5- laboratoriya ishi not mantiqiy elementini ishonchlash jadvali orqali tadqiq etish
Aktiv – PAST kirishga ega bo’lgan teskari signal
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
NOT elementi 5-lab
Aktiv – PAST kirishga ega bo’lgan teskari signal (9.3 - rasm).
9.3 – rasm. Kirishi teskari signalga ega bunday holda holatni “pufakcha” bilan ifodalash NAND va NOR mantiqiy elementlari ekvivalentlaru Inverter yoki NOT mantiqiy elementi standart ravishda NAND va NOR elementlaridan foydalangan holda ham hosil qilinishi mumkin. Agar 2 ta kirishga ega bo’lgan mantiqiy element bo’lsa u holda kirish terminallarini bir biriga tutashtirish bilan hosil qilinadi. a) NAND mantiqiy elementi b) NOR mantiqiy elementi 9.4 – rasm. NAND va NOR mantiqiy elementlari Tranzistordan foydalanib oddiy inverter sxemani hosil qilish mumkin (9.5 - sxema). 9.5 – sxema. Tranzistorli inverter sxemasi Ushbu sxemada agar tranzistorning bazasi A ga kuchlanish berilganda yoki mantiqiy A=1 bo’lganda tranzistorning kollektor zanjiri ochiladi va kollektor toki o’ta boshlaydi hamda resistor R da kuchlanish tushuvi paydo bo’ladi. Tranzistorning chiqishi yoki Q va yer o’rtasida kuchlanish esa 0 ga teng. Xuddi shunday agar tranzistorning bazasi yoki kirish A mantiqiy PAST yoki “0” ga teng bo’lsa u holda tranzistorning kollektor zanjiri yopiq va natijada kollektor toki 0 ga teng. Natijada R resistor orqali tok o’tmaydi va chiqish kuchlanishi Q va yer o’rtasida +Vcc kuchlanish qiymatiga teng, yoki mantiqiy 1 ga teng bo’ladi. Demak kirish kuchlanishi “YUQORI” yoki “1” bo’lsa u holda chiqish kuchlanish “PAST” yoki “0” ga, agar kirish kuchlanish “PAST” yoki “0” bo’lsa u holda chiqish kuchlanish “YUQORI” yoki “1” ga teng bo’lgan inverter sxema paydo bo’ladi. NOT mantiqiy elementi ham juda qulay bo’lgan integral mikrosxemalar (IC) ko’rinishida ishlab chiqilmoqda. Quyidagi 9.2-jadvalda tranzistorli OR mantiqiy elementlarning sanoatda keng qo’laniladigan ikkita turi TTL va CMOS turlari va uning markalari keltirilgan. 9.2-jadval Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling