5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi


Download 23.68 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi23.68 Kb.
#1278465
  1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу Ишлаб чикариш хавфсизлиги


5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi.

Xavfsizlik turlari, Xavfsizlik konsepsiyalari, sanoat xavfsizligini rejalashtirish, baxtsiz hodisa sabablari, umumiy halokat manbalari.


Ishlab chiqarishdagi sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Sanoat ishlab chiqarishidagi xavfsizlik Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentyabrdagi “XAVFLI ISHLAB CHIQARISH oBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDAgi № OʻRQ —57 sonli Qonuni hamda OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”gi 2020-yil 19-maydagi 291-sonli Qarori bilan tartibga solinadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) atrof-muhitga xavfli moddalarning ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarning buzilishidir.
Favqulloda hodisalaridan biri, bu yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan texnik vositalarning avariya holatlarga tushishi va unda kishilarni bevaqt haѐtdan koʻz yumishlari odamzodni tashvishga solmasdan qoʻymaydi. Masalan, Nigeriya, Rossiya, Eron, Germaniya, Ukraina, Keniya va boshqa mamlakatlarda sodir boʻlgan aviahalokatlar minglab insonlar haѐtiga zomin boʻldi. Shulardan, 25-mayda Tayvan poytaxti aeroportidan Gonkonga uchgan bortida 225 kishi boʻlgan “Boing-747” samolѐtining halokatga uchrashi, ѐki 27-iyul kuni Ukrainaning Lvov shahri chekkasida oʻtkazilgan aviashou vaqtida “Su-27” qiruvchi harbiy samolѐtning va unda 69 kishining jarohat olishi hamda 76 kishini qurbon berilishi inson qalbini larzaga solmasdan kuymaydi.
Maʼlumki, Respublikamizda mavjud boʻlgan gidrotexnik inshootlarda avariya halokati yuz bergudek boʻlsa, aholi hududlarimizda maʼlum miqdorda xavf tugʻdirishi mumkin. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan qonunlardan yana biri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida” deb nomlanadi. Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Shu oʻrinda 2020-yil aprel oyi oxirida yuz bergan Sirdaryo viloyatidagi suv omborining buzilishini eslab oʻtish joiz. Suv omboridan suvning toshib chiqishi natijasida minglab odamlar uy-joysiz qoldi va ekinzorlar payhon boʻldi.
Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va halokatlar oldini olish chora-tadbirlari quyidagicha amalga oshiriladi: a) Havo transporti avariya va falokatlari, transport tizimidagi avariya va halokatlar. Koʻrinishi: yoʻlovchi, ekipaj aʼzolarini halok boʻlishi, havo transportini portlashi, yer yuzidagi bino va xalq xoʻjaligi obyektlarini buzilishi, turli darajadagi qutqaruv va tezkor ishlarni olib borishga olib keladigan holat. Sabablar: havo transportini nosozligi; ob-havoni noqulayligi; dispetcherlar aybi bilan sodir boʻladi. Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktik koʻrik va taʼmirlashni vaqtida oʻtkazilishi; boshqarish va aloqa tizimlarini ish sifatini yaxshilash. Muhofazasi: aviatsiyadan avariyasiz foydalanish va parvozlar xavfsizligi boʻyicha tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish.
b) Temir yoʻllardagi avariya va halokatlar. Koʻrinishi: ѐngʻinlar, portlashlar, vagonlarni yoʻnalish izidan chiqishi, aholi va yoʻlovchilarni halok boʻlishi, sodir etilgan joylardagi aholi va hudularni zarar koʻrishi. Sababi: temir yoʻllarning nosozligi, harakat tarkibining nosozligi, aloqa vositasini nosozligi, dispetcherni ahamiyatsizligi. Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktika koʻrik va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish; boshqaruv va aloqa tizimlari ish sifatini oshirish; dispetcherni xizmatini yaxshilash. v) avtotransport avariya va halokatlari. Koʻrinishi: transportdagi fuqarolarni halok boʻlishi, portlash va ѐngʻinlarni chiqishi. Sababi: transport harakat xavsizligiga rioya qilmasligi; tezlikni oshirish; spirtli ichimliklarni ichib boshqarish; texnik nosoz transportni boshqarish; yoʻllarni talab darajasiga emasligi. Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy profilaktik koʻrik va texnik taʼmirlash ishlarini vaqtida oʻtkazish, nosoz transportdan foydalanmaslik, yoʻl harakat qoidalariga rioya qilish va boshqalar. Muhofazasi: DAN organiga yoʻl transport xavfsizligini taʼminlash xizmatiga rahbarlik vazifasi yuklatiladi.
g) Metropoliten stansiyalarida ehtimol boʻlgan favqulodda vaziyatlar koʻrinishi: metro vagonlarini turli sabablar bilan relsdan chiqishi sababli fuqarolarni shikastlanishi va nobud boʻlishi, portlash va ѐngʻinlar sodir etilishi mumkin. Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy-profilaktik koʻrik va texnik taʼmirlash ishlarni vaqtida oʻtkazilishi, nosoz transport vositadan foydalanmaslik, yoʻl harakati qoidasiga rioya qilish va boshqalar. Muhofazasi: ushbu obyektlardagi ishlarning olib borish ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish.

Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling