5 – mavzu. Ishlab chiqarish xavfsizligi


d) magistral quvur tarmoqlarida neft va gaz burgʻulash maydonlaridagi boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar


Download 23.68 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi23.68 Kb.
#1278465
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу Ишлаб чикариш хавфсизлиги

d) magistral quvur tarmoqlarida neft va gaz burgʻulash maydonlaridagi boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar. Koʻrinishi: portlovchi moddalar bilan bogʻliq ѐngʻin va portlashlar fuqarolarni halok boʻlishi, hudud, inshoot va binolarni tuzilishi. Sabablar: quvur tarmoqlarining, ventillarninng eskirganligi, ularni vaqtida koʻrikdan oʻtkazmaslik va boshqalar. Oldini olish chora-tadbirlari: texnik xujjatlarda koʻrastilgan meʼѐr talablari boʻyicha rejaviy-profilaktik koʻrik va taʼmirlashni vaqtida oʻtkazish xavfsizlik choralariga amal qilish. Muhofazasi: Neft va milliy gaz korporatsiyasi avariya va halokatlarni oldini olish va bartaraf etish tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.

Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitini taʼminlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va ѐngʻin xavfsizligiga bogʻliq qoida, meʼyor, yoʻriqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga boʻlinadi. Umumiy norma qoidalariga “Qurilish meʼyorlari va qoidalari” (SNiP), “Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari” SN–245-71, “Nurlanish xavfsizligi qoidalari” (NRB-78), “Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari” (PUE), “Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarni tanlash qoidalari” (PIVRE), bosim ostida qoʻllanadigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari va boshqalar misol boʻladi. Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyihalash institutlari oʻzaro hamkorlikda tarmoq qoida va normalarini ishlab chiqib, tasdiqlab, ularni bir ѐki bir necha tarmoq korxonalarida qoʻllash uchun tavsiya etadilar. Oraliq qoida va normalar korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jaraѐnlar uchun xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tavsiya etiladi.




Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga salbiy taʼsir qilish darajasiga koʻra I, II va III xavflilik darajalariga (oʻta xavfli, yuqori darajada xavfli va oʻrtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sogʻligʻi va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling