5-7 sinflarda gimnastika mashg'ulotlarining axamiyati reja
Download 1.24 Mb.
|
5-7 SINFLARDA GIMNASTIKA MASHG\'ULOTLARINING AXAMIYATI
5-7 SINFLARDA GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARINING AXAMIYATI REJA: Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillash Gimnastika mashg‘ulotlarida muhim amaliy malaka va kо‘nikmalar Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlariga gimnastikadan nazorat mehyorlari kiritilgan. Gimnastika mashqlarining sog‘lomlashtirish ahamiyati katta bо‘lib, shug‘ullanuvchilarni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlarni bajarish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bо‘lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bо‘lishi, ijrochining harakatlari о‘ziga yarashadigan, nafis bо‘lishi kerak. Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanish natijasida kelishgan qomatga ega bо‘linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdani ayrim bо‘g‘inlari rivojlanishida yaxshi mutanosiblikka erishiladi. Foydalaniladigan mashqlarning hajmi butun organizmga ta’sir kо‘rsatish va muskullar hamda organlarning alohida guruhlarini rivojlantirish, bolaning jinsini, yoshini, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda bajariladigan mashqlarni boshqarish imkonini beradi. Gimnastika – bu harakatar majmui bо‘lib, har qanday kasb egasi uchun zarur bо‘lgan yuqori harakat imkoniyatini tahminlaydi. Gimnastika mashg‘ulotlarida muhim amaliy malaka va kо‘nikmalar: tо‘g‘ri yurish, yugurish, sakrash, tо‘siqlardan о‘tish, arqonlar va uzun yog‘ochlarga tortilib chiqish, emaklab о‘tish, og‘irliklarni kо‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish va h.k. shakllantiriladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida iroda, estetika va boshqa kо‘plab sifatlar, shu jumladan insonda harakatlanish apparatining turli qismlari hatti- harakatlarini bir-biriga moslashtirish qobiliyati rivojlantiriladi. Bu esa inson kundalik hayotida, turmushida, mehnat qilishida va sport faoliyatida duch keladigan murakkab harakatlarni egallashga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya sifatida kо‘p asrlik tarixga ega. Bizning mamlakatimizda XX asr о‘rtalarida gimnastika bilan shug‘ullanish uchun katta imkoniyatlar tug‘ildi. Shundan buyon о‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalashda gimnastikadan keng foydalaniladi. Qо‘llanma maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, sport murabbiylari uchun mо‘ljallangan. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling