5 Adabiyotlar taxlili
Takroriy ekin sifatida pomidor o‘stirish
Download 82.19 Kb.
|
chala yarim
3.2. Takroriy ekin sifatida pomidor o‘stirish.
Tadqiqot natijalari va ishlab chiqarish ilg‘orlarining tajribasi yoz-kuz oylarida sug‘oriladigan maydonlardagi kuzgi donli va ertagi sabzavot ekinlaridan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin sifatida pomidor hosili yetishtirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunda pomidor ko‘chatlari ochiq dalaga juda kam mehnat sarflab yetishtiriladi va uning tannarxi 8-10 baravar arzon bo‘ladi. Pomidor ko‘chatlari ochiq maydon sharoitida dala yaqinida ko‘chatxona tashkil qilinib kichik pol yoki egatlarda yetishtiriladi. Ko‘chatlar zarur bo‘lsa siyraklashtiriladi, o‘suv davrida oziqlantiriladi (10 l suvga 15-20 g ammiak selitrasi va 30-40 g superfosfat qo‘shiladi), sug‘oriladi, begona o‘tlardan tozalanadi,4-5 chinbarg hosil qilgach dalaga o‘tqaziladi. Ko‘chatlar dalaga iyun oyining oxirlari iyul boshlarida tup oralarini zichroq (15-20 sm) qilib o‘tqaziladi. Kechki bo‘lishiga qaramasdan pomidor gektaridan 200-300 s gacha hosil olishni ta’minlaydi. Yozda ekilgan pomidor bahorda ekilgandan afzalligi shundaki, kechki qilib o‘stirilganda o‘simlik zamburug‘ va virusli kasalliklar bilan kam zaralanadi. Yoz-kuzda o‘stirilgan pomidorlarning meva tugish davri kuz oylariga, ya’ni bahorda ekilgan o‘simliklarniki tugagan davrga to‘g‘ri keladi. Demak, bahorgi ekish bilan yozgi ekinni bir-biriga qo‘shib olib borish iste’molchilarni bir me’yorda pomidor bilan ta’minlashga imkon beradi. Lekin, kechki qilib ekilganda pishmagan xom pomidor ko‘p chiqadi. Ularni maxsus joylarda qizartirib, keyin sovuqxonalarda saqlansa, ulardan kech kuzgacha, hatto qishda ham foydalanish mumkin. Shu tartibda yetiltirilgan mevalarning tannarxi qishda teplisalarda yetiltirilgan pomidorlarga nisbatan arzonga tushadi. Urug‘ sovuq parniklarga mayning dastlabki kunlarida sepiladi, maysalar 2-3 ta chinbarg chiqargandan keyin har 5-6 sm da bittadan nihol qoldirib yagona qilinadi. Maysalar 5-6 tadan chinbarg chiqarganda, ya’ni iyun oxiri iyul oyi boshida kuzgi g‘alla yoki ertagi sabzavot ekinlar hosili yig‘ib olingandan keyin ekiladi. Dalaga o‘tqazilgan ko‘chatlarning parvarishi odatdagidan farq qilmaydi, lekin bunda o‘suv davri qisqa bo‘lganligi tufayli ekinni sug‘orish, qator oralarini ishlash va o‘g‘itlash soni bahorda ekilgan pomidornikiga qaraganda kam bo‘ladi. Pomidor o‘simligini zarakunandalardan, ko‘pincha, g‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti), kuzgi tunlam qurti va boshqa kemiruvchi tunlamlar qattiq shikastlaydi. Bu hasharotlar asosan barg va mevalarni zaralaydi. Ularga qarshi biologik, kimyoviy va agrotexnik usullarda kurash olib boriladi. Download 82.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling