5-6 seminar mashg‘uloti. Mavzu: Psixologiyada shaxsni o‘rganish nazariyasi
Download 296.82 Kb. Pdf ko'rish
|
5 6 seminar mashg’uloti Mavzu Psixologiyada shaxsni o’rganish nazariyasi
5-6 seminar mashg‘uloti. Mavzu: Psixologiyada shaxsni o‘rganish nazariyasi 5-seminar Ko‗rib chiqiladigan masalalar: 1. Dj.B.Uotson va E.K. Tolmenning insonga nazariy qarashlari. 2. K.Xallning o‗rgatish nazariyasi. 3. Operantlik va respondentlik xulq-atvor. 4. O‗rgatish jarayon sifatida. Bixeviorizm nazariyasiga ko‗ra, psixologiyaning bosh vazifasi faqat tashki stimul bilan unga kaytariladigai reaktsialar o‗rtasidagi teng ma‘noli bog‗lanishlarni aniklashdan iboratdir, xolos. Bixeviorizm ongning inson xulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o‗rganishni, tekshirishni inkor qiladi. Bixeviorizm yo‗nalishining asoschilari AQSHlik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayklardir (1871-1949). Keyinchalik bular qatoriga K.Leshli (1890-1958), A.Veys (1874- 1931) va boshqalar kelib qo‗shiladilar. Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi. Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878—1938) psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya‘ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‗zaro javoblar stimuli bilan uzviy bogliq ekanligini ta‘kidlab oladi. Uning g‗oyalari Ivan Pavlov tomonidan o‗rganishning mumtoz shartlanishi sifatida ma‘lum ilmiy g‗oyalariga tayanadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab olilgandir. Bixeviorizm – xulq-atvor to‗g‗risidagi fandir. Bixeviorizm shaxs nazariyasi sifatida dastlab AQSHda paydo bo‗lgan. Bixeviorizm asosiy formulasi S – R bo‗lgan stimul-reaktiv nazariyalar sirasiga taalluqli. Ma‘lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik (ustuvorlik) rolini o‗ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. Hammasi uchun umumiy formula S-R, ya‘ni stimul reaktsiya xizmat qilib kelmoqda. Bixeviorizm predmeti – odam xulqi: xoh o‗zlashtirilgan, xoh tug‗ma bo‗lgan xatti-harakatlar, so‗zlar, amallardir. Xulq, bixevioristlar qarashiga ko‗ra – uning yordamida tashqi muhitga moslashish amalga oshirilayotgan, tashqi stimulga javoban har qanday reaktsiya. Bunga har qanday reaktsiya taalluqli: shu jumladan, vegetativ va gormanal o‗zgarishlar. Bixevioristlar fikriga ko‗ra shaxs – odam o‗z hayoti davomida o‗zlashtirayotgan tajriba – o‗rganilayotgan xulq modellari turkumidir. Ular odam xulqini odam organizmida kechayotgan ichki tuzilmalar va jarayonlar emas, uning tevarak-atrofi (ijtimoiy muhit) shakllantiradi deb hisoblaydilar. Bixeviorizm namoyandalari psixika, ong, idrok, iroda, xayol va shu kabi tushunchalarni psixologiya fanidan uloqtirib tashladilar. Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal (tovushsiz, imo-ishora, mimika, yelka qisish, qosh suzish) kommunikatsiyami (lotincha «communicatio» xabar yo‗li yoki muomala akti degan ma‘no bildiradi) birga qo‗shib keng ma‘noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o‗rganadi. Nutq shakllaridan biri - nutq, malakalarini asta-sekii avj oldirish deb ataladi, Uotson oddiy sxema S - R kuzatilayotgan xulq tavsifi uchun yetarli deb hisoblagan. Psixologiya fanining vazifasi – stimullarga qarab reaktsiyani prognozlash, reaktsiyalarni kuzatish orqali ular qanday stimullar ta‘siri natijasida paydo bo‗lganini aniqlashdir. Bixeviorizmning asosiy vazifasi Uotson nuqtai nazariga ko‗ra – odam xulqini quyidagi maqsadlarda kuzatishdir: A) ayni holatdagi ayni stimulga (vaziyat) qanday reaktsiya bo‗lishini kuzatish; B) berilgan ayni xolatdagi reaktsiyada, u qanday vaziyat tomonidan paydo bo‗lganini aniqlash. Bixevioristlarning asosiy formulasi - R = f (S). Uotson xulqdagi quyidagi reaktsiyalarni farqlagan: 1) tashqi yoki oshkora o‗zlashtirilgan – harakatli ko‗nikmalar – pol yuvish, futbol o‗ynash va h. 2) Botiniy yoki yashirin o‗zlashtirilgan (mushaklarga doir yoki tashqi nutq); 3) Tashqi (ko‗zga tashlanadigan) irsiy reaktsiyalar (ko‗z pirpirashi, aksa urish); 4) Botiniy (yashirin) irsiy reaktsiyalar (ichki sekretsiya bezlari faoliyati, yurak-qon tomir tizimidagi o‗zgarishlar); Ko‗nikma – individual o‗zlashtirilgan yoki yod olingan harakatdir. Ko‗nikmalarga ega bo‗lish jarayoni bixeviorizmda mexanik talqin etiladi. Dj.Uotson uchun malaka - bu individual egallagan va o‗rgatilgan xatti- harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yakinlashtirilib qo‗yiladi, chunki she‘rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj.Uotson tilni o‗zlashtirishning ijtimoiy jihatlariii umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilish va rivojlanishiga sira e‘tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to‗g‗risidagi printsipni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko‗rishi sifatida olib qaragan. Keyinchalik bixeviorizmning kognitiv nazariyasi vujudga keldi. Bixeviorizm formulasi biroz o‗zgartirilib S-S tarzda qo‗llanila boshlandi, xulq, kognitiv nazariyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan kqator tushuncha ishlatishi, jumladan, "bilish rejasi", "bilishga moyllik", "ma‘noga nisbatan belgining munosabati", "ahamiyat", "maqsad", "tayyorgarlik", "bilish tuzilmasi", "ko‗tiladigan natija", "mahsula" va boshqalar. Neobixeviorizmni boshqa varianti Klark Xall (1884-1952) va uning maktabiga tegishlidir. U «stimul - reaktsiya» formulasiga boshqa o‗rta qator, aniq aytadigan bo‗lsak – organizm ehtiyoji (ovqatlanishga ehtiyoj, seksual ehtiyoj, tushdagi ehtiyojlar va boshqalar). U xulqda ko‗rinmaydigan reaktsiyaning imkoniyatlar energiyasini paydo qiladi. Bu imkoniyatlar yangi kuch yig‗ishi natijasida yumshaydi (I.P.Pavlovdan Xall o‗zlashtirgan tushuncha) va oqibatda reaktsiya mustahkamlanadi. Xulq o‗zining turiga ko‗ra kutish, faraz, anglangan (kognitiv-bilish bilan bog‗liq qism) «karta» haqida ogohlantiradi. Ruhiy obrazlar faoliyatni boshqarishga xizmat qilishini Geshtalt-nazariyachilar tomonidan topilganligi ma‘lum. Uni darslarini o‗rganib Tolmen kognitiv bixeviorizm deb atalgan shaxsiy nazariyasini yaratgan. Bunda bixeviorizm formulasi o‗zgartirilib S – S tarzida qo‗llaniladi. Operant olganish. Skinner nazariyasining asosiy g‗oyalari Uotson g‗oyalarini taraqqiy va davom ettirgan olim Berres F.Skinnerdir (1904-1990). U neobixeviorizm yetakchisi sanaladi. Skinner odam xulqini uni shakllantiruvchi muhit nuqtai-nazaridan tadqiq etilishi lozim deb hisoblagan. Insonning barcha xatti-harakatlari va uning xulqi muhit ta‘siri bilan tushuntiriladi. Inson organizmi Skinner tomonidan ―qora tuynuk‖ deya e‘tirof etiladi. Uning mazmunini (emotsiyalar, motivlar, intrapsixik ziddiyatlar, mayllar) ob‘ektiv tekshirish imkoniyati mavjud bo‗lmaganligi sabab empirik kuzatuv doirasidan chiqarib tashlanishi lozim deydi. Inson xulqini ob‘ektiv va ishonchli tarzda o‗rganish mumkin. SHu tarzda nazariya empirik (ilmiy asoslangan) nazariyaga aylanadi. U xulq-atvor to‗g‗risidagi fanni tabiiy (maqsadi o‗rganilayotgan hodisani nazorat qilish va oldindan aytib berish bo‗lgan faktlarga tayangan) fanlar qatoriga qo‗shgan. Xulqning funktsional tahlilini Skinner xulq-atvorni tadqiq etish metodi sifatida taklif qilgan. Skinner odam xulqini yo‗naltiradigan yoki stimullaydigan o‗zlik yoki shaxs to‗g‗risidagi g‗oyani qabul qilmagan. U xulq-atvor individ ichidagi (chizgilar, ehtiyojlar, o‗y-fikrlar, tuyg‗ular) kuchlar tomonidan vujudga keladi degan fikrdan odamzotdan tashqarida bo‗lgan kuchlar to‗g‗risidagi g‗oya foydasiga voz kechishimiz lozim deb hisoblaydi. Respondent va operant xulq tushunchalari. Respondent xulq – stimul taqozo qilayotgan reaktsiya. Stimul reaktsiyadan avval keladi. Respondent xulqning ikki ko‗rinishi farqlanadi: 1. SHartli reflektor 2. SHartsiz reflektor. Qo‗llab-quvvatlanish respondent xulq shakllanishiga, respondent xulq saqlanishiga mas‘uldir. Operant xulq – bu turli vaziyatlar o‗rtasidagi aloqalarni kashf etishga qaratilgan tevarak olam bilan faol eksperimentlar o‗tkazish jarayonida organizm tomonidan ishlab chiqilgan xatti-harakatlardir. Operantlar – bu ular paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladigan dastlabki stimullar bo‗lmagan ixtiyoriy xatti-harakatlar. Skinner o‗zining ko‗plab tajribalari asosida quyidagi xulosalarni chiqargan: 1. Operant xulq o‗rganish davomida shakllanadi 2. Operant xulq: • Sinovlar va xatolar yo‗li bilan; • Reaktsiyalarni hosil qilish yo‗li bilan; • Kuzatuv yo‗li bilan – shakllanadi. 3. Operant xulq paydo bo‗lishiga qo‗llab-quvvatlash mas‘uldir. Qo‗llab- quvvatlash — xulqdan keyin keladigan va reaktsiyani keyinchalar paydo bo‗lish ehtimolini oshiradigan harakatlar. Qo‗llab-quvvatlanish ko‗rinishlari: 1. Birlamchi - ob‘ekt yoki hodisaning o‗zi qo‗llab-quvvatlovchi xususiyatlarga ega bo‗ladi (taom, jinsiy aloqa). 2. Ikkilamchi - ob‘ekt yoki hodisalar qo‗llab-quvvatlovchi xususiyatlarga ega bo‗lishi uchun ular birlamchi qo‗llab-quvvatlash kuchiga ega ob‘ekt yoki hodisalar bilan mushtaraklashuvi zarur. Masalan: a) pul – uning yordamida turli ehtiyojlarni qondirish mumkin; b) ijtimoiy tabiatga ega qo‗llab-quvvatlovchilar - maqtov, laganbardorlik, tobelik, e‘tibor; v) ijtimoiy ma‘qullanish - moda – ma‘qullanish predmeti sifatida - Yaxshi o‗qish – ma‘qullanish predmeti sifatida Skinner qo‗llab-quvvatlovchilarni quyidagilarga bo‗ladi: 1. Pozitiv qo‗llab-quvvatlash – ular mavjudligi zaruriy xulq-atvorni mustahkamlovchi har qanday stimul. Pozitiv qo‗llab-quvvatlash bu ijobiy stimulni taqdim etish. 2. Negativ qo‗llab-quvvatlash – ularni bartaraf etish zaruriy xulqatvorni mustahkamlovchi har qanday stimul. Negativ qo‗llab-quvvatlash – bu aversiv stimulni olib tashlash. Torndayk o‗rgatishning to‗rtta asosiy qonunini ta‘riflagan: 1. Takrorlash qonuni mashq qilish stimul va reaksiya o‗rtasidagi aloqa qanchalik tez-tez takrorlansa, shunchalik u tezroq mustahkamlanadi va mahkamlanadi. 2. Ta‘sir effekt qonuni (qo‗llab-quvvatlash). Reaksiyalarni o‗rganishda qo‗llab- quvvatlash bilan birga kuzatilganlardan ijobiy yoki salbiy biri mustahkamlanadi. 3. Tayyorlik hozirlik qonuni. Subyekt holati ochlik suvsizlik hissini his qilayotgan yangi reaksiyalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatsiz emas. 4. Assotsiativ o‗zgarish qonuni. Vaqt bilan chegaradoshlik bog‗liqlik ahamiyatli muhim bilan assotsiatsiya qilishda bog‗liq bo‗lgan neytral stimul ham kerakli xulq- atvorni yuzaga keltira boshlaydi. Ijtimoiy o‗qitish nazariyasining evolutsiyasi. Birinchi avlod (XX asrning 30—60-yillari) — N.Miller, D.Dollard, R.Sirs, B.Uovayting, B.Skinner, bu tadqiqotchilarni hali bixeviorizm ham ijtimoiy o‗qitish nazariyasiga kiritadilar. Ikkinchi avlod (60—70-yil) — A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, Dj. Gevirt va boshqalar. Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi, Dj.Aronfrid, U. Branfenbrener va boshqalar. N.Miller va D.Dollard ijtimoiy o‗qitish yo‗nalishining birinchi namoyandalari bolib, bixevioral o‗qitishning asosiy tamoyillarini psixoanalitik nazariyaning ba‘zi holat va g‗oyalari bilan toldirishga harakat qilganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular tomonidan qollab-quvvatlash tamoyiliga (rag‗batlantirish) o‗zgartirilgan. Kuzatish, taqlid qilish orqali o‗rgatish fenomeni. Murakkab ijtimoiy xulq-atvorning egallanishini izohlash uchun operant va respondent olgatish mexanizmlari yetarli emas. Javob topish jarayonida, birlamchi ahamiyatni o‗rgatishning o‗ziga xos tipi- vizual o‗rgatishga yoki kuzatish yordamida o‗rgatishga qarata boshlaganlar. Albert Banduraning 1960-yillardagi erta ishlari bixeviorizmda o‗rganishning kognitiv modellari uchun ko‗priklardan biri hisoblanadi. Bunda kuzatish o‗rganish jarayoni bo‗lib, hech qanday o‗quv faoliyatisiz amalga oshadi, kuzatilayotgan model esa hatto kuzatuvchi uchun taqlid manbayi bolayotganini sezmasligi ham mumkin. A.Bandura 1925-yilda o‗rgatishning bunday usulini ijtimoiy kognitiv deb nomlagan. Kognitiv o‗rgatish o‗rgatilayotganning birmuncha katta faolligini nazarda tutadi, individ o‗rgatiluvchiga aylanadi, deb ham aytish mumkin. U o‗zining harakatlari oqibatini kuzatadi, ulardan qay biri o‗zining natijasiga ko‗ra muvaffaqiyatli, qay biri keraksiz yoki zararli ekanligini qayd qiladi va eslab qoladi. Bundan tashqari o‗rgatish, biror-bir aktda harakatda to‗g‗ridan to‗g‗ri ishtirokni qat‘iy majburiy talab qilmaydi, model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo‗lishni o‗zi yetarlidir. Oqibatda xulq-atvor namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Qollab- quvvatlash taqlid qilish asosida yuzaga kelgan xulq-atvorni saqlash uchun zarur. O‗tmishdagi xulq-atvorni bevosita tashqi qollab-quvvatlash qo‗zg‗atuvchi va axborot funksiyasini bajaradi. A.Bandura bilvosita qollab-quvvatlash, ya‘ni modelni rag‗batlantirishni kuzatish va o‗z-o‗zini qollab-quvvatlashning o‗z xulq-atvorini ijobiy baholash xuddi shunday ahamiyatini e‘tirof etgan. Shunday qilib, Skinner talqini bo‗yicha agar radikal keskin, qat‘iy bixeviorizm, xulq-atvor stimullar termini va qollab- quvvatlovchi oqibatlar orqali tushuntirilishini tasdiqlasa, A.Bandura nuqtayi nazarida esa xulq-atvorning tashqi holatli omillarning o‗zaro determinizmida, masalan, rag‗batlantirish va jazolash va ichki kognitiv ketish, ong, idrok qilish, qabul qilish haqida gapirish lozim. Modelni kuzatish qaysi xulq-atvor to‗g‗ri va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradi, biroq ko‗plab murakkab xulq- atvor aktlariga o‗rgatishni tushuntirish uchun velosipedda yurish, xirurgik operatsiyalarni bajarish imitatsiya, taqlid qilish, o‗xshatish mexanizmi yetarli emas. A.Bandura faqatgina kuzatuv orqali yangi xulq-atvor aktiga olganish mumkin emasligi haqidagi qarshilikni e‘tirozni hisobga olgan. A.Bandura ijtimoiy kognitiv o‗rgatishni murakkablik darajasi bo‗yicha bir qancha turli ko‗rinishlarini tavsiflagan modelning oddiy taqlidi, imitatsiya, o‗xshatish, nusxa olish, ma‘lum bir harakatlarning oеkazilishini, uzatilishini ta‘minlaydi. R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko‗ra farqlanuvchi uchta yoshga bog‗liq faza ajratilgan. R.Sirs bo‗yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo‗lgan ehtiyojlar—tobelik yoki qaramlik bevosita bog‗liqlikda bo‗ladi. 1 .«Blits-so‗rоv» asоsida jadvalni to‗ldiring Savоllar Javоblar 1. O‗rgatish qonuni (E. Torndayk). 2. Dj.B.Uotson va E.K. Tolmenning insonga nazariy qarashlari. 3 Dollard va Millerning mustahkamlash nazariyasi. 4 K.Xallning o‗rgatish nazariyasi. 5 Skinnerning operant shartlanganlik nazariyasi 3.Tushunchalarni tahlil qiling. Download 296.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling