Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida


Download 313.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi313.26 Kb.
#1351419
  1   2
Bog'liq
5-maruza



5-MA’RUZA. 
SANOAT PORTLASHLARNING TASNIFI. PORTLASH VAQTIDA 
PORTLOVCHI MODDANING BIR TURDAN BOSHQA TURGA O’TISHI 
VA PORTLASHNING BAJARGAN ISHI. 
 
Portlashlar tabiatiga ko’ra 3 xil bo’ladi: fizik, kimyoviy va yadroviy 
portlashlar. 
Fizik portlashlarda moddalarning fizik holati o’zgaradi lekin kimyoviy 
tarkibi o’zgarmas bo’ladi. Fizik portlashlarga bug’ qozonlarining portlashi, shar, 
balon, koptoklar portlashi ham misol bo’ladi. 
Kimyoviy portlashlarda esa moddalarning kimyoviy tarkibi katta tezlikda 
o’zgarishi kuzatilib, natijada gazlar yoki bug’lar hosil bo’ladi, hamda issiqlik 
ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarni portlovchi modda tarkibidagi yonuvchi 
elementlarining oksidlanish reaksiyasi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. 
Kimyoviy portlashlarga har qanday portlovchi moddaning portlashi, metan yoki 
ko’mir changining portlashini misol qilish mumkin. 
Yadroviy portlashlarga yadro bo’linishi natijasida yangi elementlar hosil 
bo’lishining zanjir reaksiyasi kuzatiladi. 
Yadroviy va termoyadroviy portlashlarda kimyoviy portlashlarga nisbatan 
millionlab marta ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarda 
odatda 1kg portlovchi modda zaryadi portlaganda o’rtacha 10
3
kkal issiqlik ajralib 
chiqadi. Yadroviy portlashlarda bu ko’rsatkich 1,6-10
10
kkal, termoyadroviy 
portlashlarda esa o’rtacha 10
11
kkal ni tashkil etadi. 
Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish shakli. 
Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish 
shakllariga quyidagilar kiradi: termik kuyib yemirilish, yonish va detonatsiya. 
Termik kuyib yemirilish portlovchi moddalarni ularning alangalanish 
haroratidan past haroratda qizdirganda kuzatiladi. Agar portlovchi moddaga 
berilayotgan issiqlik miqdori undan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoridan katta 
bo’lsa, portlovchi modda harorati ortib borishi natijasida reaksiyaning tezlashishi 
kuzatiladi. Natijada issiqlik portlashini keltirib chiqaradi. Termik kuyib yemirish 
hodisasi portlovchi moddalarni omborlarda saqlashda hisobga olinadi. 
Yonish. Portlovchi moddalarni ularning alangalanish haroratidan yuqori 
haroratda qizdirganda kuzatilib, nisbatan kichik tezlikda ( sekundiga bir necha mm 
dan bir necha sm gacha) kechib reaksiya portlovchi modda alangalangan qismidan 
ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga uning boshqa qismlariga uzatiladi. Yonish 
tashqi muhitga bog’liq ( bosim va harorat). 


Detonatsiya. Detonatsiyaning yonishdan farqi katta tezlikda kechadi va 
tashqi muhitga deyarli bog’liq emas. Yonish va detonatsiya oralig’idagi hodisa 
portlab yonish deyiladi. Portlab yonishning o’ziga xos xususiyati reaksiya 
tezligining o’zgarib turishidir. Ma’lum sharoitlarda termik kuyib yonish yonuvchi 
detonatsiyaga aylanishi mumkin. 

Download 313.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling