5-6-mavzu: Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi va korpuslar sonini aniqlash Bug‘latgich apparatlar


Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari


Download 368.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi368.06 Kb.
#1347039
1   2   3
Bog'liq
5 6 Laboratoriya Bug‘latish apparatlari tuzilishi, isitish sxemasi

Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmalari 
Siqilgan ikilamchi bug‘ bilan ishlaydigan vakuum-bug‘latgichlar issiqlik 
nasos bilan vakuum-apparatlar yoki kompression vakuum-bug‘latish apparatlari 
deb nomlanadi. 
Bug‘latish qurilmasi «Lang» (Italiya) tomat pasta 30 % quyuqlantiriladi. Qurilma 
3 korpusdan iborat. Qurilmaning mahsulotga tegib turadigan barcha qsimlari va 
kommunikatsiyalari zanglamaydigan po’latdan qilingan. 1- va 2- korpuslarning 
isitish kameralari vertikal trubalardan iborat markazida sirkulyatsion truba 
o‘rnatilgan. 
KM 5 % bo‘lgan tomat pulpasi nasos orqali birinchi vakuum-apparatga 
uzluksizsiz yuklanadi. Bu yerda mahsulot KM 8-10% cha quyuqlantiriladi. 
Bosimlarning farqlari hisobidan mahsulot ikkinchi korpusga o‘tadi va KM-15-16% 
gacha quyuqlantiradi. Ikkinchi apparatdan mahsulot nasos bilan uchinchi apparatga 
yuboriladi va KM-30 % quyuqlantiriladi. Tayyor mahsulot avtomatik ravishda 
apparatdan nasos orqali yig‘uvchiga tushiriladi.
Uchinchi apparatda mahsulotning KM elektron refraktometr yordamida 
aniqlanadi. Refraktometr sirkulyatsion trubada o‘rnatiladi. Mahsulot (KM-30%) 
sirkulyatsion trubada xarakatlanganda elektron refroktometr elektron klapanga 
impuls yuboradi, chikish teshigi ochiladi. Nasos yordamida mahsulot qurilmadan 
tushiriladi. 
I-korpusning isitish kamerasiga keladigan bug‘ bosimi 0,12-0,15 Mpa. 
Bug‘ning kelishi termostatik regulyator yordamida ikkilamchi bug‘ning 
temperaturasiga nisbatan boshqariladi. Ikkilamchi bug‘ning temperaturasi 60 
0
C dan 
oshganda elektromotor klapani yopiladi, bug‘ning kelishi to‘xtatiladi. 
Bosim 50-60 kPa, temperaiurasi 85-96 
0
C bo‘lgan ikkilamchi bug‘ 2-va-3 
korpuslarning isitish kameralariga yuboriladi, keyin. Kondensat yig‘uvchiga 
yig‘iladi, keyin kondensatorga o‘tkaziladi. 
Ikkinchi va uchinchi apparatdan ikkilamchi bug‘lar (R=6-12 kPa). Yarim 
barometrik kondensatlarga yuboriladi. Bu yerda ular suv bilan sovitiladi. 
Temperaturasi 15-18 
0
C bo‘lgan sovo‘tadigan suv bosimlar farqi hisobidan 
kondensatorga tushadi. Dag’al aralashlani ajratish uchun filtirdan o‘tkaziladi. 
Kondensatordagi yig‘ilgan havo vakuum-nasos yordamida chiqariladi. 


Uchinchi bug‘latish apparati zanglamaydigan pulatdan tayyorlangan. Uning 
isitish kamerasi oltita bir birining ichiga quyilgan silindirlardan iborat. Silindrlar 
devorlari orasidagi masofa 50 mm tashqil eiadi, balandligi 490-500 mm. 
Umumiy isitish maydoni 14,5-16 m
2
pastdan silindrlar bug‘ uchun 2-kollektor 
va kondensatni chiqish uchun 2 kollektor bilan birlashtirilgan. Mahsulotni yaxshi 
isitish uchun aralashtirgich mavjud. Uning parraklari silindrlarning orasida 
xarakatlanadi. Shu maqsadda ham mahsulot sirkulyatsion nasos yordamida 
apparatning pasidan chiqib truba orqali isitish kameraning yuqoridan apparatga 
tushadi. 
Ish rejimini boshqarish va nazorat qilish uchun ham apparatlarda 
vakuummetr, termometr, monovakuummetr, yoritish va kuzatish oynalari, lyuk va 
havo kranlari o‘rnatilgan. 
Mahsulotning qaynash temperaturasi: I korpus-85-86
0
C, II-k-45-48
0
C, III-k-
46-50 
0

31-rasm. Uch korpusli vakuum-bug‘latish qurilmasi. 

Download 368.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling