5- laboratoriya Mavzu: ms accessda soxaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarni bajarish Ishdan maqsad


Download 0.55 Mb.
bet2/2
Sana19.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1032965
1   2
Bog'liq
5-3-laboratoriya MS Accessda soxaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarni bajarish

ISH TARTIBI
Ma’lumotlar bazasini hosil qilish.
Yangi ma’lumot bazasini hosil qiling;
Ma’lumot bazasining jadvalini hosil qiling;
Quyidagi jadvaldan foydalangan holda ma’lumotlar bazasi jadvalining maydonlarini hosil qiling;
Hosil qilingan jadvalni saqlang.

O`qituvchilar nomli ma’lumotlar jadvali:



Maydon nomi

Ma’lumotlar turi

Maydon kattaligi yoki turi

O`qituvchi kodi

Счетчик




Familiyasi

Matnli

15

Ismi

Matnli

15

Otasining ismi

Matnli

15

Tug`ilgan sanasi

Sana/vaqt

Qisqacha

Tug`ilgan joyi

Matnli

15

Yashash joyi

Matnli

15

Mansabi

Matnli

9

O`qitadigan fani

Matnli

3

Telefoni

Matnli

9

Maoshi

Pul birligi




Rasmi

OLE ob’ekti




Ilmiy ishlari

Гиперссылка



Access ni ishga tushiring va yangi MB yaratib, baza nomini O`qituvchilar, faylning turini esa o`zicha qoldiring, chunki maxsus nomdagi fayllar hozircha kerak emas. Bu ishlarni qilib bo`lgandan so`ng, Создать tugmachasini bosing;


Конструктор rejimini tanlang va yuqorida ko`rsatilgan jadvaldan foydalangan holda uning barcha maydonlarini ma’lumotlar bazasiga kiriting.
Jadvalni saqlang.


Ma’lumotlar bazasini to`ldirishni amalga oshirish tartibi.

Mansabi deb nomlangan maydon ma’lumotlariga chegaralanishlar o`rnating, ya’ni, unga faqat Professor, Dotsent va Assistent degan nomlargina kiritila olinsin.


Mansabi deb nomlangan maydonga noto`gri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ekranda xatolik yuz bergani to`g`risidagi ma’lumot chiqishini ta’minlang.
Mansabi deb nomlangan maydon uchun o`z-o`zidan avtomatik ravishda Dotsent nomi kiritilishini amalga oshiring.
O`qituvchi kodi maydoniga kiritiladigan kattaliklar uchun chegaralanish kiriting – bu kattaliklar (sonlar) qaytarilmasligini ta’minlang.
Jadvalni quyidagi ma’lumotlar bilan to`ldiring va bunda Mansabi deb nomlangan maydonga noto`gri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ekranda xatolik yuz bergani to`g`risidagi ma’lumot chiqishini tekshiring:



Kodi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugil-gan sanasi

Tugil-gan joyi

Yashash joyi

Mansabi

O`qitadigan fani

Tele-foni

Maoshi

1

Shukurov

Rustam

Saidovich

10.11.62

Andijon

Andijon

Professor

IMU

2201464

800000s

2

Abdullaev

Shukur

Sobirovich

02.04.64

Andijon

Andijon

Dotsent

IAT

2161426

600000s

3

Asraev

Soli

Rustamovich

05.05.61

Andijon

Andijon

Professor

IMU

2344125

750000s

4

Abdullaev

Bobur

Inomovich

06.07.74

Andijon

Andijon

Dotsent

IAT

2353428

550000s

5

Jamolova

Lola

Sobirovna

01.02.67

Andijon

Andijon

Dotsent

IMU

2121498

530000s

6

Malikova

Odina

Azizovna

20.11.72

Andijon

Andijon

Assistent

IAT

2540856

350000s

7

Mirzaeva

Lobar

Murodovna

12.08.70

Andijon

Andijon

Assis-ent

IKT

2445672

400000s

Jadvalning har bir maydoni kengligini kiritilgan ma’lumotlar kattaligiga mos ravishda o`zgartiring.


Jadvaldan Abdullayev familiyali o`qituvchini qidirishni amalga oshiring.
Ma’lumotlarni almashtirishni amalga oshiring: Assistent Malikovaning maoshini 350000 sumdan 370000 sumga o`zgartiring.
Tugilgan sanasi maydoni bo`yicha kamayish tartibida sortirovkani (tartiblashtirishni) amalga oshiring. (Tugilgan so`zi kiritilayotganda ` belgisini kiritmaslikka e`tibor bering. Ma`lumotlar bazasi maydon nomlari uchun . , ; ` ” belgilarini kiritilishini ta`qiqlab qoygan.)
Mansabi va O`qitadigan fani maydonlari bo`yicha ma’lumotlar filtratsiyasini amalga oshiring.
Hosil qilingan jadvalni chop qiling va uning qog`ozda qanday ko`rinishini bilib oling.
Topshiriqni bajarish tartibi:

Jadvalga kiritilayotgan turli xil ma’lumotlarga chegaralanishlar qo`yish uchun:


Agarda Siz ma’lumotlar bazasining jadval rejimida turgan bo`lsangiz, hosil qilinayotgan jadval uchun Конструктор rejimiga kiring.;
Darchaning yuqori qismidagi Mansab maydonida sichqoncha bilan turting;
Darchaning pastki qismidagi ro`yxatdan Условие по значению (Shartli qiymat) qatorida sichqoncha ko`rsatgichi bilan turting;
Unda hosil bo`lgan tegishli tugmachani bosib, Mansab maydoni qabul qilishi mumkin bo`lgan ma’lumotlarni aniqlash shartlarini tanlashga imkon beradigan oynani oching;
Hosil bo`lgan oynada Professor so`zini yozing va undan so`ng OR (mantikiy “yoki” (“ili”) buyrug`i tugmachasini bosing. Keyin Dotsent so`zini yozib, yana usha tugmachani bosing va undan so`ng Assistent so`zini yozing va OK tugmachasini bosing. Shunday qilib, biz Mansab maydoniga faqatgina yuqorida ko`rsatilgan so`zlargina kiritilishi mumkin bo`lgan shartlarni kiritib bo`ldik.
Сообщение об ошибке (Xatolar haqidagi ma’lumot) qatoriga quyidagi so`zni kiriting: “Ma’lumotlarni togri kiriting, chunki o`qituvchilar uchun bunday mansab yoq”;
Значение по умолчанию (Avtomatik ravishda dastur tomonidan kiritiladigan kattalik) nomli qatorda Dotsent so`zini kiriting;
Kod (O`qituvchi kodi) maydoniga kiritiladigan ma’lumotlarga chegaralanish o`rnatish uchun ularning qaytarilmasligini va keyinchalik ularni o`zgartirish mumkin bo`lishiga ahamiyat berish kerak. Shuning uchun ham ushbu maydon uchun ma’lumotlarning Счетчик turini qo`llab bo`lmaydi, chunki bunda ma’lumotlar hech qachon qaytarilmaydilar. Ikkinchi shartni bajarish uchun, ya’ni, o`qituvchilar kodlarini o`zgartirishga imkon yaratish uchun Kod maydonida ma’lumotlarning Числовой turi tanlanishi kerak bo`ladi. Ularning qaytarilmasligini ta’minlash uchun esa quyidagi ishlarni bajarish kerak bo`ladi:
Индексированное поле (Индексlashtirilgan maydon) ko`rsatgichi qatorida sichqoncha ko`rsatgichini o`rnatib, uni turting. Индекс – Access ning jadvaldagi ma’lumotlarni qidirish va saralash uchun ishlatiladigan bir muxim vositasidir. Jadvalning kalit maydoni (boshlang`ich maydon kaliti) avtomatik ravishda indekslashtiriladi. MEMO, OLE ob’ektlari maydonlari va Giperilova turidagi maydonlarda indekslar hosil qilishga yo`l qo`yilmaydi. Индексlashtirilgan maydon xususiyati bir maydon uchun hosil qilingan indeksni aniqlaydi. Индексlashtirilgan maydon unikal (qaytarilmaydigan) yoki qaytariladigan kattaliklarni o`z ichiga olishi mumkin. Istalgan miqdordagi indekslarni hosil qilishga imkon beriladi;
Hosil bo`lgan ro`yxatdan Да deb, nomlangan punktni (imkoniyatni) tanlab oling. Bu ishni bajarish “Mos kelishlarga yo`l qo`yilmaydi” (Cовпадения не допускаются) ma’nosini anglatadi va shu ishning dastur tomonidan amalga oshirilishiga olib keladi;
Endi tegishli tugmachani bosish orqali Таблица (Jadval) rejimiga o`ting. Bunda “Hosil bo`lgan jadval saqlansinmi?” degan savolga javoban Да (Xa) tugmachasini bosing;
Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalangan holda barcha ma’lumotlarni kiriting. So`ngra Mansab maydoniga Laborant so`zini kiritib kuring. Ekranda “Ma’lumotlarni tugri kiriting, chunki o`qituvchilar uchun bunday mansab yoq” degan ma’lumot hosil bo`ladi. Endi to`g`ri so`zni kiritishingiz mumkin;
Jadvalning har bir maydoni kengligini kiritilgan ma’lumotlar kattaligiga mos ravishda o`zgartirish uchun quyidagi ishlarni bajaring:
Kod maydonining istalgan qatorida sichqoncha ko`rsatgichi bilan turting;
Sichqonchani o`ng tugmasini bosib, Ширина столбца (Ustun kengligi) buyrug`ini tanlang;
Hosil bo`lgan oynada По ширине данных (Ma’lumotlar kattaligiga mos ravishda) tugmachasini bosing va natijada maydon kengligi o`zgarilishi amalga oshadi;
Boshqa maydonlar bilan ham ushbu amallarni bajarib chiqing.
Jadvaldan Abdullayev familiyali o`qituvchini qidirishni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish zarur bo`ladi:
Kursorni Familiya maydonining birinchi qatoriga olib keling;
Главная menyusidan Найти (Topilsin) buyrug`ini tanlang;
Hosil bo`lgan muloqot oynasidagi Образец (Namuna) deb nomlangan qatorda Abdullayev familiyasini kiriting;
Просмотр (Ko`rib chiqish) nomli qatorda ВСЕ (Xammasi) degan so`z bo`lishi kerak. Buning ma’nosi jadvaldagi “Barcha yozuvlar bo`yicha qidirilsin” degani bo`ladi;
Совпадение (Mos kelishlik) qatoridagi ro`yxatdan “С любой частью поля” (Maydonning istalgan qismi bilan) imkoniyatini tanlang;
Только в текущем поле (Faqat joriy maydonda) deb nomlangan qatorda belgi o`rnating (unda “galochka” belgisi turishi kerak);
Найти (Topilsin) tugmachasini turting. Bu amal natijasida kursor ikkinchi yozuvga kelib, Abdullayev familiyasini ajratib ko`rsatadi;
Найти далее (Yana topilsin) tugmachasi turtilsa, kursor to`rtinchi yozuvga o`tadi va yana Abdullayev familiyasini ajratib ko`rsatadi;
Qidiruv rejimidan chiqish uchun Закрыть (Yopilsin) tugmachasini turtiladi.
Assistent Malikova ning maoshini 350000 so`mdan 370000 so`mga o`zgartirish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Kursorni Maosh maydonining birinchi qatoriga olib keling;
Главная menyusining Заменить (Almashtirilsin) buyrug`ini tanlang;
Hosil bo`lgan muloqot oynasining Образец (Namuna) qatorida 350000s ni kiriting;
Заменить на (. . . ga almashtirilsin) qatoriga 380000s ni kiriting. Boshqa imkoniyatlarga ham e’tibor bering, chunki Siz qidiruvni ushbu maydonning barcha yozuvlari bo`yicha amalga oshirishingiz kerak bo`ladi;
Найти далее (Yana topilsin) tugmachasini bossangiz, kursor uchinchi yozuvga kelib to`xtaydi. Lekin bu yozuvda professor qayd qilingan, Siz uchun esa assistent kerak. Shuning uchun qidiruvni davom ettirishingiz kerak bo`ladi. Shuning uchun yana
Найти далее (Yana topilsin) tugmachasini bosasiz. Endi kursor oltinchi yozuvga kelib to`xtaydi. Bu esa Siz uchun kerak bo`lgan yozuvning xuddi o`zi;
Endi Заменить (Almashtirilsin) tugmachasini bosishingiz kerak bo`ladi. Buning natijasida ma’lumotlar o`zgaradi, ya’ni Assistent Malikova ning maoshi 30000 so`mdan 32000 so`mga o`zgaradi. Agarda barcha ma’lumotlarni o`zgartirish zarur bo`lsa, Заменить все (Xammasi almashtirilsin) tugmachasidan foydalanish kerak bo`ladi;
Закрыть (Yopilsin) tugmachasini turting.
Tugilgan sanasi maydoni bo`yicha kamayish tartibida sortirovkani (tartiblashtirishni) amalga oshirish uchun:
Tugilgan sanasi maydonining istalgan yozuviga sichqoncha ko`rsatgichini keltirib, uni bir marta turting;
Uskunalar panelidagi A-Ya harflari orqali belgilangan tugmachani bosing yoki Записи, Сортировка, Сортировка по убыванию buyruqlarini ketma-ket bajaring. Bu amallar natijasida Tugilgan sanasi maydoni bo`yicha kamayish tartibida sortirovka (tartiblashtirish) amalga oshiriladi.
Mansabi va O`qitadigan fani maydonlari bo`yicha ma’lumotlar filtratsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Mansab maydonidagi Dotsent yozuvini belgilang;
Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Записи, Фильтр, Фильтр по выделенномуbuyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat dotsentlar haqidagi ma’lumotlargina qoladi;
Endi O`qitadigan fani maydonida IAT yozuvini turting;
Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Записи, Фильтр, Фильтр по выделенному buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat informatika kafedrasining dotsentlari haqidagi ma’lumotlargina qoladi xolos;
Фильтрastiyani man qilish uchun yana filtratsiya tugmachasini bosing yoki Записи, Удалить фильтр buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring.
Natijada jadvalda barcha boshlang`ich ma’lumotlar paydo bo`ladi.
Hosil qilingan jadvalni ko`rib chiqish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak bo`ladi:
Предварительный просмотр (Ko`rib chiqish) tugmachasini bosing. Bu ish natijasida jadval ekranda namoyon bo`ladi;
Ko`rish oynasini yoping;
Agarda Siz maydonlarni yoki jadvalning qog`ozdagi joylashuvini o`zgartirmoqchi bo`lsangiz, Разметка страницы menyusidagi Параметры страницы imkoniyatini tanlashingiz kerak bo`ladi. Bunda hosil bo`lgan muloqot oynasidan foydalangan holda kerakli ko`rsatgichlarni osongina o`zgartirishingiz mumkin bo`ladi;
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling