5- laboratoriya ishi


Download 157.5 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1269121
  1   2
Bog'liq
lab 5


5- LABORATORIYA ISHI
Ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash.
Ishning maqsadi: Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarda yuzaga keladigan titrash turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta`siri, titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari bilan tanishish, titrashni o`lchash asboblari va usullarini o`rganish, titrash darajasini aniqlash va ish joyini baholash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy ma`lumotlar
2. Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish va titrash ta`siridan himoyalanish yo`llari
3. Ishni bajarish tartibi
4. Hisobot tarkibi
Kerakli jihozlar: titrashni o`lchash laboratoriya qurilmasi , vibrograf VR-1, titrash va shovqinni o`lchagich ИШВ-1, titrashni so`ndiruvchi materiallar:rezina, porolon, bir xil qalinlikdagi yog’och materiallar.
5.1. Umumiy ma`lumotlar
Titrash insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqatda bo`lgan holatlarda ta`sir etadi. Titrashdan ba`zan ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishda ham foydalaniladi. Masalan, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning karshiligini kamaytirishda, ish unumdorligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini yaxshilashda va h.k.
Doimiy ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning me`yorlashtiriluvchi ko`rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o`rta kvadrat miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o`lchanadi. Titrash tezligining insonga salbiy ta`sir darajasini boshlanishi Vo=510-8m/s deb qabul qilingan.


Ishni bajarish tartibi.
1. Titrashni o`lchash qurilmasining tuzilishi va ishlash tartibi. Qurilma (5.1.-rasm) elektr dvigatel’ (1), titrashni izolyatsiyalovchi taglik (2), D-13 markali datchik (3), operator (ishchi) ish stuli (4), birlashtiruvchi kabel (5), ИШВ-1 asbobi (6) dan tashkil topgan. Ushbu asbob 70-160 dB oralig’idagi titrash tezlanishini ko`rsatish uchun mo`ljallangan.
ИШВ-1 asbobida “Detsibel-I” va “Detsibel-II” deb nomlangan 2ta kirish signalini o`zgartirish uchun mo`ljallangan o`zgartkich o`rnatilgan bo`lib, u yuqori darajadagi titrash tezligi va tezlanishini o`lchash imkonini beradi.
“O`lchash turi” nomli o`zgartkich chastota o`zgartiruvchisi (16; 31,5; 63; 125; 250; 500; 1000; 2000; 4000; 8000 Gs) yordamida o`rnatiluvchi chiziqli tavsif va oktava filtri tavsiflarini olish uchun ishlatiladi.

Titrashni o`lchash qurilmasi sxemasi


1-titrash stoli; 2-titrashni izolyatsiyalovchi taglik; 3-datchik; 4-ishchi stuli; 5-birlashtiruvchi kabel’; 6-shovqin va titrashni o`lchash asbobi
HISOB QISMI
Ishlab chiqarishda titrashni kamaytirish maqsadida rezina prujinalarni to’g’ri tanlashdan iborat..
Elektrodvigatellarda po’lat prujinalarni sonini aniqlashda quydagilarni bajarish kerak bo’ladi.Dvigatel og’irligi Q=15000kg.Titrashni kamaytirish maqsadida baladligi H0=0,264м bo’lgan prujinalar ishlatiladi, o’rtacha diametri D=0,132м, aylanmasi diametri d=0,016м,aylanmalar soni i=5,5.
Ma’lumotlardan foydalanib prujina indeksi hisoblaymiz . Vertikal yo’nalishda prujina qattiqligi(K1z:Pa* m) Bikirlik moduli G. Barcha po’lat prujinalar uchun G qabul qilinadi 7845320000 Pa.

Titrash izolyatorlarni tanlashda H0/D < 2,hisob bo’yicha .

Statik yuklanishni aniqlashda Рст Prujina uchun ruxsat etilgan burama kuchlanishni aniqlash lozim τ. Prujina po’lat naviga qarab τ qabul qilamiz 392266000 Pa. Statik yuklanish quydagicha aniqlanadi: K=1,18


H
Po’lat Prujinaning umumiy soni:
Umumiy prujina qattiqlik darajasi:
Dvigatel normal ishlashi uchun 4 ta po’lat prujina ishlatish kerak Но=0,264м; D = 0,132м; d = 0,016м.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling