5 – mavzu. O ‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti
‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati
Download 151.58 Kb. Pdf ko'rish
|
5 – mavzu. O ‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI
16.2.0‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati
Mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashmng muhim rezervi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xom-ashyo va oziq-ovqatning mintaqaviy fondlarini yaratishdir. 0‘simlikchilik mahsulotlarini xarid va yetkazib berish hajmi va ro‘yxati hukumat tomonidan, mintaqaviy fondlar - 0‘zbekiston Respublikasi sub’yektlari ijroiya hokimiyati sub’yektlari tomonidan belgilanadi. Xarid va yetkazib berish hajmi yillik aniqlashtirish bilan besh yilga belgilanadi va davlat tomonidan kafolatlanadi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlar g‘alladan yuqori va sifath hosil olishning asosiy omili bo‘lmoqda. Respublikamizning 2009 yilgi g‘allachilik sohasida olib borgan ishlaming yakunini tahlil qiladigan bo‘lsak, murakkab ob-havo sharoitida ham hosildorlik har yilgidan yuqori bo‘lganligi dehqonlarimiznmg samarali mahnatlari natijasi hisoblanadi. Respublikamizda o‘tgan yilda g‘alla hosildorligi gektaridan o'rtacha 45,4 sentnemi, suvli yerlarda esa 51,2 sentnyemi tashkil etdi. Yalpi yetishtirilgan don hosiH 6 mln 650 ming toimani tashkil etdi. Bu muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimovning mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yfflaridayoq, aholimizni don va don mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘z donimiz va o‘z nonimizga ega bo‘lishimiz, buning uchun g‘alla mustaqilligiga erishishimiz kerakligi to‘g‘risida oqilona yo‘l o‘riqlari, ko‘rsatmalarini naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotidir. Bugungi kunda Respublikamiz g‘alla yetishtirish va hosildorligi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi. G‘alla dunyodagi barcha insonlaming asosiy oziq-ovqati hisoblanishini hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoda 220 mln. gektardan ortiqroq maydonda g‘alla ekiladi. Yalpi don hosili esa 650 mln. tonnani tashkil etadi (16.1-jadval). 16.1-jadval Dunyoning ayrim mamlakatlarida g‘alla yetishtirish Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha hosildorlik Andijon viloyatida 62,1 s., Qashqadaryo 57,9 ts., Surxondaryo 56,3 ts., Buxoro viloyatida 56,1 ts., Samarqand viloyatida 54,0 ts., Toshkent viloyatida 53,0 ts., Farg‘ona viloyatida 50,6 sentnemi tashkil etdi. Shuni aytish joizki, ayrim ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hosildorlik gektaridan 60-70 sentnyemi, hattoki, undan ortiqni tashkil etdi. Keyingi yillarda jami ekin maydonlar miqdori qisqardi ( 2000 yilda 3778,3 ming ga 2009 yilda 3608,5 ming ga cha ), shu jumladan paxta ekin maydoni ( 1444,5 ming gektardan 1347,1 ming gektargacha) va donli ekinlar ( 1614,0 ming gektardan 1610,6 ming gektargacha) ham. Paxta va g‘alla ekin maydonlari qisqarishi hisobiga kartoshka, sabzavot va pohz ekin maydonlari miqdori 2000 yilda 5,9% dan 2009 yilda 5,8% gacha kengaygan. (16.1 - rasm). Download 151.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling