5 Adabiyotlar taxlili


Download 82.19 Kb.
bet19/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
chala yarim

4.3. Biologik usul
O‘zbekistonda o‘simlik zararkunandalariga qarshi biolo-gik usul deb atalgan kurash tabiat qarama-qarshilikparining (ziddiyat) namoyondasi shaklida MDH davlatlari orasida tez rivojlandi. Uni o‘rganish chukur va zudlik bilan amalga oshdi; amaliy joriy etish esa Davlat Rahbariyati raxnamoli-gida O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy — tekshi-rish instituti, ToshDAU, UzFA ning zoologiya instituti, hamda viloyat o‘simliklarni himoya qilish stansiyalari tomonidan tez sur’atlar bilan amaja oshirildi.
Bu usul ekinlardagi zararkunandalar tuxumiga qarshi oddiy trixogrammaning 2-3 turini ishlatishni nazarda tutadi. Kushanda biofabrika va laboratoriyalarda ko‘paytirilgan don kuyasining tuxumida hamda yetuk zot shakllarida maydonga tarqatiladi. Trixogramma tunlamning har bir avlodiga qarshi kamida uch marta 1-1,2-1 gr/ga tizimida tarqatiladi: birinchi marta - tuxum qo‘ya boshlaganida, keyingilari - har to‘rt besh kundan so‘ng.
Trixogrammani ertalab soat 7 dan 11 gacha va kechqurun soat 17 dan 20 gacha
tarqatish lozim, chunki bu paytda u serharakat bo‘ladi. Kushandaning uchishga qobiliyati past ekanligini nazarda tutib, mumkin qadar ko‘proq yerga tarqatish lozim (har gektarda kamida 100 ta joyga).
Kushandadan samarali foydalanishning yana bir omili uni tarqatish muddatini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Bu esa xo‘jaliqda nazorat-bashorat ishlarining yuqori saviyada o‘tkazilishini talab qiladi.
Faqat trixogramma ishlatishning samaradorligi yetarli bo‘lmay, dalada qurtlar paydo bo‘lsa brakon kushandasining yetuk zotlari dalaga tarqatiladi. Sifatli kushandaning jinslar nisbati odatda o‘rtacha 1:1 bo‘ladi. Shuni nazarda tutib, urgochi zot hisobiga daladagi tunlam qurtlarining zichligini hisobga olib, har gektarga 500 tadan 3-4 minggacha tarqatilishi mumkin. Me’yorni belgilashda har 1 urg‘ochi brakonga dalada 10-15 ta qurt to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqish zarur.
2-jadval
Trixogramma va brakoi samaradorligining ularning sifatiga bog‘liq bo‘lishi






Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling