5-7 sinflarda gimnastika mashg'ulotlarining axamiyati reja


Download 1.24 Mb.
bet3/12
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1070753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-7 SINFLARDA GIMNASTIKA MASHG\'ULOTLARINING AXAMIYATI

Amaliy mashg‘ulot
Gimnastika atamalari haqida asosiy ma’lumotlar
Gimnastika atamashunosligi о‘quvchilar tomonidan mashqlarni egallash bilan bir vaqtda о‘rganiladi.
Gimnastika atamashunosligi – mashqlarni, umumiy tushunchalarni, snaryadlar va inventarlarning nomlarini qisqacha belgilash uchun qо‘llaniladigan maxsus belgilar (atamalar) tizimi, gimnastikada atamashunoslikning roli juda katta. U о‘qituvchi (murabbiy) va о‘quvchilar orasidagi muloqotni yengillashtiradi, mashqlarni о‘rgatish va yozib borishda qisqacha belgilashga yordam beradi.
Gimnastikada sо‘zlarning о‘zaklaridan atamalar sifatida keng foydalaniladi: osilish, tayanch, о‘tirish, max va b.q. Statik holatlar tayanch shartilan kelib chiqqan holda belgilanadi: turishlar – boshda, yelkada, kurakda, qо‘llarda; tayanish – qо‘llarda va b.q.
Shuningdek, butun tana va uning alohida qismlarining fazodagi holatidan kelib chiqib: sodda osilishlar – osilish engashgan holda, osilish orqaga engashgan holda, osilish burchakli; aralash osilishlar – osilish о‘tirgan holda, osilish turgan holda, osilish yotgan holda (1-rasm).
















1-rasm. Aralash osilishlar
Qо‘llarni yoyib bajariladigan mashqlarni belgilash atamalari u yoki bu harakat amalining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda hosil qilinadi: о‘mbaloq oshib turish, qо‘llarni oldinga yoki orqaga yoyib turish, qо‘llarni bukkan holda turish, о‘ng (chap) yoki ikkala qо‘l bilan turish va b.q.
Sakrashlarni belgilash atamalari – tananing uchlik fazasidagi xolatiga bog‘liq ravishda: oyoqlarni yoyib sakrash, oyoqlarni egib burchak yoki yonbosh bilan aylanib, salg‘to sakrash kabi belgilanadi.
Atamalar umumiy, asosiy va qо‘shimcha atamalarga bо‘linadi.
Umumiy atamalar mashqlarning alohida guruhlarini, umumiy tushunchalar va boshqalarni tahriflash uchun qо‘llaniladi. Masalan, erkin, saflanib, umumiy rivojlantiruvchi, amaliy mashqlar.
Asosiy (konkret) atamalar mashqlarning mahnosi belgilarini aniq ifodalash imkonini yaratadi: turish, tushish, aylanish, osilish, tayanish, sakrash, egilish, hamla qilish, tizzani egib о‘tirish.
Qо‘shimcha atamalar asosiy atamalarni aniqlashtiradi va harakatning yо‘nalishini, bajarish usulini, tayanch shartlarini kо‘rsatadi egilgan holda, yoy shaklida, umbaloq oshib, qо‘llarni orqaga yoygan holda turish va b.q.
Harakatning (mashqning) nomi odatda bajarilayotgan harakatning mohiyatini ifodalovchi asosiy atamadan hamda harakatning xususiyatini yoki uslubini, ketma-ketligini aniqlashtiruvchi qо‘shimcha atamadan iborat bо‘ladi.
Masalan, qо‘llar va oyoqlar bilan bajariladigan harakatlar fazodagi joylashuvidan qathiy nazar tanaga nisbatan qо‘llaniladi. Bunda qо‘llar bilan qilinadigan harakatlar bir-biridan farqlanadi: bir vaqtda, navbatma-navbat va ketma-ket, shuningdek, bir xil nomli, parallel, simmetrik va nosimmmetrik. Qо‘l, oyoq, tana bilan bajariladigan aylanma harakatlar (3000 gacha “doira”, 3600dan kamrog‘i – “yoy”) deb ataladi.
Harakatlarning yо‘nalishini boshidan aniqlab olish qabul qilingan. Akrobatik mashqlar va gimnastik snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar uchun о‘z atamalaridan foydalaniladi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling