5- laboratoriya ishi not mantiqiy elementini ishonchlash jadvali orqali tadqiq etish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
NOT elementi 5-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Agar A kirish yolg’on bo’lsa u holda Q rost ”
5- LABORATORIYA ISHI NOT mantiqiy elementini ishonchlash jadvali orqali tadqiq etish 1. UMUMIY MA’LUMOTLAR. NOT mantiqiy elementi ham asosiy mantiqiy elementlardan biri bo’lib u ko’p hollarda inverter mantiqiy element deb ham ataladi. Inverter NOT mantiqiy elementi bitta kirishga va bitta chiqishga ega bo’lgan mantiqiy element bo’lib agar uning kirish signali mantiqiy “YUQORI” yoki mantiqiy “1” ga teng bo’lsa u holda uning chiqishi mantiqiy “PAST” yoki “0” ga teng bo’ladi. Agar uning kirish signali mantiqiy “PAST” yoki “0” bo’lsa u holda uning chiqish signali mantiqiy “YUQORI” yoki “1” ga teng bo’ladi. Uning shartli belgisi quyidagi 9.1 – rasmda keltirilgan. 9.1 – rasm. NOT mantiqiy elementi NOT elementining Bul ifodasi esa quyidagicha yoziladi: Ā = Q (9.1) yoki “Agar A kirish yolg’on bo’lsa u holda Q rost ” degan formula o’rinli. NOT mantiqiy elementining ham asosiy funksiyasini tranzistor yordamida hosil qilish yoki loyihalash mumkin. Masalan quyidagi 8.2-rasmga e’tibor bering. 9.2 – rasm. Tranzistor yordamida yig’ilgan NOT mantiqiy elementi NOT mantiqiy elementining shartli belgisi uchburchak shaklida bo’lib uning chiqish qismida kichik aylana mavjud. Bu aylana “ inversion pufak ” deb ataladi. Ushbu NOT inverter mantiqiy elementining ishonchlash jadvali quyida 9.1 – jadvalda keltirilgan. 9.1 – jadval Belgisi Ishonchlash jadvali NOT inverter mantiqiy elementi A Q 0 1 1 0 Bul ifodasi Q = not A or Ā A ning teskari qiymati = Q Sanoatda mavjud NOT mantiqiy elementi integral mikrosxemalar (IC) ko’rinishida ishlab chiqarilmoqda va ular odatda 4 yoki 6 ta individual NOT mantiqiy elementlardan tashkil topadi hamda maxsus texnologiya asosida qadoqlanadi. NOT mantiqiy elementining chiqish terminalidagi “pufakcha” (o) uning chiqishida signalning inversiyasini (teskari shakli) bildiradi. Ammo bunday “pufakcha” (o) uning kirish terminalida ham bo’lishi mumkin va bunday holda u aktiv – PAST kirish signal ekanligini anglatadi. Kirish signalining bunday teskari qiymati faqat NOT mantiqiy elementida emas balki boshqa raqamli texnika zanjirlarida ham uchraydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling