1-Amaliy ish sanoat portlovchi moddalari kislorod muvozanatini hisoblash
Download 26.47 Kb.
|
Burgʻulaw 1-amaliy
1-Amaliy ishSANOAT PORTLOVCHI MODDALARI KISLOROD MUVOZANATINI HISOBLASH.Kislorod muvozanati deb berilgan portlovchi modda tarkibida mavjud bo’lgan kislorod miqdorining shu portlochi modda tarkibidagi yonuvchi elementlarni to’liq oksidlash uchun talab etiladigan kislorod miqdoriga nisbatiga aytiladi.Kislorod muvozanati odatda birlik ulushda yoki foizlarda ifodalanadi. To’liq oksidlanish deganda vodorod bilan kislorod reaksiyasidan suv hosil bo’lishi, uglerod bilan kislorod reaksiyasidan esa karbonat angidrid gazi hosil bo’lishi tushuniladi. Bunda shuningdek molekulyar azot va kislorod ham ajralib chiqadi. Agar portlovchi modda tarkibida metal mavjud bo’lsa portlash natijasida uning oksidi ham ajralib chiqadi. To’liq oksidlanish reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin: С+О2→СО2+396 kJ/mol; Н2+½О2→Н2О+283 kJ/mol(suv suyuq holda bo’lganda); Н2+½О2→Н2О+241 kJ/mol (suv bug’ holda bo’lganda); 2Al+1.5O2→Al2O3+1671 kJ/mol. Agar portlovchi moddaСаНdNcOd ko’rinishida bo’lsa, mos holda uning kislorod muvozanati quyidagicha aniqlanadi (%) bunda 16-kislorodning nisbiy atom massasi, МВВ- portlovchi modda molekulyar massasi. agarbo’lsa kislorod muvozanati musbat;
Kislorod muvozanati nolli bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda energiya ajralib chiqishi maksimal miqdorda, zaharli gazlar ajralib chiqishi esa minimal miqdorda bo’ladi. Kislorod muvozanati manfiy bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda portlovchi modda tarkibidagi kislorod miqdoriga bog’liq holda issiqlik ajralib chiqishi kam bo’ladi va zaharli uglerod oksidi hosil bo’ladi, ya’ni
Ayrim hollarda uglerod qurumi hosil bo’lib portlash vaqtida gazlar hosil bo’lish darajasini pasaytiradi. Kislorod muvozanati musbat bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda energiya ajralib chiqishi kamayadi, chunki bunda zaharli azot oksidi hosil bo’lib issiqlik yutilishi kuzatiladi:
2.1-misol.Nisbiy molekulyar massasi 227gr. va kimyoviy formulasi C7H5(NO2)3 ko’rinishida bo’lgan trotil portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin. Masala yechimi.To’liq oksidlanish uchun zarur bo’lgan kislorod atomlari soni 2а+b/2, yoki 2∙7+5/2=16,5ga teng. Berilgan portlovchi modda tarkibida esa kislorod atomlari soni 6 ga teng. U holda kislorod muvozanati quyidagiga teng bo’ladi: 2.2-misol.30% ammiakli selitra (NH4NO3) va 70% trotildan tarkib topgan grammonit 30/70 portlovchi moddasi kislorod muvozanati aniqlansin. Masala yechimi.1.1-misolda keltirilgan usul yordamida ammiakli selitraning kislorod muvozanati +20% ga tengligini hisoblash mumkin. U holda grammonit 30/70 portlovchi moddasi kislorod muvozanati: 0,3∙20+0,7(-74) = - 45,8% ga teng bo’ladi. Quyida 2.1-jadvalda ba’zi portlovchi moddalarning kislorod muvozanati keltirilgan. 2.1-jadval
2.1-masala.65% ammiakli selitrava 35% granulali trotildan tarkib topgan akvatol 65/35 portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin. 2.2-masala.Nisbiy massasi 218 gr. va kimyoviy formulasi C10H6(NO2)2 bo’lgan dinitronaftalin portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin. 2.3-masala.Nisbiy massasi 316 gr. va kimyoviy formulasi C(CH2O∙NO2)4 bo’lgan ten portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin. 2.4-masala.40% ammiakli selitra, 16% alyuminiy upasi va 44% trotildan tarkib topgan ifzanit portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin. 2.5-masala.Tarkibiga15% alyuminiy upasi qo’shilgan granulali trotildan tarkib topgan alyumotol portlovchi moddasi kislirod muvozanati aniqlansin. 2.6-masala.64% ammiakli selitra, 16% trotil va 20% natriy xloridan tarkib topgan ammonit PJV-20 portlovchi moddasi kislorod muvozanati aniqlansin. 2.7-masala.56% ammiakli selitra, 9% trotil, 3% yog’och uni va 32% natriy xloridan tarkib topgan saqlagichli portlovchi modda kislorod muvozanati aniqlansin. Download 26.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling