5- laboratoriya Mavzu: ms accessda soxaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarni bajarish Ishdan maqsad


Download 0.55 Mb.
bet1/2
Sana19.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1032965
  1   2
Bog'liq
5-3-laboratoriya MS Accessda soxaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarni bajarish


5- laboratoriya

Mavzu:MS Accessda soxaga oid ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarni bajarish
Ishdan maqsad. MS Access dasturida ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va boshqarish ko’nikmasini hosil qilish.
NAZARIY QISM
MS Access dasturida ma’lumotlar baza (MB)sini tashkil qilishning bir qancha usullari bor:
1. Shablon yordamida MB ni yaratish;
2. MBni yaratish;
3. Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo’yish;
4. Boshqa manbadan ma’lumotlarni import qilish;
5. Mavjud MBni ochish.
Office Access ishga tushganida Начало работы с Microsoft Office Access oynasi hosil bo’ladi.

Shablon yordamida MB ni yaratish.


Microsoft Accessda MB yaratishni tezlatish maqsadida shablonlardan foydalaniladi. Shablon – bu muayyan vazifani bajarish uchun barcha, jadvallar, so’rovlar, formalar va hisobotlarga ega tayyor MBsidir.
Shablon yordamida MB ni yaratish uchun Accessni ishga tushiring.
Начало работы с Microsoft Office Access oynasining chap tomonidagi Категории шаблонов sohasida bir necha shablonlar tasvirlangan.
1. Kerakli shablonni tanlang.
2. Microsoft Access oynasining o’ng sohasida Имя файла maydonida MBning birlamchi nomi paydo bo’ladi. Faylning nomini o’zgartirish yoki uni boshqa papkaga joylashtirish mumkin.
3. Создать tugmasini bosing.
Access avval MBni yaratadi so’ngra uni ochadi. Ekranda ma’lumotlarni kiritish uchun forma hosil bo’ladi.
Microsoft Office Online veb-tugunidan shablonni yuklash.
Agar Начало работы с Microsoft Office Access oynasidan mos shablon topilmasa, u holda Microsoft Office Onlinedan kerakli shablon topish mumkin.
Shaxsiy MB sini yaratish.
Agar shablonlar talablaringizga javob bermasa yoki boshqa dasturda sizga kerakli ma’lumotlar bo’lib, ularni Microsoft Access ga import qilish zaruriyati tug`ilsa, u holda shaxsiy MBsini yaratish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak (yoki ulardan birini):
Yangi jadval yaratib, bu jadvallarga ma’lumotlarni kiritish, qo’yish yoki import qilish orqali;
Boshqa manbalardan ma’lumotlarni import qilish orqali yangi shaxsiy MBsini yaratish mumkin.
Bo’sh MB yaratish.

Microsoft Accessni ishga tushiring.


Начало работы с Microsoft Office Access oynasida Новая база данных tugmasini bosing.
Новая база данных sohasida Имя файла maydoniga fayl nomini kiriting.
Создать tugmasini bosing.
Microsoft Access MB yaratib, «Таблица1» nomli bo’sh jadval ochadi.
Access kursorni Добавить pole ustunidagi birinchi bo’sh katakka joylashtiradi.


Jadval qo’yish.
Создание menyusi Таблицы bo’limi buyruqlari yordamida mavjud MBga yangi jadval qo’yish mumkin.

Jadval rejimida bo’sh jadval yaratish uchun Таблицаni tanlang. Bunda jadval yoki konstruktor rejimini tanlash mumkin.
Jadval rejimida jadval qo’yish. Jadval rejimida ma’lumotlarni to’g`ridan-to’g`ri kiritishni boshlash mumkin. Maydon nomlari «Поле1», «Поле2» kabi beriladi, maydonning ma’lumot turi esa kiritilayotgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Создание menyusining Таблицы bo’limidan Таблица buyrug`ini tanlang.

Access kursorni Добавить поле ustunidagi birinchi bo’sh katakka joylashtiradi


Таблица – Поля и стобцы – Новое поле ni tanlang. Access o’ng tomonda Шаблоны полей oynasini ochadi. Bu yerda ko’p ishlatiladigan maydon turlari saqlanadi. Kerakli ma’lumot turini sichqoncha bilan jadvalning biror maydoniga tortib keltiring. Access jadvalga xuddi shu nom va xossaga ega bo’lgan maydon qo’shadi.


Конструктор rejimida jadval qo’yish. Конструктор rejimida jadval tarkibini yaratib, so’ngra ma’lumotlar kiritish uchun jadval rejimiga o’tish kerak.

Jadvalning har bir maydoni uchun Имя поля ustuniga nom bering, so’ngra Тип данных ro’yxatidan mos ma’lumot turini tanlang. Hohishingizga ko’ra, Описание ustuniga har bir maydon uchun tavsif berishingiz mumkin. Barcha maydonlar kiritilgandan so’ng jadvalni saqlang.


Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo’yish.
Agar kerakli ma’lumotlar boshqa dasturda saqlangan bo’lsa, masalan, Office Excel, ulardan nusxa olish va Access jadvaliga qo’yish mumkin. Ma’lumotlarni bo’sh jadvalga qo’yilganda, Access kiritilayotgan ma’lumotlarni ko’rinishiga qarab maydon turini o’rnatadi.
Boshqa manbadan ma’lumotlarni import qilish.
Faraz qilaylik, kerakli ma’lumotlar boshqa dasturlarda to’plangan bo’lib, ularni import qilish zaruriyati tug`ildi. U holda quyidagilarni bajarish zarur:
Внешние данные– Импорт bo’limida ma’lumotlari import qilinayotgan fayl turiga mos buyruqni tanlang. Agar kerakli dastur turi mavjud bo’lmasa, u holda Дополнительно tugmasini bosing.

Внешние данные dialog oynasidan Обзор tugmasini bosing va ma’lumotlar manbasi faylini tanlang. Quyidagi guruhdan kerakli parametrni tanlang:
import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratish;
mavjud jadvalga qo’shish;
bog`langan jadval yaratish.
Укажите, когда и где сохранять данные в текущем базе данных, ya’ni, import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratishni tanlang.

OK tugmasini bosing. Bunda Microsoft Accessda import ustasi ishga tushadi. Импорт ustasining barcha ko’rsatmalarini bajaring.


Ma’lumotlar Microsoft Accessning yangi jadvaliga import qilinadi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling