5 .213. “Pobeda” avtomobilning karbyuratorli dvigateli har 1 o.k./soat ga eng kami bilan 265 g benzin sarf qiladi. Ishqalanish, issiqlik o’tkazuvchanlik va boshqalarga isrof bo’lgan benzinning miqdori topilsin. Siqilish koeffitsiyenti 6,2; benzinning issiqlik berish qobiliyati 4,6·107 J/kg. Politrop ko’rsatkichi 1,2 ga teng deb olinsin.
5.214. To’rt taktli Dizel dvigatelning ish sikli 11-rasmda tasvirlangan. a) AB tarmoq – silindrga (p0=1 atm) havo so’riladi, BC tarmoq – havo p1bosimgacha adiabatik siqiladi; v) siqish taktining oxirida silindir ichiga yoqilg’i purkaladi va u issiq havoda alangalanib ketadi, bunda porshen o’ng tomonga avval izobarik (CD tarmoq), keyin esa adiabatik (DE tarmoq) harakatlanadi; g) adiabatik kengayishning chiqarish kilpini ochilib bosim po ga kamayadi (EB tarmoq); d) porshen chap tomonga harakatlanganda aralashma silindrdan chiqarib tashlanadi (BA tarmoq). Dizel dvigatelning f.i.k. topilsin.
5.215. Dizel ichki yonuv dvegatelning adibatik siqish darajasi 16 ga va adiabatik kengayish darajasi 6,4 ga teng. Agar dvigatelning quvvati 50 o.k., politrop ko’rsatkichi 1,3 va neftning isiqlik berish qobiliyati 4,6·107 J/kg bo’lsa, dvigatel soatiga eng kamida qancha miqdorda neft sarf qiladi?
5.216. –20oC dagi 10g muzning 100 0C li bug’ga aylanishidagi entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.217. 0 oC dagi 1g suvning 100oC dagi bug’ga aylanishidagi entropiyaning o’zgarishi topilsin .
5.218. 0 oC dagi 1kg muz erigandagi entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.219. Erib turgan 640 g qo’rg’oshinni 0 oC dagi yuzga quyilgan. Bu jarayonda entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.220. 8 g kislorodning 80oC haroratdagi 10 l hajmdan 300oC haroratdagi 40 l hajmga o’tishida entropiyaning o’zgarishi topilsin .
5.221. 6 g vodorod 1,5·105 N/m2 bosim va 20 l hajmdan 1·105 N/m2 bosim va 60 l hajmga o’tishida entropiyaning o’zgarishi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |