5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish. Uzunchoqmiya, o’rtamiyavamiyachareflekslarinikuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash


- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish


Download 9.35 Kb.
bet3/3
Sana31.08.2023
Hajmi9.35 Kb.
#1671983
1   2   3
Bog'liq
5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni -fayllar.org

2- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish
Ishdan maqsad: himoya shartli refleksini hosil qilish va uni yana so`ndirish. Nazariy
tushuncha. O`zini himoya qilishga bo`lgan shartli refle-kslar turli xil zararli
ta`sirotlarga hosil bo`ladi. Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, induksion
g`altak, tok manbai, tok kaliti, elektrodlar, elektr qo`ng`iroq, sim.
Ishni bajarish tartibi. Induksion tok zanjirini ishga tayyorlanadi. SHartli ta`sirlovchi
sifatida qo`ng`iroq, shartsiz ta`sirlovchi o`rnida esa induksion tokdan foydalaniladi.
Sina-luvchi kishi induksion g`altakning klemmalariga yaqin kelib o`tiradi va
barmoqlarini elektrodlarga qo`yadi. Etarli ta`sirga ega bo`lgan, ya`ni sezilarli
himoya reaksiyasini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlanadi. SHundan so`ng
qo`ng`iroq ovozi berib barmoqlarga tok ta`-sir ettiriladi. Har ikkala ta`sirot 5 – 10
cek davom etadi. Tajriba shu tariqa 5–6 marta takrorlanadi. So`ng faqat
qo`ng`iroqning o`zi chalinganda ham himoyalanishi yuzaga keladi. Bu shartli
refleks hosil bo`lganini ko`rsatadi. SHartli refleks hosil qilgach, uni so`ndirish
tajribasi o`tkaziladi. Buning uchun bir necha marta shartli ta`sirot – qo`ng`iroq
chalinadi, shartsiz ta`sirot – tok esa berilmaydi, binobarin shartli refleks o`z o`zidan
yo`qolib ketadi. Sinaluvchi kishida necha marta ta`sirot berilgandan keyin shartli
refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalingandan keyin
refleks so`nganini daftaringizga yozing.



Nazorat savollar 1. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ? 2.


SHartli refleks qanday sharoitlarda so`nadi ? 3. SHartli refleks so`nish
imkoniyatining qanday biologik ahamiyati bor.
Uzunchoq miya, o’rta miya va miyacha reflekslarini kuzatish 
Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash 
Markaziy aszb sistemasi, jumladan bosh miyada funktsiyalarning joylanishini
oʼrganish uchun qadimdan taʼsirlash, kesib olib tashlash, uni har xil sathlaridan
qirqib hoʼyish, bioelektrik potentsiallarni yozib olish va boshqa usullardan
foydalaniladi. Elektr toki yordamida mahalliy taʼsirlash eng sodda usul hisoblanadi.
Shuning uchun ham bu usul faqatgina oʼtkir va surunkali tajribalarda qoʼllanibgina
holmasdan, balki odam miyasida ope-ratsiya qilinayotgan paytda ham qoʼllaniladi.
Uzunchoq miyani elektr toki yordamida mahalliy taʼsirlash usuli bilan tanishib,
uning barcha qismlarining funktsional jihatdan bir xil emasligini baqa miyasida juda
oson aniqlash mumkin.
Ish anjomlari: elektron stimulyator, plastinkali /ivdifferent/ va ignasimon /aktiv/
ikkita elektrod, preparovka uchun asboblar yigʼindisi, jomcha, doka salfetka, paxta
tamponlari, baqa.
Tajriba oʼtkazish tartibi. Baqaning boshi ustidagi teri kesib olib tashlanadi:
ehtiyotkorlik bilan, baqa miya-ini jarohatlamasdan kzlla boʼshligʼi ochiladi. Oʼtkir
na-shtar yordamida miyacha orqa qismidan qirhiladi va miyacha, oʼrta, oxirgi miya
bir yoʼla olib tashlanadi. Soʼngra paxta yordamida qolgan uzunchoq miya huritiladi
va baqa indifferent elektrod hisoblangan nam metall plastinkaga chalqancha qilib
joylashtiriladi.
Uzunchoq miyani yakka turtki berib taʼsirlash uchun stimulyator tayyorlanadi. Shu
maqsadda ignasimon aktiv elektrod bosh mushaklarga qoʼyilib, tokiing boʼsagʼa
kuchi topiladi. Soʼngra tajribaga kirishiladi. Ignasimon elektrod uzunchoq miyaning
har xil qismlariga tekiziladi. Hayvonning javob reaktsiyasining xarakteri kuzatiladi.
Uzunchoq miyaning oldingi boʼlimi taʼeirlanganda koʼz pirpirashi va koʼz
soqqasining ichkariga kirishini chaqiruvchi sohalari borligi topiladi. Oʼrta boʼlimi
taʼsirlanganda ogʼiz diafragmasi mushagi qisqarib, uning yuqoriga va pa-stga
siljishini chaqiruvchi soha borligi aniqlanadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Baqaning uzunchoq miyasini taʼsirlash
uchun qurilmalar sxemasini chizing. Uzunchoq miyaning maʼlum segmentar va
segmentar usti markazlarini sanang.



http://fayllar.org



Download 9.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling