5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi


Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish


Download 23.68 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2023
Hajmi23.68 Kb.
#1278465
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу Ишлаб чикариш хавфсизлиги

Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:

sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;


sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni oʻz ichiga oladi.


Xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari.

Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlishi zarur.


Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini oʻzgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish talablarini tashviqot qilish, amalga oshirish, rejalashtirish uchun hujjatlar tayѐrlashda 1974-yil 1-iyuldan amalda boʻlgan mehnat xavfsizligi standartlar sistemasi (MXSS) dan foydalaniladi. MXSS besh turga boʻlingan, masalan: 1) Tashkiliy – uslubiy standartlar – GOST 0.001-82, GOST 12.0.002-74, GOST 12.0003 -74, GOST 12.004-79.
2) Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalari standartlari – GOST 12.0.003-74
3) Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari – GOST 12.2.003-74
4) Ishlab chiqarish jaraѐnlari xavfsizligi talablari standartlari – GOST 12.3.003 -74.
5) Ishchilarning himoya vositalariga boʻlgan talabalari 1973-yildan eʼtiboran 300 dan ziѐd standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiѐti, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlaѐtgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qonunlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilishni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida koʻplab qoida, norma, instruksiyalar ishlab chiqilgan boʻlishiga qaramay, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yoʻqolib ketishini taʼminlaydigan va tartibga soladigan sharoit mavjud emas. Korxonalarning xilma-xilligini hisobga olib oʻzi uchun mos keladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan instruksiyalar tizimi GOST 12.0.004- 79 (MXSS) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini taʼminlovchi ish uskunalarini oʻrgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham oʻz ichiga oladi. GOST 12.0.004-74 (MXSS)ga asosan muhandis-texnik xodimlari, asosiy va qoʻshimcha sexlarning ishchilari, korxona xizmatchilari, vazirlik xizmatchilari ishlab chiqarish xavfsizligi xususiyati darajasidan, ish staji va ishning turidan qatʼiy nazar instruktaj (yoʻriqnoma)dan oʻtishlari kerak.



Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling