5- mavzu. Apoptoz Reja


Apoptik signalning uzatilish yo‘llari


Download 25.9 Kb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi25.9 Kb.
#1681806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

Apoptik signalning uzatilish yo‘llari
Apotoz rivojlanishida signalning uzatilish yo‘llari 3 ta bosqichda amalga oshadi – induktor, effektor va degradatsiya bosqichlari.
Induksiya bosqichida signalning retsepsiyasi va uning uzatilish boshlang‘ich davri amalga oshadi.
Effektor bosqichida kaspaza faollashadi. Bu jarayon hujayrada qaytmas holatdagi jarayonlarni boshlab beradi.
Degradatsiya bosqichida hujayraning dasturlashtirilgan o‘limi amalga oshadi.
Apoptozda signal uzatilishida induksiya bosqichi ikkiga bo‘linadi: retseptorga bog‘liq davr – bunda tashqi omillarning maxsus membrana retseptorlariga ta’siri amalga oshadi,
mitoxonriya darajasidagi amalga oshuvchi davr – bunda hujayra ichki signal uzatilish jarayonlari amalga oshadi.
Apoptozda signal uzatilishda induksiya bosqichining retsepsiya mexanizmlari batafsil o‘rganilgan. Apoptoz jarayonini tashqi omillar ta’sirini qabul qilgan holatda boshlab beruvchi retseptorlar o‘lim retseptorlari (Death Receptor – DR) deb ataladi. Bu retseptorlarning o‘ziga xos tuzilishi hujayra ichki tomonida «o‘lim» domeni (Death Domain – DD) sohasiga ega hisoblanishi hisoblanadi. Bu domen sohaning faollashishi hujayra ichki qismida apoptozga olib keluvchi singal uzatilishini boshlab beradi. DR o‘lim retseptorlari 6 ta turi tavsiflangan – Fas (Aro-1 yoki CD95), FNO-R1 (r55 yoki SD120a), (TRAIL-R1/DR4, TRAIL-R2/DR5, Apo-2/TRICK2/KILLER, LTpR, CAR1 va DR6).
Apoptoz hujayrada autokrin yoki parakrin mexanizm asosida amalga oshadi.
Apoptozga olib keluvchi ikkinchi yo‘l mitoxondriya bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu hujayra ichki signal uzatilishi mexanizmlari orqali amalga oshadi. Bu ko‘rinishdagi signallarga – o‘sish omili etishmovchiligi, gormonlar va sito-kininlar kiritiladi. SHuningdek, radiatsiya, gipoksiya, gipotermiya, virusli inva-ziya va erkin radikallar ham hujayra ichki apoptozga olib keluvchi signallar xisoblanadi.

Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling