5- mavzu: Falsafa qonun kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasida tutgan o’rni Reja


Download 191.41 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi191.41 Kb.
#1034889
Bog'liq
5-mavzu falsafa haqida







5- Mavzu: Falsafa qonun kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasida tutgan o’rni
Reja:
1. Qonun tushunchasi. Falsafiy qonunlar.
2. Kategoriya tushunchasi. Falsafiy kategoriyalar.
3. Falsafa qonun kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasida tutgan o’rni
Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obʼyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Q.lari deb yuritiladi. Voqelik Q.larining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Q.lari deyiladi. Shu jihatdan fan Q.lari voqelik Q.larining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Q.lari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Q.lari, jamiyat Q.lari, tafakkur Q.lariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Q.ni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Q.ning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Q. tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Q.dan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Q.lar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Q.larga boʻlinadi. Xususiy Q.lar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Q.lari). Umumiy Q.lar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Q. lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Q.i umumiy Q.ga, olamning rivojlanish Q.lari esa engʻ umumiy Q.ga misol boʻlishi mumkin. Umumiy Q.lar bilan xususiy Q.lar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Umumiy Q.lar xususiy Q.lar orqali amal qiladi, xususiy Q.lar esa umumiy Q.larning bir koʻrinishi boʻlib, obʼyektiv xarakterga ega. Q.lar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Q. hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Q.lari obʼyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Q.lari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat Q.lari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Q.larni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Q.larini mantiq fani oʻrganadi. Q.lar haqida Forobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Q.lariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Q.larni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Odamzod qonunlar orqali olamning sir- asrorlarini bilish imqoniyatiga ega boladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi ozgarishlar, paydo bolish va yoqolishlar, rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olish imqonini beradi. qonun – muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yonalishini belgilaydigan, malum bir qatiy natijani taqoza etadigan obeqtiv dunyodagi narsa va xodisalarning muxim zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlar ifodasidir.
Tabiat qonunlari yer yuzida inson bolmagan davrda xam mavjud bolgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bolgan shart – sharoitlar bilan bogliq ravishda yuzaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim boglanishni korsatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan ozgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa malum davr mobaynida amal qilgandan songra, oz-orni yangi qonunlarga boshatib beradi, bazilari oz kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga otishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi.
MIQDOR VA SIFAT O ZGARISHLARINING BIR - BIRIGA O TISH QONUNI. Miqdor va sifat birlikda, bolib, bir-biriga otib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, malum sharoitda sifat mikdorga otadi. Narsa va xodisalarning sifati obektiv bolsa-da, nisbiydir, chunki ular ortasidagi chegara ozgaruvchan bolib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam ozgaruvchandir. Modomiki, obektiv olam doimiy xarakatda, ozgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam ozgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat ozgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega.
QARAMA - QARSHILIKLAR BIRLIGI VA KURASHI QONUNI. Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam oz ifodasini topadi. Malumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy boglik bolgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari togrisida malumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bolishidan tortib xalok bolishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.

Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi boʻlib vujudga kelgan.


Kategoriyalar haqidagi ilk taʼlimot qad. Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tushunchalarning ifodasi shaklida hosil boʻladi deb hisoblaydi. Aristotel oʻzining "Kategoriyalar" asarida Kategoriyani obʼyektiv reallikning inʼikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya toʻgʻrisida maʼlumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotelning Kategoriya haqidagi taʼlimoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Oʻrta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (oʻzgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani koʻrsatib oʻtadi: substansiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok shakllari deb tushunadi. K. haqida taʼlimotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab taʼlimot tizimini yaratgan. Kategoriya haqidagi taʼlimotga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nitsshe asarlarida ham keng oʻrin berilgan. Har bir inson oʻz faoliyatida oʻzigacha shakllangan Kategoriya yordamida ish tutadi. K. metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega boʻlib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan oʻrnini toʻgʻri bilib olishga yordam beradi.


Har qaysi fanning oʻz K. i boʻlib, shu fanning xususiyatlarini koʻrsatib turadi. Falsafiy K. fan K.idan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega boʻlgan tomonlarini taʼriflab beradi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong , harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, inʼikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoniyat, voqelik, hodisa, moxiyat va b.




Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko`rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok ilmiy tadqiqot yo`nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo`lib, Arastu ta’riflab bergan. U o`zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o`rin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob-ukubat». Bu turkumlashtirish, o`z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko`plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o`zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut G`oya) tarzida izohlagan.XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko`plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o`zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut G`oya) tarzida izohlagan.Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1.Ob’ektiv vokelikning in’ikosi;2.Narsa va hodisalarning o`zaro bog`lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli;3.Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4.Borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko`pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo`shiladilar. Bu ma’noda borliq, vokelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.Falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra, «juft kategoriyalar»deb ataladigan; umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo`nalishdagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog`lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining o`zluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.Falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra, «juft kategoriyalar»deb ataladigan; umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo`nalishdagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog`lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining o`zluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.Aloxidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Aloxidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir.Aloxidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Aloxidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir
Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli: aloxidalik va umumiylik DialiktikasiFalsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.Sistema, struktura, elementfalsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.Sistema, struktura, elementfalsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to`zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to`zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ`ibiy to`zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to`zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to`zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ`ibiy to`zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.«sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo`lib hisoblanadi.«sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo`lib hisoblanadi.Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik»kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko`rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini aloxida tahlil qilish zarur.Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik»kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko`rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini aloxida tahlil qilish zarur.Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon bo`lishi«Mohiyat va hodisa»Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi.Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir.Mazmun va shakl.Mazmun va shakl.Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.Shaklesa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.Sabab va oqibat.Sabab va oqibat.O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir.

Xulosa Фалсафий категориялар фалсафий тафаккур учун ниҳоятда муҳим бўлган оламдаги ўзгариш, ривожланиш, алоқадорлик ва узвий боғлиқликка хос умумий жиҳатларнинг инъикосидир. Улар нарса ва ҳодисаларнинг ўзига хослиги, ўхшашлиги ва фарқларини, барқарорлиги ва ўзгаришини англатувчи, билишнинг асосини ташкил этувчи энг умумий тушунчалар бўлиб, оламдаги барча ҳодиса, жараёнларга хос умумий, муҳим томонлар, ҳусусиятлар, муносабатларни ифодаловчи кенг маъноли ва чуқур мазмунли илмий атамалардир.




TAYYORLADI: SALIMMURODOVA DILAFRUZ
Download 191.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling