5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli


Download 71.15 Kb.
bet1/19
Sana07.03.2023
Hajmi71.15 Kb.
#1244746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5 mavzu


5- Mavzu: O‘QUV DARSLARINING TURLARI VA ULARNING MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDAGI ROLI
1.Ma’ruza darslari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli. 2.Laboratoriya va amaliy darslar.
3.Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati.
4.Pedagogik texnologiyalar va ularning talabalar bilimini oshirishdagi ahamiyati.
5.Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi.


Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, T-sxemasi, blits-so‘rov, munozara, pinbord, o‘z-o‘zini nazorat
Abadiyotlar: A1, A2, A4, A6, A 7, Q8, Q10, Q11, Q12, Q 14, Q15, Q16, Q20, Q21, Q22, Q23, Q24, Q25, Q26
1. Ma’ruza darslari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli.


Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir.
Ma’ruza o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy shakllaridan biridir.
Ma’ruza o‘quvchi-talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma’ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi.
1. Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish.
2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish. Ma’ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi ama-liyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahami-yatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.
3. Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, mehnatga munosabati, ijti-moiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.

Download 71.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling