5 Adabiyotlar taxlili


Zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya tizimini ishlab chiqish


Download 82.19 Kb.
bet17/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
chala yarim

4. Zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya tizimini ishlab chiqish


Hozirgi vaqgda zararkunandalardan, himoya qilishning uyg‘unlashgan himoya kilish tizimi (UHQT) ishlatiladi. Bu tizimda ham barcha usullar (tashkiliy - xo‘jalik, oldini olish, agrotexnik, biologik hamda kimyoviy) ishlatilishi mumkin.
Zararkunandalarga qarshi dorilash uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan hodda muntazam ravishda amalga opshrilishi lozim. Bunda asosiy vazifa biosenozdagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklash-uygunlashtirish yo‘li bilan o‘simliklarni himoya qilishdan, ya’ni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan sharoit vujudga keltirishdan iboratdir.
Pomidor zararkunandapardan uyg‘unlashtirib himoya qilish tizimini oldikgn-umumiy himoya qshish tizimidan farqi shundaki, bunda masalaga biosenetik yo‘l bilan yondoshiladi. Uyg‘unlashgan tizimda kurash olib borilganida zararli organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan selektiv (tanlab ta’sir qiluvchi) vositalarni qo‘llash va tabiiy ravishda zararkunandalarni kamaytirib turadigan foydali organizmlarni mumkin qadar saqlab qolish maqsad qilib olinadi. Oqibatda, zararkunandaning zichligini batomom yo‘q qilish maqsad qilib olinmay, balki uning soni xo‘jalik uchun bezarar darajada - iqtisodiy zararsiz miqdor mezoni (IZMM) darajasida bo‘lipgi ta’minlanadi.


3.1. Zararkunandalarga qarshi oldini olish va tashkiliy -
xo‘jalik tadbirlari

Zararkunandani kelgusi yili kamaytirishga qaratilgan oldini olish va tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari jumlasiga g‘o‘za tunlamining so‘gati avlodiga qarshi kimyoviy dorilashni; defoliasiya tarkibiga kamaytirilgan me’yorlar-da insektisid qo‘shib ishlatish hamda ang‘izga ekilgan makkajo‘xorini albatta himoyalab kuzgi shudgor o‘tkazishlarni kiritish mumkin.
Erta ko‘klamda yo‘l, ariq yoqalaridagi va uvatlardagi begona o‘tlarga karshi gerbisidlar, zararkunandalarga qarshi esa insektisid yoki ilsektisid-akarisidlar ko‘llanilsa, ekin zararkunandalariga, shu jumladan ko‘sak qurtining kapalagiga manba bo‘ladigan o‘simliklar yo‘qotilgan bo‘ladi, so‘ruvchi zararkunandalar qiriladi.
Zararkunandalarga karshi kurash olib borishda zararkunanda urchiydigan ekinlarni tartibsiz joylashtirishga barham berishning ahamiyati muhimdir. No‘xat, pomidor, qovoq singari zararkunanda yokpgoadigan o‘simliklar g‘o‘za ekilgan maydon-lardan narida alohida massivlarda o‘stirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ekinlarni ko‘sak qurtini "jalb etuvchi" ekin sifatida g‘o‘za ekilgan maydon atrofiga ekish yaramaydi.
Zararkunandalarni yo‘qotishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirayotganda kuyidagicha ish tutish lozim:
a) zararkunanda tarqalishi mumkin bo‘lgan maydon, zararlanadigan maydon va kurash usullari belgilanadi; kimyoviy va biologik kurash hajmi va muddatlari aniqlanadi;
b) barcha turdagi maxsus apparatlar, transport vositalarining ish hajmi korjoma hamda shaxsiy himoya vositalariga bo‘lgan extiyoj aniqlanadi;
v) mahsus himoya texnikasi va uskunalar tamirlanadi.
g) har gektarga sarflanadigan preparatlarning kiymati mahsulot tannarxi hisob-kitob qilinadi, ish haqi fondi ajratiladi.
Shuni ham aytish kerakki, o‘simliklarni dorilash ishlari bo‘iicha agronom boshchiligada maxsus brigada tashkil etish, bu brigadani zarur texnika va mutaxassislar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.



Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling