5- mavzu. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish. Amaliy mashg’ulot rejasi
Download 69.13 Kb.
|
5 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Krossvord savollari: _______
- 6-topshiriq. Masalalarni yeching.
5-topshiriq. Krossvordni yeching.
Krossvord savollari: _______- ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’yektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir.(Boshqaruv) Boshqaruvning qaysi tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o‘tadi? Bunday sintez chiziqli yoki funksional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilmasini samaraliroq bo‘lishi va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.(Funksional) Qaysi tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, unga ko‘ra boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi? (Chiziqli) Boshqaruvning qanday tuzilmalari turli xil bo‘lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv vazifalarini tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan? (Matritsali) Qaysi tuzilma deganda korxona boshqaruvi vazifalarini bajaruvchi turli xil bo‘lim, xizmat va bo‘linmalar tarkibi, o‘zaro munosabatlari va bir-biriga bo‘ysinishini tushunish lozim? (Tashkiliy) 6-topshiriq. Masalalarni yeching. 1-masala. Quyidagi texnik - tashkiliy sharoitlarga asoslanib, non ishlab chiqarish korxonasida unni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichi paytidagi ishlab chiqarish jarayoni tuzilishi aniqlansin. Un siloslarga un tashish mashinasidan pnevmotransport orqali bo‘shatiladi. Un siloslardan ishlatish uchun shnekli transportyor orqali un qo‘shgich va elakdan ishchi bunkerlarga beriladi, ulardan esa taroziga uzatiladi. Bu erda ma’lum bir qism un o‘lchanib, keyin qo‘l mehnatiga asoslangan moslamadan foydalangan holda opara tayyorlashga yuboriladi. 2-masala. Quyidagi texnik tashkiliy sharoitlarga asoslanib, non ishlab chiqarish korxonasida unni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichi paytidagi ishlab chiqarish jarayoni tuzilishi aniqlansin. Yukchi xaltalardagi unni omborxonaning taxminan o‘rtasigacha etuvchi transportyorga tushiryapti. Xaltalardagi un qiya tekislikdan xontaxta ustiga kelib tushadi. Xontaxtadan yukchi xaltalarni taroziga o‘tkazadi. U erda xaltalar 9 tadan qilib o‘lchanadi. O‘lchangan xaltalarni ikki yukchi aravachada omborxonaga tashib keladilar. Bu erda xaltalar shtabelga terilgan holda saqlanadi. Kerak bo‘lganda un solingan xaltalar un qo‘shgichning yuklovchi voronkasiga aravachada keltirilib bo‘shatiladi. SHnek orqali un elakka borib elanadi, taroziga o‘tib o‘lchanadi va xamir qorish uchun yuboriladi. 3-masala. Karamel ishlab chiqarish chizig‘ida ishlab chiqarish jarayoni tuzilishini aniqlang. Davriy ravishda ishlaydigan vakuum apparatlarda karamel massasi qaynatiladi, qaynatilgan massaning parchalarini sovutuvchi stolga qo‘lda olib boriladi. SHu usul bilan u erdan shakl beruvchi agregatga uzatiladi, shakl berilgan va sovutilgan karamel transportyorda mexanik quvvatlanuvchi mashinalarda qog‘ozga o‘rash uchun yuboriladi. O‘ralgan karamel qo‘l bilan qadoklashga yuboriladi va o‘lchanadi. Qutilarga qadoqlangan karamel tayyor mahsulotlar omboriga yuboriladi. 4-masala. Karamel ishlab chiqarish chizig‘ida ishlab chiqarish jarayoni tuzilishini aniqlang. Uzluksiz harakatlanuvchi vakuum apparatlarda karamel massasi qaynatiladi. Massani sovutish, uni bo‘yash, aromatlash, shakl beruvchi agregatga o‘tkazish jarayoni transportyorda amalga oshiriladi. SHakl berilgan va sovutilgan karamel transportyorda mexanik quvvatlanuvchi mashinalarga qog‘ozga o‘rash uchun yuboriladi. O‘ralgan karamel taroziga o‘lchanib qo‘l bilan qadoqlashga yuboriladi. Qutilarni ochib, maxsus qog‘oz yoyib, karamel joylashtirilib, qutilar yopilib elimlanadi. Tayyor mahsulotlar omboriga karamel to‘ldirilgan qutilar liftda tushiriladi, liftdan omborgacha qo‘l aravachasida olib boriladi va teriladi. 4--masala. Ma'lum bir mahsulot ishlab chiqarishda uning ishlab chiqarish davri 25 soatni , ish davri esa 22 soatni tashkil qildi. Ish davri koeffisientini aniqlang. 5-masala. Ma'lum bir mahsulot ishlab chiqarishda uning ishlab chiqarish davri 10 soatni , tanaffuslar esa 2 soatni tashkil qildi. Ish davri koeffisientini aniqlang. 6-masala. Ma'lum bir mahsulot ishlab chiqarishda uning ish davri 12 soatni , tanaffuslar 3 soatni tashkil qildi. Ishlab chiqarish davrini aniqlang. Download 69.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling