5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli
Bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik tartibi
Download 71.15 Kb.
|
5 mavzu
Bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik tartibi
Talabalarga kafedra tomonidan tasdiqlangan bitiruv mala-kaviy ishlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan mavzularni erkin tanlash huquqi beriladi. Ba’zida talaba o‘zining variantini ham taklif qilishi mumkin. Lekin u tasdiqlovchi materiallarga asoslangan va dolzarb masala bo‘lishi kerak. Bitiruvchi talabalar ish mavzusini tanlashlarida kafedra to-monidan maslahat uyushtiriladi. Bitiruv malakaviy ishlarni tanlashda talabalar bajargan kurs ishlari, ilmiy doklad mavzulariga yaqin yoki ulardan kelib chiqqan holda yoki kelajakda ishlamoqchi bo‘lgan bitiruv oldi amaliyotini o‘tadigan o‘quv yurtining taklifi bilan mavzu tan-lashlari, boshqacha aytganda, boshlagan ilmiy ishlarini davom et-tirishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mavzular o‘quv rejasi va kelgusida olib boriladigan amaliy faoliyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishni yozish uchun tanlangan fanning asosiy mazmunidan va uni o‘rganishdan qo‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Tanlangan mavzuni rasmiylashtirish uchun talaba kafedra mu-diri nomiga ariza yozishi kerak. Talabalarga rahbar va mavzularni biriktirish ΙΙΙ kursda, o‘quv yilining oxirida, uzog‘i bilan IV kurs yangi o‘quv yilining boshida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini ilmiy rahbarlarga bi-riktirish institut rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiri-ladi. Talaba mavzuni olgach: 1. Rahbar bilan muhokama qilib, uni qay darajada o‘r-ganilgani, qanday tajribalar mavjud, zarur manbalar bormi-yo‘qmi aniqlanishi, yo‘naltiruvchi materiallar yig‘ilishi kerak. 2. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha adabiyotlar tanlash, ularni tahlil qilish, zarur dalillar, statistik ma’lumotlar to‘plash ular bilan tanishish, saralash zarur. 3. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi, vazifalari va kon-sepsiyasini ishlab chiqib, uni rahbar bilan muhokama qilish. 4. Ishning dastlabki kengaytirilgan rejasini tuzib, uni rahbarga ko‘rsatishi zarur. Rahbar bilan muhokama qilib, ke-lishgan holda rejani kamchiliklari tuzatiladi. 5. To‘plangan materiallar umumlashtiriladi, dastlabki matn tayyorlanadi. 6. Rahbarga ishning mazmuni tanishtiriladi, so‘ngra u ko‘r-satgan kamchiliklar ustida ishlanadi. 7. Kamchiliklar hisobga olingan holda tayyorlangan ish qayta rahbarga ko‘rsatiladi va uning roziligi bilan oqqa ko‘chiriladi. 8. Bitiruv malakaviy ishining matnini qo‘yilgan talablar bo‘yicha yozib, himoyaga taxt qilinadi. 9. Rahbarning xulosasi va tashqi taqriz olinadi. 10. Ish kafedra tomondan tuzilgan komissiyada dastlabki himoya qilinadi. 11. BMI yakuniy davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilinadi.Bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmunitanlangan mavzuni to‘la aks ettirishi lozim.Bitiruv malakaviy ishi-ning rejasi mavzuni, uning asosiysavollari yaxlitligini ta’minlashi kerak. Ishning tarkibi kirish, ik-ki yoki uch bob, paragraflar, xulosa (xulosa va takliflar), foy-dalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan iborat bo‘lib, asosiy bo‘lim (bob)lar nomi mavzuning nomini takrorlamasligi kerak). Rejani quyidagicha tuzish mumkin: Download 71.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling