5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish. Uzunchoqmiya, o’rtamiyavamiyachareflekslarinikuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash
- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish
Download 9.35 Kb.
|
5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzunchoq miya, o’rta miya va miyacha reflekslarini kuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash
2- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish
Ishdan maqsad: himoya shartli refleksini hosil qilish va uni yana so`ndirish. Nazariy tushuncha. O`zini himoya qilishga bo`lgan shartli refle-kslar turli xil zararli ta`sirotlarga hosil bo`ladi. Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, induksion g`altak, tok manbai, tok kaliti, elektrodlar, elektr qo`ng`iroq, sim. Ishni bajarish tartibi. Induksion tok zanjirini ishga tayyorlanadi. SHartli ta`sirlovchi sifatida qo`ng`iroq, shartsiz ta`sirlovchi o`rnida esa induksion tokdan foydalaniladi. Sina-luvchi kishi induksion g`altakning klemmalariga yaqin kelib o`tiradi va barmoqlarini elektrodlarga qo`yadi. Etarli ta`sirga ega bo`lgan, ya`ni sezilarli himoya reaksiyasini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlanadi. SHundan so`ng qo`ng`iroq ovozi berib barmoqlarga tok ta`-sir ettiriladi. Har ikkala ta`sirot 5 – 10 cek davom etadi. Tajriba shu tariqa 5–6 marta takrorlanadi. So`ng faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinganda ham himoyalanishi yuzaga keladi. Bu shartli refleks hosil bo`lganini ko`rsatadi. SHartli refleks hosil qilgach, uni so`ndirish tajribasi o`tkaziladi. Buning uchun bir necha marta shartli ta`sirot – qo`ng`iroq chalinadi, shartsiz ta`sirot – tok esa berilmaydi, binobarin shartli refleks o`z o`zidan yo`qolib ketadi. Sinaluvchi kishida necha marta ta`sirot berilgandan keyin shartli refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalingandan keyin refleks so`nganini daftaringizga yozing. Nazorat savollar 1. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ? 2. SHartli refleks qanday sharoitlarda so`nadi ? 3. SHartli refleks so`nish imkoniyatining qanday biologik ahamiyati bor. Uzunchoq miya, o’rta miya va miyacha reflekslarini kuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash Markaziy aszb sistemasi, jumladan bosh miyada funktsiyalarning joylanishini oʼrganish uchun qadimdan taʼsirlash, kesib olib tashlash, uni har xil sathlaridan qirqib hoʼyish, bioelektrik potentsiallarni yozib olish va boshqa usullardan foydalaniladi. Elektr toki yordamida mahalliy taʼsirlash eng sodda usul hisoblanadi. Shuning uchun ham bu usul faqatgina oʼtkir va surunkali tajribalarda qoʼllanibgina holmasdan, balki odam miyasida ope-ratsiya qilinayotgan paytda ham qoʼllaniladi. Uzunchoq miyani elektr toki yordamida mahalliy taʼsirlash usuli bilan tanishib, uning barcha qismlarining funktsional jihatdan bir xil emasligini baqa miyasida juda oson aniqlash mumkin. Ish anjomlari: elektron stimulyator, plastinkali /ivdifferent/ va ignasimon /aktiv/ ikkita elektrod, preparovka uchun asboblar yigʼindisi, jomcha, doka salfetka, paxta tamponlari, baqa. Tajriba oʼtkazish tartibi. Baqaning boshi ustidagi teri kesib olib tashlanadi: ehtiyotkorlik bilan, baqa miya-ini jarohatlamasdan kzlla boʼshligʼi ochiladi. Oʼtkir na-shtar yordamida miyacha orqa qismidan qirhiladi va miyacha, oʼrta, oxirgi miya bir yoʼla olib tashlanadi. Soʼngra paxta yordamida qolgan uzunchoq miya huritiladi va baqa indifferent elektrod hisoblangan nam metall plastinkaga chalqancha qilib joylashtiriladi. Uzunchoq miyani yakka turtki berib taʼsirlash uchun stimulyator tayyorlanadi. Shu maqsadda ignasimon aktiv elektrod bosh mushaklarga qoʼyilib, tokiing boʼsagʼa kuchi topiladi. Soʼngra tajribaga kirishiladi. Ignasimon elektrod uzunchoq miyaning har xil qismlariga tekiziladi. Hayvonning javob reaktsiyasining xarakteri kuzatiladi. Uzunchoq miyaning oldingi boʼlimi taʼeirlanganda koʼz pirpirashi va koʼz soqqasining ichkariga kirishini chaqiruvchi sohalari borligi topiladi. Oʼrta boʼlimi taʼsirlanganda ogʼiz diafragmasi mushagi qisqarib, uning yuqoriga va pa-stga siljishini chaqiruvchi soha borligi aniqlanadi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Baqaning uzunchoq miyasini taʼsirlash uchun qurilmalar sxemasini chizing. Uzunchoq miyaning maʼlum segmentar va segmentar usti markazlarini sanang. http://fayllar.org Download 9.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling