Muhimlik darajasini aniqlash uslublari
Nuqtali
Diapazonli
Induktiv yondashuv
Deduktiv yondashuv
Ko‘rsatkichning miqdor qiymatiga bog‘liqligi
Buxgalteriya hisobi tizimining holatiga bog‘liqligi
Asosiy uslublar
Eng kichik ko‘rsatkichni tanlash
Yirik kompaniyalar uchun uslublar
Muhimlikni 10 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblash
Darajaga ko‘tarish uslubi
Tarmoq
uslublari
Nuqtali uslub
Yagona chegarani, masalan, soliqqa tortilgunga qadar foydaning 5%ni o‘rnatishni nazarda tutadi. Nuqtali uslubni qo‘llash amaliyotda yuzakiroq (qaltisroq) qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin. Chunki moliyaviy hisobot ko‘rsatkichining 5% summasidan ko‘payish tomonga atigi 1,0 ming so‘mga o‘zgarishi uni ishonchsiz deb hisoblashga olib kelishi mumkin.
Qabul qilinadigan qarorlarning moslashuvchanroq bo‘lishini ta’minlaydi. Agar xato muhimlik chegarasining quyi va yuqori qismida joylashgan bo‘lsa, masalan, balans valyutasi (jami)ning 1-2%ni tashkil etsa, u holda auditor asosli qaror qabul qilishini ta’minlash maqsadida bajariladigan auditorlik amallarining miqdorini ko‘paytirishi lozim. Lekin olingan natijalarni qay tarzda bayon qilish masalasi mavhum bo‘ladi. Shu bois, fikrimizcha, auditorlik faoliyatida diapozonli uslubni qo‘llash unchalik maqsadga muvofiq emas.
Dastlab tekshirilayotgan buxgalteriya balansining ahamiyatli deb hisoblangan moddalari bo‘yicha muhimlik darajalari aniqlanib, so‘ngra olingan muhimlik ko‘rsatkichlarini umumlashtirish yo‘li bilan moliyaviy hisobotning umumiy muhimlik darajasi aniqlanadi.
Moliyaviy hisobot bo‘yicha umumiy muhimlik darajasini aniqlashni nazarda tutadi. So‘ngra bu ko‘rsatkich moliyaviy hisobotning ahamiyatli deb hisoblangan moddalari va buxgalteriya hisobining salmoqli schotlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |