Ishni bajarish tartibi. eksperementator bilan sinaluvchi kishi bir biriga qarama qarshi
o`tiradi. Sinaluvchiga havo oqimi yuboriladigan nay o`rnatilgan ko`zoynak
ramkasini (32 rasm) taqi-ladi. Nayning uchini esa ko`zning shox qavatiga to`g`rilab
qo`yiladi. Hamma narsa tayyor bo`lgach, qo`ng`iroq
chalinadi va uning ovoziga
ko`z yumish bilan javob berilmasligiga ishonch hosil qilinadi.
SHundan keyin
qo`ng`iroq chalingach 1 – 2 sekund o`tar o`tmas rezina nokni qisib naydan ko`zga
havo purkaladi. Tajriba 15 – 20 sekund oralatib 5 – 6 marta takrorlanadi. So`ng havo
oqimi yubormasdan faqat qo`ng`iroq-ning o`zi chalinsa ham ko`z o`z o`zidan
yumilaveradi. Demak, shartli refleks hosil bo`ladi. keyin refleksni so`ndiriladi, ya`ni
yo`qotiladi. Buning uchun ko`zga havo purkamasdan
bir necha marta faqat
qo`ng`iroqning o`zi chalinadi. Sinaluvchi kishida uning ko`ziga necha marta havo
purkalgandan keyin refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning
o`zi chalingandan keyin u yo`qolganini yozing.
Nazorat savollar.
1. Qanday refleksga shartli refleks deyiladi ?
2. SHartsiz refleks shartli refleksdan asosan nimasi bilan farq qiladi ?
3. SHartli refleks hosil bo`lishida shartli va shartsiz ta`sir-lovchilar qanday ketma
ketlikda berilishi kerak ?
4. Tabiiy shartli reflekslar deb qanday reflekslarga aytiladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: