sinf oʻquvchilari uchun nomli onlayn fan olimpiadasi topshiriqlari


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana22.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1685073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kitobcha TO\'GARAK uchun 3-4 синф



3- 4 sinf oʻquvchilari uchun 
nomli onlayn fan olimpiadasi topshiriqlari
 
 
 


 
1.
Ushbu diagrammada quyidagi plitkalar bilan toʻldirilmoqda. Bunda toʻrttala 
tomondagi sonlar yigʻindisi 5 ga teng. Har bir plitka faqat uch marta foydalanilishi 
mumkin.
Kvadrat uchlaridagi sonlar yigʻindisi nechaga teng?
A) 1 B) 2 C) 5 D) 4
2.
Berilgan kriptogrammadagi bir xil harflar bir xil raqamlarni, har xil harflar turli 
raqamlarni anglatsa, 
Y
ning qiymatini toping.
A) 6 B) 7 C) 8 D) 9
3.
Berilgan plitkalardan foydalanib kvadratning toʻrttala tomonini ham 12 ga 
tenglash mumkin boʻlsa, kvadrat uchlaridagi sonlarni toping. 


A) 1, 2, 3, 6 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 4, 5 D) bunday qilib boʻlmaydi
4.
Temur, Toʻraboy hamda Toʻlqin 1 dan 8 gacha boʻlgan raqamlar bilan 
nomerlangan kartalarni oʻzaro boʻlishib olishibdi:
Temur: “Doʻstlar, hammamizda turli xil sondagi kartalar bor ekan”
Toʻraboy: “Mening son(lar)im yigʻindisi Toʻlqinning sonlari koʻpaytmasining 
uchdan biriga teng”
Toʻlqin: “Mendagi kartalar soni eng koʻp emas hamda ularning yigʻindisi 11 ga teng”
U holda Temurning sonlari yigʻindisi nechaga teng?
A) 16 B) 17 C) 23 D) 25
5.
Diagrammadagi barcha burchaklar toʻgʻri. Agar koʻk rangli yuza 48 ga teng 
boʻlsa, olovrang yuzini toping.
A) 52 B) 56 C) 60 D) 62


6. 
Quyidagi shakllardan qaysi biri diagrammani mantiqan toʻldiradi?
7. 
Qaysi uchburchakni burib koʻk uchburchakni hosil qilib boʻlmaydi?
A) A B) B C) C D) hech biri
8.
Quyidagi sonlardan qaysi biri toq boʻlishi mumkin? Bunda k – sanoqda 
ishlatiladigan son.
A) 2k+2 B) k+2 C) 4k D) 6k+10
9.
Chizmada berilgan ma’lumotlarga koʻra, oʻrtadagi kvadrat yuzasini toping.
A) 75 B) 80 C) 90 D) 100


10. Agar ushbu ikki tarozi muvozanatda boʻlsa, oxirgi tarozini muvozanatga 
keltirish uchun uning boʻsh pallasiga nechta aylana qoʻyish lozim?
A) 10 B) 9 C) 8 D) 7
11. Ikki doʻst: Andryu hamda Bob uchrashib qolishibdi. Biri koʻk futbolkada, 
ikkinchisi qizil futbolkada ekan. Biri: “Men Andryuman”, boshqasi: “Men Bobman” 
deb oʻzini tanishtiribdi. Agar ulardan kamida bittasi aldayotgani ma’lum boʻlsa, Bob 
futbolkasining rangi qanaqa?
A) koʻk B) qizil C) yetarli ma’lumot berilmagan D) yashil
12.
Jismoniya tarbiya uchun oʻquv qurollari xonasida 4 xil turdagi koptoklar turardi:
basketbol, futbol, tennis hamda beysbol. Ularning soni 4, 6, 8, 10 ga teng. Agar beysbol 
toʻplari soni basketbolnikiga qaraganda 6 ta koʻp boʻlsa, hamda tennis toʻplari futbol 
toʻplariga qaraganda kamroq boʻlsa, nechta futbol toʻpi inventarda turibdi?
A) 4 B) 6 C) 10 D) 8 


13.
Faraz qilaylik, nashriyot quyidagi belgilangan qoidalarga koʻra kitoblarni 
guruhlarga ajratsin: kamida 100 betlik asar roman, eng koʻpi bilan 300 betlik asar hikoya, 
hamda eng koʻpi bilan 500 betlik asar qissa. Kitobxon har kuni 20 betdan yozning 
dastlabki 20 kunida mutolaa bilan shugʻullanmoqchi. U ushbu nashriyotdan sotib olishi 
mumkin boʻlgan asar qaysi?
A) roman B) hikoya C) roman yoki qissa D) qissa yoki hikoya
14.
Oldingizda 3 ta 100 tangalik sandiq hamda ularda mos ravishda “100 ta oltin”, 
“50 ta oltin + 50 ta kumush”, “100 ta kumush” deb yozilgan qaydlar yopishtirilgan
afsuski ulardan hech qaysi biri toʻgʻri sandiqqa yopishtirilmagan. Sizga faqat bitta 
sandiqdan koʻzingizni yumgan holda bitta tanga olish imkoni berilmoqda. Bundan soʻng 
oltin toʻla sandiqni olib ketishingiz mumkin, agar uning qaysi sandiq ekanligini topa 
olsangiz. Qaysi sandiqdan tanga olishga uringan boʻlar edingiz?
A) A B) B C) C D) yetarli ma’lumot berilmagan
15.
Maktab hamshirasi bir 4 – sinfdagi 5 bolaning boʻyini oʻlchadi hamda 
quyidagini aniqladi: Anvar Bahodirdan baland lekin Komildan past; Dilmurod Erkindan 
baland lekin Anvardan past. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi bolalar orasidan eng boʻyi 
balandini musobaqaga yubormoqchi. Qaysi bolani jismoniya tarbiya oʻqituvchisiga 
tavsiya qilgan boʻlardingiz?


A) Anvar B) Dilmurod C) Erkin D) Komil 
16. Agar bugun shanba boʻlsa, indinga qaysi kun?
A) seshanba B) dushanba C) chorshanba D) payshanba
17. 
Shokir: “Agar yomgʻir yogʻsa, soyabonimni oʻzim bilan olib chiqaman”. Agar 
Shokir aldayotgan boʻlsa, qanday voqea sodir boʻlgan boʻlishi mumkin?
A) Yomgʻir yogʻmayapti, Shokir soyaboni bilan birga
B) Yomgʻir yogʻmayapti, Shokir soyaboni bilan birga emas
C) Yomgʻir yogʻyapti, Shokir soyaboni bilan birga
D) Yomgʻir yogʻyapti, Shokir soyaboni bilan birga emas
18. 
Berilgan kriptogrammadagi bir xil harflar bir xil raqamlarni, har xil harflar turli 
raqamlarni anglatsa, E ning qiymatini toping.
A) 0 B) 1 C) 5 D) 6
19. Berilgan kriptogrammadagi bir xil harflar bir xil raqamlarni, har xil harflar turli 
raqamlarni anglatsa, ikki xonali son PQ ning qiymatini toping.


A) 26 B) 37 C) 48 D) 59
20. Berilgan kriptogrammada X, Y, Z sonlari noldan farqli boʻlsa,uch xonali YXZ uch 
xonali sonni toping.
A) 645 B) 918 C) 376 D) 824
21. Quyonchada 20 ta sabzi bor. U har kuni 2 tadan sabzi yeydi. Chorshanba kuni u 12 
ta sabzini yedi, haftaning qaysi kunida u birinchisini yegan edi?
A Dushanba В Seshanba С Chorshanba D Payshanba E Juma 
22. Qaroqchilarda ikkita sandiqcha bor. Chap sandiqchada 10 ta tanga bor, o‘ng 
sandiqcha esa bo‘sh. Ertadan boshlab qaroqchilar chap sandiqchaga 1 tanga solib, o'ng 
sandiqchaga esa 2 tangadan solishadi. Ikkala sandiqdagi tangalar soni qaysi kunda teng 
bo'ladi? 
A 5 В 8 С 10 D 12 E 9

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling