1-Amaliy ish Sanoat portlovchi moddalari kislorod muvozanatini hisoblash


Download 21.87 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi21.87 Kb.
#1501085
  1   2
Bog'liq
1-1 (1)


1-Amaliy ish
Sanoat portlovchi moddalari kislorod
muvozanatini hisoblash

Kislorod muvozanati deb berilgan portlovchi modda tarkibida mavjud bo’lgan kislorod miqdorining shu portlochi modda tarkibidagi yonuvchi elementlarni to’liq oksidlash uchun talab etiladigan kislorod miqdoriga nisbatiga aytiladi.Kislorod muvozanati odatda birlik ulushda yoki foizlarda ifodalanadi.


To’liq oksidlanish deganda vodorod bilan kislorod reaksiyasidan suv hosil bo’lishi, uglerod bilan kislorod reaksiyasidan esa karbonat angidrid gazi hosil bo’lishi tushuniladi. Bunda shuningde kmolekulyar azot va kislorod ham ajralib chiqadi. Agar portlovchi modda tarkibida metal mavjud bo’lsa portlash natijasida uning oksidi ham ajralib chiqadi.
To’liq oksidlanish reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
С+О2→СО2+396 kJ/mol;
Н2+½О2→Н2О+283 kJ/mol(suvsuyuqholdabo’lganda);
Н2+½О2→Н2О+241 kJ/mol (suvbug’ holdabo’lganda);
2Al+1.5O2→Al2O3+1671 kJ/mol.
Agar portlovchi moddaСаНdNcOd ko’rinishida bo’lsa, mos holda uning kislorod muvozanati quyidagicha aniqlanadi (%)

bunda 16-kislorodning nisbiy atom massasi, МВВ- portlovchi modda molekulyar massasi.
agar bo’lsa kislorod muvozanati musbat;
bo’lsa kislorod muvozanati nolli;
bo’lsa kislorod muvozanati manfiy deyiladi.
Kislorod muvozanati nolli bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda energiya ajralib chiqishi maksimal miqdorda, zaharli gazlar ajralib chiqishi esa minimal miqdorda bo’ladi.
Kislorod muvozanati manfiy bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda portlovchi modda tarkibidagi kislorod miqdoriga bog’liq holda issiqlik ajralib chiqishi kam bo’ladi va zaharli uglerod oksidi hosil bo’ladi, ya’ni
С+0,5О2→СО+109 kJ/mol.
Ayrim hollarda uglerod qurumi hosil bo’lib portlash vaqtida gazlar hosil bo’lish darajasini pasaytiradi.
Kislorod muvozanati musbat bo’lgan portlovchi moddalar portlaganda energiya ajralib chiqishi kamayadi, chunki bunda zaharli azot oksidi hosil bo’lib issiqlik yutilishi kuzatiladi:
0,5N2+0,5O2→NO-90.5 kJ/mol.
1.1-misol.Nisbiy molekulyar massasi 227gr. va kimyoviy formulasi C7H5(NO2)3 ko’rinishida bo’lgan trotil portlovchi moddasining kislorod muvozanati aniqlansin.

Download 21.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling