5 – mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish, O’quv maqsadlari va mazmunini belgilash hamda o’qitish vositalari va didaktik materiallar tayyorlash reja


Download 177.6 Kb.
bet1/11
Sana08.03.2023
Hajmi177.6 Kb.
#1254074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-маъруза


5 – MAVZU. MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH, O’QUV MAQSADLARI VA MAZMUNINI BELGILASH HAMDA O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH


Reja:

  1. O’qitish jarayoni tushunchasi.

  2. O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik.

  3. Nazariy, amaliy darslar tushunchasi.

  4. Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish.



Qo’llaniladigan talim texnologiyalari: pinbord, aqliy hujum, klaster, muammoli talim, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Tayanch iboralar: o’qitish jarayoni, nazariy darslar, amaliy mashg’ulotlar, seminar darslari, laboratoriya mashg’ulotlari, dars tuzilmasi, o’qitishning texnik vositalari, axborotning texnik vositalari, bilimlarni nazorat qilish texnik vositalari, kompyuterli-axborotli vositalar.


O’qitish_jarayoni'>O’qitish jarayoni – pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalar tizimlarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil xarakterlari majmuidan iborat.
O’qitish talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi.
O’qitish – o’qituvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar tizimini berish, ularning bilim olish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.
O’qish – talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimi va ongli mehnati.
O’qitish ikki tomonlama jarayondir, u o’qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, talabalarga fanga qiziqishni, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, hamda talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, shuningdek, baholashdan iborat.
O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni talabaning faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat.
O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak.
O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan xarakterlanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, o’quv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi.
O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi guruhli va individual o’qitishning har xil ko’rinishida qo’shib olib borilishi, o’qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi.
Mutaxassislik fanlarini o’rganishda nazariy va amaliy mashg’ulotlar bir vaqtda o’tkazilsa yaxshi natija beradi. Bu hol mashg’ulotlar sistemasini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o’tkazishni yengillashtiradi. Pedagogik adabiyotlarda darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida klassifikatsiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Darslarni klassifikatsiyalashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi: ma’ruza, suhbat va ekskursiya darslari, videotasvir, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishi darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars va hokazolar.





Download 177.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling