klinker temperaturasi 500 C dan oshmasligi lozim. Download 53.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling