5- sinf uchun ona tili fanidan
Download 197.25 Kb.
|
5-sinf ona tili hamdamova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- sinf uchun ona tili fanidan “Joy nomlari tarixi ” mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI
- Manzil: Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 35- umumiy orta talim maktabi
- Ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Fan nomi: Ona tili
- Joy nomlari tarixi Oquvchi soni: 18 nafar oquvchi
- C)Rivojlantiruvchi maqsad
- Vositalar: magnit doska, 5-sinf kitobi, tarqatmali savollar, test materiallari , mavzuga oid rasmlar. Usullar
- Darsning bosqichlari. Qisqacha tasnif Qollanila digan usullar
- Yangi mavzu: Joy nomlari tarixi
- O’quvchilar rag’batlantirib, ularni baholayman. Jurnal va kundaliklarga baholarni qo’yaman.
- Uyga vazifa: 308-mashq. O’zingiz yashaydigan mahalla qishloq tumanning nomi qanday ma’no anglatishini bilasizmi Fikringizni 3-4 jumlada yozma bayon qiling.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI QASHQADARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI KITOB TUMANI XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA TASHKIL ETISH BO'LIMI Kitob tumani 35 - umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Hamdamova Maftunaning 5- sinf uchun ona tili fanidan “Joy nomlari tarixi ” mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI
Mavzu : Joy nomlari tarixi I. Darsning maqsadi: a)Ta’limiy maqsad : o’quvchilarga ona tili darsidan joy nomlari tarixi mavzusini tushuntirish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoatchilik hamda shaxsiy ma’suliyatni hisqilish ruhida tarbiyalash, o’zgalar fikrini hurmat qilish, bir-biriga do’stona munosabatda bo’lishni o’rgatish. C)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar nutqini o’stirish, savodxonligini oshirish, tarixiy tafakkurini oshirish Dars uslubi: Savol-javob, muammoli savollar bilan o’quvchilarni izlanish, fikrlashga undovchi usullar, guruhlar bilan ishlash. Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materialla, test savollari, darslik. Darsning shiori: Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Darsning borishi : Tashkiliy qism: Salomlashish Sinf tozaligiga e’tibor O’quvchilarni davomatini tekshirish. Vositalar: magnit doska, 5-sinf kitobi, tarqatmali savollar, test materiallari , mavzuga oid rasmlar. Usullar: Guruhlararo bellashuv. III. O'quv manbalari: 5-sinf kitobi, tarqatmali savollar, test materiallari , mavzuga oid rasmlar IV . Darsning tafsiloti va texnologik xaritasi
Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim Va alaykum assalom aziz ustoz muallim Bizlar shaymiz savodga, siz bizga bering ta’lim. Juda yaxshi o’quvchilar sizlarni darsga tayyorgarligingizni ko’rib juda xursand bo’ldim. Bugun darsda kim navbatchi? Sinfda bugun navbatchi Men Mahmudova Malika , birin, ketin aytayin Aniq, puxta va ravon, sinfda 18 o’quvchi o’qiydi. Hamma darsga tayyor, navbatchi emas ayyor. Gullar suv ichdi rosa, xonamiz bo’ldi toza. Unda darsimizni o’zimizning oltin qoidalarimiz bilan boshlaymiz. Intizom Erkin fikr Fikr almashish Bir –biriga yordam berish Mening fikrim yagona emas, o’zgalar fikrini hurmat qilaman. Faollik Vaqt Rag’batlantirish Mana biz hozir o’z qoidalarimizni bilib oldik, ularga dars davomida rioya qilmog’imiz lozim. O’quvchilar: Biz bu qoidalarga amal qilamiz. Hozir darsimiz O’quvchilar: Ona tili Endi o’quvchilar o’tilgan mavzuni mustahkamlab olsak Mana o’quvchilar berilgan savollarga javoblar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamladik. Quyidagi so’zlarni izohini toping.
Bugungi darsimizni “O’rgan- o’rgat” tadbiri tadbiri asosida tashkil etsak. Har bir partaga bergan kartochkani partadosh o’rtog’imiz bilan hamkorlikda bajaramiz. Qoidaga ko’ra bilganimizni o’rgatamiz, bilmaganimizni o’rganamiz. Bir- birimizni qo’llab quvvatlab to’g’ri qarorga kelishga harakat qilamiz. Unda juda yaxshi. O’quvchilar bajargan ishlar nazorat qilinadi va natijaga qarab rag’batlantiriladi. Bugungi mavzuni boshlasak ham bo’ladi. Yangi mavzu: Joy nomlari tarixi Juda yaxshi, dars yakunida men sizlarni darsdagi ishtirokingizni baholab rag’batlantirishim lozim. Bunda menga sardorlar yordam berishadi. Sardorlar gurh a’zolarini ishtirokini baholab o’tadilar. O’quvchilarning dars davomida kuzatib borganligim bilan sardorlar bahsini taqqoslab o’taman. O’quvchilar rag’batlantirib, ularni baholayman. Jurnal va kundaliklarga baholarni qo’yaman. Aziz oq’uvchilarim bugungi ishtirokingizdan judayam mamnunman. Kuch birlikda degan maqolimiz bejisga aytilmagan. Agar dangasalikni unutsak hammamiz bilimli, dono, bilimga chanqoq bolalarmiz. Uyga vazifa: 308-mashq. O’zingiz yashaydigan mahalla qishloq tumanning nomi qanday ma’no anglatishini bilasizmi? Fikringizni 3-4 jumlada yozma bayon qiling. Download 197.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling