5- mavzu Ilm fan va


Download 244.73 Kb.
bet4/4
Sana11.10.2023
Hajmi244.73 Kb.
#1699002
1   2   3   4
Eskizlar, rasmlar, chizmalar



Bajarish tartibi



1

Iqoblar tayyorlash uchun kerakli jihozlar

kalka qog`oz A3 qog`ozi, rangli bo`yoq, mo`yqalam,
qaychi, qora qalam, rangli qog`oz,
karton, ,yelim









Kerakli jihozlar tayyorlab olinadi



2.

O`yin tanlash (ledbuk)

Talimiy o`yinlardan namunalar



Turli yosh guruhlari uchun ta’limiy o`yin tanlang



3.

Mazkur o`yin uchun kerak bo`ladigan materiallar ni tayyorlang

Kardon, yelim, rangli bo`yoq, rangli qog`oz, qaychi, rasmli kitoblar





Mazkur o`yin uchun kerak bo`ladigan materiallarni tayyorlang va o`yinni yasang

Ilm fan va tabiat markazi faoliyatini tashkil etish.

    1. Ilm fan va tabiat markazi.

    2. Turli yosh guruhlari uchun mavzular asosida markazni tashkil etish va jihozlash

Ilm fan va tabiat markazi o`z qiyofasida bolalarning qiziqishlari o`zgarishiga , yil fasillari o`zgarishiga va dastur bo`limlari navzulari o`zgarishiga qarab o`zgartiradi.Natijada tajribada bolalarni fizika ob’ektlari bo`lmish magnitlar, suv, yer tortilishi kabilar bilan tanishtirish mumkin.


Markazni tashkil etishda quyosh nuri tushadigan deraza oynalari yoniga joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bolalar – oʼz atrofi haqidagi axbortlarni faol yigʼuvchi tugʼma tadqiqotchilardir. Ular oʼz dunyosini kuzatish va tajriba oʼtkazish yordamida tushunishga intiladilar. Bolalarning tabiiy qiziquvchanligi bilish faoliyatiga oʼtadi.
Ilm-fan ham natija, ham jarayon sifatida ikki yoqlama tabiatga egadir.
Natija sifatida: ilm-fan – bu tabiiy va fizik dunyo haqidagi tashkiliy bilimlardir.
Jarayon sifatida: ilm-fan – bu tadqiqot, kuzatish va tajriba oʼtkazishdir. Kichkina bolalar tadqiqot jarayonining oʼzida ishtirok etishlari juda muhimdir, chunki mos holdagi mahoratlar dasturning boshqa boʼlimlariga olib oʼtiladi va umuman kelgusi hayotlarida asqotib qoladi. Bu mahoratlar oʼz ichiga kuzatish,
taqqoslash, tavsiflash, oldindan koʼrish, xabar qilish, tasniflash v oʼlchashni oladi.
Tabiatshunoslik fan boʼlib hisoblanmaydi. Daraxtlarni oʼrganish dasturning boshqa sohalari bilan qanday bogʼlanganligini koʼrib chiqamiz. Urugʼ qutichasidagi urugʼlarning miqdorini sanash mumkin. Daraxtlarning urugʼlarini terish va taqqoslash mumkin. Barglar va poʼstloqlar badiiy ijodkorlikda, masalan, applikatsiyada foydalanilishi mumkin.
Kuzda barglar katta uyum qilib yigʼilishi mumkin, unda bolalar uning ustidan sakrab oʼtishlari yoki ichiga sakrashlari mumkin boʼladi. Oʼz sezgilaridan foydalanib, bolalar bargalar qanday koʼrinishda ekanligini, qanaqa tovush chiqarishini, qanday hidga egaligini tavsiflab berishlri mumkin. Bolalar “Daraxt kundaligi”ni yuritishlari mumkin boʼlib, unga turli fasllar davomidagi oʼz kuzatishlarini kiritib bora oladilar. Daraxt yogʼochining parchalari turli xildagi konstruktorlik loyihalarida, maslan, qushlar uchun yemak joyi yasashda, qoʼllanilishi mumkin. Kundalari esa sanash va daraxtni “yosh xalqalari”ning sonini taqqoslash uchun foydalanilishi mumkin. Bolalar mahalliy parkka yoki oʼrmonga ham chiqishlari mumkin boʼladi. Olmaning yoki olchaning mevalari guruhda turli xil yeguliklar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Tabiatshunoslik sohalari
Quyida tadqiqotchilik faolligi markazini tashkil etishning bir nechta gʼoyalari keltirilgan:
-bolalar mini-muzeyni tashkil etishlari, turli kollektsiyalarni, alohida eksponat, kichkina hayvonot bogʼi va shu kabilarni joylashtirishlari mumkin boʼlgan doimiy koʼrgazma joyi. Chigʼanoq, kristallar, qush pati yoki kapalak qanoti kabilarni namoyish qilish uchun kichkina stol, ostqoʼyma yoki shinamgina quticha. Eksponatlarni oʼqituvchi, ota-onalar yoki bolalarning oʼzlari olib kelishlari mumkin.
-magnit, kattalashtiruvchi shisha, har xil rangli gʼildirakchalar, prizmalar kabi koʼp foydalaniladigan ilmiy materiallar uchun joy. Javonlar bolalar materiallarni olishlari va ularni joyiga mustaqil qoʼyib qoʼya olishlari uchun tushuntirishli
rasmchalar va soʼzli belgilar bilan taʼminlanishi kerak. natijada bolalar bu materiallarning saqlanishiga maʼsuliyat bilan yondasha boshlaydilar.
-bolalar tuvaklardagi gullarni sugʼorish va parvarishlash, ularning urugʼlarini mustaqil oʼstira olishlari mumkin boʼlgan quyosh tushib turgan oyna oldidagi oʼsimliklar uchun joy.



Download 244.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling