11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja
Kalsiylashish zonasi (degidratatsiya zonasi)
Download 53.24 Kb.
|
aylanma pech kurs ishiga
3.Kalsiylashish zonasi (degidratatsiya zonasi)
Temperatura 8000C ga etganda shlamning ohaktosh komponenti quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi. CaCO3®SaO+SO2 8000C temperaturada kalsiy karbonatning ana shu dissotsiyalanish jarayoni juda sust o‘tadi, so‘ngra temperatura ortishi bilan keskin kuchayadi. Amalda CaCO3 10000C da tez va to‘la dissotsiyalanadi. Xom ashyo aralashmasi 700…10000C temperatura zonasida bo‘lishi natijasida kalsiy oksid hosil bo‘ladi. Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylashish zonasi deb ataladi. Bu zona ko‘p davom etganiga qaramay unda material temperaturasi nisbatan sekin ortadi. Bunga sabab shuki, issiqlik asosan CaCO3 ning parchalanish uchun sarflanadi; 1kg CaCO3 ni CaO va CO2 ga parchalanish uchun 1780 kJ issiqlik sarflash talab qilinadi. Xom ashyo aralashmasida kalsiy oksidning paydo bo‘lishi va jarayondagi yuqori temperatura gil tarkibidagi kremniy, alyuminiy va temir oksidlarning kalsiy oksid bilan o‘zaro kimyoviy tasir etishiga olib keladi. Bu o‘zaro ta’sir etishish qattiq holat (qattiq fazalar) da ruy berishi mumkin. Yuqori temperaturada moddaning kristall turidagi atom va molekulalar shunday kuch bilan tebrana boshlaydiki, bunda ikkinchi modda atom va molekulalari bilan o‘rin almashishi mumkin bo‘lib qoladi. Shuning uchun moddalarning qattiq holatida reaksiyalar sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalar ikki modda yuzasida o‘tadi. By esa nima uchun xom ashyo komponentlarini juda maydalab tuyish va yaxshilab aralashtirish zarurligini ko‘rsatadi. 680…10000C temperaturada oraliq birikma 2CaO∙SiO2∙CaCO3 («spurrit» minerali) hosil bo‘ladi. Uning parchalanish past temperaturalarda C2S ning kristallanishiga imkon beradi. 2CaO∙SiO2∙CaCO3 birikmasini Eytel, Kourtayl, Kryogar, Illner, Luginina sintez qilganlar. Xerr, Xennig, Sholse ko‘p miqdorda spurritni MgCl2, FeCl3, KSl2 ishtiroqida 750°C temperaturada hosil bo‘lishini aniqlashgan. Bu ko‘rsatilgan moddalar reaksiyaning ketishiga katalitik ta’sir ko‘rsatgan. Download 53.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling