5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi


Ishlab chiqarishda yuz beradigan turli jarohatlanishlar


Download 23.68 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi23.68 Kb.
#1278465
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу Ишлаб чикариш хавфсизлиги

Ishlab chiqarishda yuz beradigan turli jarohatlanishlar.

Jarohatlanish (grekcha travma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli taʼsiri natijasida, yaʼni baxtsiz hodisa tufayli organizm toʻqimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi.


Ular beixtiѐr (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshqa), kimѐviy (kislota va ishqorlar taʼsirida kuyish), termik (odam organizmiga yuqori ѐki past harorat taʼsir etib, kuyish, ѐki sovuq urishi), elektrdan kuyish, elektr toki taʼsiriga tushib qolish va boshqalar.
– psixologik (qattiq hayajonlanish, qoʻrquv va boshqa) turlariga boʻlinadi. Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik ѐki doimiy yoʻqotishga olib kelishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini ѐki kasbiy ish qobiliyatini ѐxud ikkalasini ham yoʻqotishi mumkin;
Koʻpgina mashinasozlik korxonalari tajribasidan maʼlumki. chilangarlik ishlarida hali qoʻl mehnatining ulushi katga. Bu esa mahsulot sifatiga ham, mehnat unumdorligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chilangarlik ishlarini mexanizatsiyalash — mashinasozlik sohasi xodimlari oldida turgan muhim na kechiktirib boʻlmaydshan vazifalardan biri hisoblanadi. Bu ishlarni msxanizatsiyalash deganda faqat mehnat jarayonlari- ni yengillashtirish va ularning mehnattalabligini kamaytirish yoki sifatini oshirishga xizmat qiluvchi turli moslamalar va mexaniza- iiyalashgan asboblar bilan taʼminlash orqali takomillashtirishni- na tushunilmasdan, balki qoʻl mehnatini universal metall qirqish jihozlarida yoki maxsus stanoklarda ishlov berish bilan almashtirish ham anglashiladi. Bu holda qoʻl mehnatidan faqat maxsus stanoklarga, koʻpincha yarim avtomatlar va avtomatlarga xizmat koʻrsatishda foydalaniladi.


Ish joylarini tashkil qilish
Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda, jihozlarni joylashtirish rejasini ishlab chiqishda va ish joylarini tashkil qilishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va texnik estetika asoslariga amal qilish zarurdir va ular ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga hamda ishchilarga qulay ish joyi yaratishga olib keladi. Mehnatni tashkil qilishda dastgohning doimo toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash uchun ish joylarini oqilona ravishda tashkil qilish kerak. Buning uchun ishlov berish joyiga detalni, zagotovkani, kesuvchi asbobni va moslamalarni oʻz vaqtida uzatilmasligini, materiallar va asboblarning noqulay joylashishini hamda bevaqt taʼmirlashni, ortiqcha harakatlarni, yurishlarni bartaraf etish kerak.
Ish joylarini tashkil qilish va xizmat koʻrsatish quyidagicha bajarilishi kerak.
1. Materiallar, zagotovkalar, asboblar, moslamalar ish joyiga ish boshlanishiga qadar uzatilishi kerak.
2. Dastgohni sozlash yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ish boshlanguniga qadar bajariladi. Sozlashni maxsus sozlovchilar tomonidan bajariladi. Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda esa dastgohchi tomonidan bajariladi.
3. Ishlash davomida asboblarni ish joyiga yetkazish, asboblarni almashtirish va charxlash, ishni toʻxtatmaslik maqsadida, alohida ishchilar tomonidan bajariladi.
4. Instruktaj ishchilar uchun ish boshlagunga qadar oʻtkaziladi.
5. Ishlov berilgan detallar dastgohga xalaqit bermasligi uchun doimiy ravishda, oʻz vaqtida olib ketilishi kerak.
6. Detal oʻlchamlarini nazorat qilish ishchini ishdan qoldirmay, alohida amalga oshirilishi kerak.
7. Dastgohlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish, tekshirish va taʼmirlash oldindan koʻrsatilgan vaqt ichida amalga oshiriladi. Ish joyini ratsional rejalashtirish, yaʼni ishchi, dastgoh, material, asboblar, zagotovka va moslamalarni oʻzaro joylashtirish ishning mazmuni va ishni tashkil qilish shakliga bogʻliq, u quyidagi shartlarni qoniqtirishi kerak:
1. Ish jarayonida ishchi ortiqcha harakatlanmasligi kerak.
2. Ish joyi tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning oʻzaro noratsional joylashuvi oqibatida ishchi charchamasligi va vaqtni behuda yoʻqotmasligi kerak.
3. Ishlash vaqtida turli harakatlarni bajarishda ishchi noqulayliklarga duch kelmasligi kerak.
4. Ishchini ishdan qoldirmaslik uchun asboblar, chizmalar va instruktaj kartasi ishchi qoʻli ostida boʻlishi kerak.
5. Barcha asboblar guruhlarga ajratilgan boʻlishi kerak, har bir asbobga alohida joy boʻlishi kerak.
6. Detallarni dastgohdan dastgohga partiya bilan uzatishni tashkil etishda dastgoh oldida detallarning vaqtinchalik turishi uchun yetarli maydon boʻlishi kerak.
7. Ish joyining barcha elementlarining oʻzaro joylashuvi tegishli qurilmalar yordamida ishchini ishlash davrida xavfsizligini taʼminlanishi kerak.
8. Koʻp dastgohli xizmat koʻrsatishda bir vaqtning oʻzida xizmat koʻrsatiluvchi dastgohlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda bir dastgohdan ikkinchi dastgohga oʻtish uchun oz vaqt sarflanishini taʼminlash zarur.
9. Rang, havo, issiqlik, tozalikka nisbatan qulay sanitar-texnik sharoit taʼminlanishi kerak; ish joyidagi havo harorati +20oS boʻlishi, yoritilganlik yetarli miqdorda boʻlishi, devorlar och moviy yoki och zangori rangda, jihozlar esa och zangori yoki zangori rangda boʻlishi kerak. Barcha ranglar sanitariya meʼyorlari asosida tanlanishi kerak. Ish joyini ratsional tashkil qilish mehnat unumdorligi va mahsulot sifatining ortishiga va korxonada mehnat muhofazasi holatining yaxshilanishiga olib keladi.
Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling