Markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi (centralized database):: bitta kompyuterda to'liq qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumotlar bazasi.
Tarqatilgan ma'lumotlar bazasi (distributed database) - uning tarkibiy qismlari ba'zi bir mezonlarga muvofiq kompyuter tarmog'ining turli tugunlarida joylashgan.
Bir hil emas (heterogeneous distributed database): turli tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining qismlari bir nechta MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi.
Bir hil (homogeneous distributed database): turli xil tarmoq tugunlarida tarqatilgan ma'lumotlar bazasining fragmentlari bir xil MBBT yordamida qo'llab-quvvatlanadi.
Parchalangan yoki bo'lingan (partitioned database): ma'lumotlarni tarqatish usuli vertikal yoki gorizontal ravishda parchalanadi.
Replikatsiya qilingan ma'lumotlar bazasi (replicated database): ma'lumotlarni tarqatish usuli replikatsiya (tirajlash) hisoblanadi.