5-§ Yerning o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishi

Download 1.43 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1728948
Bog'liq
5-sinf Geografiya Yerning o\'z o\'qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi

5-§ Yerning o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishi

Yerning quyosh atrofida aylanishi

Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul

qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni

bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil

366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun

emas, 29 kun hisoblanadi.

Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 14-

Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 14-

rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan

turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy yarimshar

Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi. 21-mart va 23- sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi.

Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 21-mart va 23- sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu Kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 22-dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.

Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5°shimoliy

Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5°shimoliy

va 23,5°janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o‘tkazilgan.

Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi shimoliy

tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.

Savollar:

1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qayerdan kelib qolgan?

2.Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

3.Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to‘g‘ri keladi?

4.Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?

Topshiriq:

1 . Daftaringizga aylana chizib, unga ekvator, bosh meridian, tropik chiziqlar va qutbiy doiralarni chizib qo‘ying.

2.Yozuvsiz xaritaga issiqlik mintaqalarini chizib, nomlarini yozib chiqing.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling