5 Adabiyotlar taxlili


Biologik faol moddalarni (BFM) ishlatish


Download 82.19 Kb.
bet18/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
chala yarim

3.2. Biologik faol moddalarni (BFM) ishlatish
Zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan BFM orasida ayniqsa zararli tunlamlarga (g‘o‘za, kuzgi, undov) qarshi mo‘ljallangan feromon tutqichlarni (FT) ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Feromon - so‘zi yunoncha bo‘lib, "feron" - uzoqdan, "mone" - jalb qilaman, degan ma’noni biddiradi. Ko‘pgina hasharotlar g‘umbakdan chiqishi bilan juftlashish taraddudiga tushadi. Ayrimlarida esa bu hodisa 2-3 kun keyinroq ro‘y beradi - o‘simlik gullaridan nektar so‘rib oziqlangach, ularning jinsiy a’zolari yetiladi. Shundan keyingina ular feromon chiqara boshlaydi. Bunday hasharotlar har xil o‘simliklar gullarining hidini yaxshi ajrata oladi. Bundaylar qatoriga g‘o‘za tunlami ham kiradi.
Ko‘p hollarda o‘simliklar urg‘ochi va erkak hasharotlar bir-biri bilan uchrashadigan "manzil" bo‘lib ham xizmat qiladi. Bu hodisa sababini aniqlash uchun entomolog, biofizik va bioximik olimlar qunt bilan hasharotlarning hid sezish a’zosi hisoblangan mo‘ylovlaridagi biotoklarni o‘lchaganlar. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bu mo‘ylovlar dastlab o‘simliklardan keluvchi moddalarning, keyin nektar so‘rgan urg‘ochi kapalaklardan keluvchi feromonlarning hidiga juda sezgir bo‘ladi.
Hasharotlar feromoni g‘oyatda faol birikma hisoblanadi. Feromonning juda ham oz miqsori, hatto bir necha molekulasi ham erkak hasharotni "maftun" qila oladi.
Shunday qilib, feromonlar xilma-xil biologik sigaal-lar berishga qodir bo‘lib, kimyoviy ekologiyaning juda murak-kab ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Feromonlarning jinsiy, iz, ogohlantirish, maydon belgilash va tuxum qo‘yish turlari mavjud bo‘lib, ularning nazariyasi yaxshi o‘rganilgan. Usimliklarni himoya qilishda, asosan hasharotlarning jin-siy jalb qiluvchi feromoni ishlatilmoqda. Bunda qarama-qarshi jinsli hasharotlar (erkaklari) jalb qilinadi.
Feromon tutqichlar. Hasharotlarning yetuk zotlari o‘zaro bog‘lanishi uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalarning mavjudligi aniqlanganligiga 2 asrdan ortiq vakt o‘tganiga qaramay (A. Fabr, 1823), bu moddani amaliy ishlatish uchun tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980 yillari bir qator ilmiy tashkilotlarda boshlangan (Xo‘jayev va b., 1982). Ta’kidlab o‘tish joizki, feromon moddasi hasharotlarning maxsus ekzokrin bezlari tomonidan ishlab chiqilib, o‘zga jinsli zotini jalb etish uchun mo‘ljallangan. Jinsiy feromonni g‘o‘za tunlamining urg‘ochi zoti ishlab chiqaradi.
FT yordamida ayni hasharotning bahorda rivojlana boshlagan muddatini va zichligini aniqlash. Mavsumda nechta bo‘g‘in berganligini, ularning muddatlarini va fenogrammasini tuzish.
FT ga ilingan kapalaklar zichligiga qarab qaysi himoya usulini va qaysi fursatda ishlatish kerakligini aniqlash. Trixogrammani dalaga tarqatish uchun eng samarali fursatni aniqlash.
Feromon tutqichlarni ishlash jarayoni shundan iboratki, bunda sun’iy hidga jalb etilgan erkak zot kapalak tutqich ichiga joylashtirilgan yelimli qog‘ozga yopishib qoladi. Sun’iy feromon kuchli attraktant hisoblanadi, ya’ni u tabiiy kapalakka nisbatan bir necha bor kuchli jalb etish xususiyatiga ega. Har bir tur hasharot uchun ma’lum struktura va tuzilishga ega bo‘lgan o‘zining feromoni mavjud. Amaliyot-da feromoi tutqich yordamida ayni hasharot rivojlanishini belgilab, zarur kurash usuli uchun taraddud ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bu esa birinchidan, o‘z vaqtida kurash o‘tkazilishi hisobiga zararning oldini olishga, ikkinchidan behuda ishlov o‘tkazishga chek qo‘iish imkonini yaratadi.
Feromon tutqichlar quyidagilardan iborat: tutqich yelimli yopishgich, temir sim, yog‘och qoziq va feromon moddasi singdirilgan rezina kapsula. Yog‘och qoziqlarga ustunchalar o‘rnatish shart emas.'
Feromon moddasi singdirilgan rezina kapsula. Feromon, yuqorida aytib o‘tganimizdek, «jalb qiluvchi» yoki «chorlovchi» modda bo‘lib, uning juda kichik miqdori (1-2 mg) ko‘p erkak kapalaklarni chaqirishi mumkin. Feromon moddasini ishlatish uchun uni har xil rezina yoki polimer vositalarga shimdiriladi. Keyinchalik modda atrofga havo orqali asta-sekin tarqala boshlaydi. Rezina trubka 15-20 mm uzunlikda qirkilgan bo‘lib, har bir bo‘lagi o‘z tarkibida 2 mg feromon saqlaydi (g‘o‘za tunlami uchun). Feromon rezina trubka bo‘lagining ichki sathiga singdirilgan bo‘ladi. Shu sababli doimo trubkaning ichki sathi ochiq bo‘lishiga erishish lozim. Trubka teshigidan havoning o‘tib turishi feromon-ning atrofga tarqalishini ta’minlaydi. Feromonlar singdirilgan rezina trubka 1 mm li sim yordamida tutkich-ning markaziy qismiga osib ko‘iiladi- Bu o‘rinda skrepkadan (qog‘oz qistirgich) foydalanish o‘rinlidir. Feromonlar singdirilgan rezina trubkani joylaipnrishda gorizontal holatini ta’minlashga harakat qilish kerak.
Gʻo‘za tunlamining feromoni ochiq havoda 10-15 kun davomida o‘z kuchini yuqotadi. Shuning uchun ularni og‘zi yaxpsh berkitiladigan idipsharga solib uy sovutgichlarida saqlash lozim. Sovutgichlarda saqlangan feromonlar 1-1,5 yil davomida o‘z kuchini yo‘qotmshadi.
Feromon tutkichlarini dalaga o‘rnatish. Feromon tutqichlar qo‘llanish maqsadi va ekin turiga qarab turli miqsorda o‘rnatiladi. Gʻo‘za ekijan maydonlarda feromon tutqichlari tunlamlarning rivojlanishini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Shu maqsadda har 4-5 gektar g‘o‘za maydoni hisobiga 1 dona tutqich o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Gʻo‘za tunlami yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, asosan g‘o‘zaning o‘sish nuqtasiga tuxum qo‘yadi, demak tutqich aynan kapalak tunda uchib yuradigan balandlikda joylashgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, tutqichlarning yuqorida joylanishi uning ichida havoning oson aylanishiga, oqibatda feromon xidining yaxshi tarqalshtgiga imkoniyat yaratadi.



Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling