5-6-mavzu: Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi va korpuslar sonini aniqlash Bug‘latgich apparatlar
Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari
Download 14.62 Kb.
|
5-6-mavzu Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi va -fayllar.org
Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari
Siqilgan ikilamchi bug‘ bilan ishlaydigan vakuum-bug‘latgichlar issiqlik nasos bilan vakuum-apparatlar yoki kompression vakuum-bug‘latish apparatlari deb nomlanadi. Bug‘latish qurilmasi «Lang» (Italiya) tomat pasta 30 % quyuqlantiriladi. Qurilma 3 korpusdan iborat. Qurilmaning mahsulotga tegib turadigan barcha qsimlari va kommunikatsiyalari zanglamaydigan po’latdan qilingan. 1- va 2- korpuslarning isitish kameralari vertikal trubalardan iborat markazida sirkulyatsion truba o‘rnatilgan. KM 5 % bo‘lgan tomat pulpasi nasos orqali birinchi vakuum-apparatga uzluksizsiz yuklanadi. Bu yerda mahsulot KM 8-10% cha quyuqlantiriladi. Bosimlarning farqlari hisobidan mahsulot ikkinchi korpusga o‘tadi va KM-15-16% gacha quyuqlantiradi. Ikkinchi apparatdan mahsulot nasos bilan uchinchi apparatga yuboriladi va KM-30 % quyuqlantiriladi. Tayyor mahsulot avtomatik ravishda apparatdan nasos orqali yig‘uvchiga tushiriladi. Uchinchi apparatda mahsulotning KM elektron refraktometr yordamida aniqlanadi. Refraktometr sirkulyatsion trubada o‘rnatiladi. Mahsulot (KM-30%) sirkulyatsion trubada xarakatlanganda elektron refroktometr elektron klapanga impuls yuboradi, chikish teshigi ochiladi. Nasos yordamida mahsulot qurilmadan tushiriladi. I-korpusning isitish kamerasiga keladigan bug‘ bosimi 0,12-0,15 Mpa. Bug‘ning kelishi termostatik regulyator yordamida ikkilamchi bug‘ning temperaturasiga nisbatan boshqariladi. Ikkilamchi bug‘ning temperaturasi 60 0 C dan oshganda elektromotor klapani yopiladi, bug‘ning kelishi to‘xtatiladi. Bosim 50-60 kPa, temperaiurasi 85-96 0 C bo‘lgan ikkilamchi bug‘ 2-va-3 korpuslarning isitish kameralariga yuboriladi, keyin. Kondensat yig‘uvchiga yig‘iladi, keyin kondensatorga o‘tkaziladi. Ikkinchi va uchinchi apparatdan ikkilamchi bug‘lar (R=6-12 kPa). Yarim barometrik kondensatlarga yuboriladi. Bu yerda ular suv bilan sovitiladi. Temperaturasi 15-18 0 C bo‘lgan sovo‘tadigan suv bosimlar farqi hisobidan kondensatorga tushadi. Dag’al aralashlani ajratish uchun filtirdan o‘tkaziladi. Kondensatordagi yig‘ilgan havo vakuum-nasos yordamida chiqariladi. Uchinchi bug‘latish apparati zanglamaydigan pulatdan tayyorlangan. Uning isitish kamerasi oltita bir birining ichiga quyilgan silindirlardan iborat. Silindrlar devorlari orasidagi masofa 50 mm tashqil eiadi, balandligi 490-500 mm. Umumiy isitish maydoni 14,5-16 m 2 pastdan silindrlar bug‘ uchun 2-kollektor va kondensatni chiqish uchun 2 kollektor bilan birlashtirilgan. Mahsulotni yaxshi isitish uchun aralashtirgich mavjud. Uning parraklari silindrlarning orasida xarakatlanadi. Shu maqsadda ham mahsulot sirkulyatsion nasos yordamida apparatning pasidan chiqib truba orqali isitish kameraning yuqoridan apparatga tushadi. Ish rejimini boshqarish va nazorat qilish uchun ham apparatlarda vakuummetr, termometr, monovakuummetr, yoritish va kuzatish oynalari, lyuk va havo kranlari o‘rnatilgan. Mahsulotning qaynash temperaturasi: I korpus-85-86 0 C, II-k-45-48 0 C, III-k- 46-50 0 C 31-rasm. Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmasi. http://fayllar.org Download 14.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling