9-qadam. Cisco
Packet Tracer dasturining simulyasiya rejimiga o‟tamiz.
“Edit Filters”
bandidan CDP, DTP, STP protokollarini
olib tashlab filtrlar
o‟rnatamiz. Bu degani paketlar tarmoqda faqat filtrlangan protokollarda aks etadi.
10-qadam. Tarmoqning to‟g‟ri yaratilganligini va qurilmalar o‟rtasida
aloqani tekshirish uchun 7960 IP Phone1 telefonidan Server0ga
PDU paket
jo‟natamiz va jarayonni kuzatamiz. Shunday tarzda Laptop0
dan Home-VoIP-PT
qurilmasiga PDU paket jo‟natamiz. (5-rasm.)
5-rasm. Simulyasiya rejimida Laptop0 dan Home-VoIP-PT qurilmasiga PDU paket
jo‟natish jarayoni.
Topshiriq:
Laboratoriya ishini bajarish tartibidagi vazifani mustaqil bajaring.
Quyida
berilgan nazorat savollariga yozma javob bering.
Bajarilgan
topshiriqlarni guruh, ismi sharifingiz va
laboratoriya raqami bilan
nomlagan holda saqlang. Masalan; 207-Avalboyev Jaloliddin-16-lab.pka
Hisobot va elektron faylni o‟qituvchiga topshiring.
Nazorat savollari:
1. VoIP tizimi nima?
2. VoIP tizimining asosiy funksiyalarga qaysilar kiradi?
3. VoIP tarmoqda signalizatsiyani tarmoq
komponentlari orasida nima
bajaradi?