5- s I n f adabiyot so’z san’ati
Download 288.5 Kb.
|
5-SINF 1-QISM1
- Bu sahifa navigatsiya:
- HIKMAT DURDONALARI
5- s i n f ADABIYOT SO’Z SAN’ATI 1.Adabiyotning asosiy quroli nima? A)so’z B) ba’diy so’z V) qalam D) barchasi 2.Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen Yuzing bosib yuzimga…deb boshlanuvchi she’r kimning qaysi asaridan olingan? A) Muhammad Yusuf “Yurtim” B) Abdulla Oripov “Vatanim” V) Muhammad Yusuf “Vatanim” D) Erkin Vohidov “Sog’inch” 3. O’zbekiston Milliy bog’iga qaysi ulug’ insonning haykali o’rnatilgan? A) Z.M.Bobur B) Alisher Navoiy V) G’. G’ulom D) A.Qodiriy 4.Alisher Navoiu gumbazining tagiga shoirning qanday misralari bitilgan? A) So’z guhariga erur oncha sharaf, Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf B) Til bu chamanning varaqi lolasi So’z duraridin bo’libon jolasi V) To’rt sadaf gavharining durju ul Yetti falak axtarining burju ul D) Olam ahli , bilingizkim, ish emas dushmanlig’, Yor o’lung bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish. 4. “Adabiyot , so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi” ushbu fikrlar kimning qaysi asaridan olingan? A) Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston hohud ahloq”B) Fitrat “Adabiyot qoidalari”V) I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” D) Alisher Navoiy “Mezon-ul avzon” 5. Ertakda tulki ko’pincha qanday timsolda gavdalanadi? A) yalqov, tebsa-tebranmas B) ayyor V) hiylakor D) dovyurak, chapdast 6. Ertakda ayiq ko’pincha qanday timsolda gavdalanadi? A) yalqov, tebsa-tebranmas B) ayyor V) hiylakor D) dovyurak, chapdast 7. Ertakda yo’lbars ko’pincha qanday timsolda gavdalanadi? A) yalqov, tebsa-tebranmas B) ayyor V) hiylakor D) dovyurak, chapdast 8. Adabiyotning she’riyat turiga kiruvchi janrlarni toping? A) ertak,hikoya, ocherk, qissa, roman, B) masallar, ballada, dostonlar, tuyuq,ocherk V) drama, tragediya, komediya D) she’riy masallar, tuyuq, she’rlar, she’riy dostonlar 9. Adabiyotning nasriy turiga kiruvchi janrlarni toping? A) ertak,hikoya, ocherk, qissa, roman, B) masallar, ballada, dostonlar, tuyuq,ocherk V) drama, tragediya, komediya D) she’riy masallar, tuyuq, she’rlar, she’riy dostonlar 10. Adabiyotning dramatik turiga kiruvchi janrlarni toping? A) ertak,hikoya, ocherk, qissa, roman, B) masallar, ballada, dostonlar, tuyuq,ocherk V) drama, tragediya, komediya D) she’riy masallar, tuyuq, she’rlar, she’riy dostonlar 11. “Odissey” kimning qalamiga mansub? A) Shekspir B) yunon adibi Cofokl V) yunon adibi Homer D) yunon adibi Esxil 12. Mashhur shoir Gyote qaysi millatga mansub? A) rim B) yunon V) nemis D) ingliz 13. “Millatning tarjimayi holi” deb nima ta’riflanadi? A) adabiyot B) shoirlar V) dostonchilar D) baxshilar HIKMAT DURDONALARI MAQOLLAR 1.“Maqol” so’zi qaysi tildan olingan bo’lib, qanday ma’noni bildiradi? A)arabcha “soz” B) arabcha “naql” V) arabcha “otalar so’zi ” D) barchasi to’g’ri 2. Gulhaniyning “Zarbulmasal” asarida qaysi qushlarning mojarolari tasvirlangan? A) qarg’a va Boyo’g’lining B) Huthut va Turnaning V) Yapaloqqush va Boyo’g’lining D)Qaqnus va Huthutning 3. Gulhaniyning “Zarbulmasal” asarida qushlar tilidan necha maqol keltiriladi? A)300 dan ortiqB) 400 dan ortiq V) 500 dan ortiq D) 600 dan ortiq 4. O’tmishda “Qo’l” so’zini nima deb atashgan? A) al B) bilak V) barmoqD) o’zgargan emas 5. O’tmishda “Dunyo” so’zini nima deb atashgan? A)borliq B)ochun V) olam D) o’zgargan emas 6. O’tmishda “kitob” so’zini nima deb atashgan? A) bitik B) vasiqa V) qo’lyozmaD) o’zgargan emas 7. Ona –Vatan haqidagi maqollar berilgan qatorni toping? A)ona yurting omon bo’lsa ,rangi ro’ying somon bo’lmas B)qimirlagan qir oshar V) er yigit elda aziz D) aql-yoshdan , odob- boshdan 8. Mehnatkashlik haqidagi maqollar berilgan qatorni toping? A)ona yurting omon bo’lsa ,rangi ro’ying somon bo’lmas B)qimirlagan qir oshar V) er yigit elda aziz D) aql-yoshdan , odob- boshdan 9. Mardlik, sofdillik haqidagi maqollar berilgan qatorni toping? A)ona yurting omon bo’lsa ,rangi ro’ying somon bo’lmas B)qimirlagan qir oshar V) er yigit elda aziz D) aql-yoshdan , odob- boshdan 10. Odob ahloq haqidagi maqollar berilgan qatorni toping? A)ona yurting omon bo’lsa ,rangi ro’ying somon bo’lmas B)qimirlagan qir oshar V) er yigit elda aziz D) aql-yoshdan , odob- boshdan 11.Izzat tilasang, ko’p dema Sihat tilasang….. maqolning davomini toping. A)kam yema B) ko’p yema V) ko’p ichma D)ko’p gapirma 12.Bobur Hindistonda yashab yurganda Andijondan qaysi meva olib kelganda ko’zlaridan yosh kelgan ? A) anjir B) shaftoli V) qovun D) hurmo 13. Fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda va ,albatta, ibratli fikr aytilishi xalq og’zaki ijodining qaysi janriga to’g’ri keladi ? A)topishmoq B ) masal V) matal D) maqol 14. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagini oldirar. To’rtovlon tugal bo’lsa , tepadagini endirar ushbu tagiga chizilgan so’zning ma’nosi bereilgan qatorni toping. A) qiyin ishlarni bajarmoq B) murakkab vazifalarni osongina hal etmoqni V) tepadagi narsalarni qulatish D) A va B javoblari 15.Maqollarda ko’pincha so’zlar qaysi ma’noda bo’ladi ? A) ko’chma B) o’z V) ramziy D)A va B javoblari Download 288.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling