5 Adabiyotlar taxlili
Yuklarni gorizantal yo‘nalishida tashish va ortish uchun yerda yuradigan transportlardan foydalanildi
Download 82.19 Kb.
|
chala yarim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omborlarda yonginni oldini olish talablari
Yuklarni gorizantal yo‘nalishida tashish va ortish uchun yerda yuradigan transportlardan foydalanildi. Bunday transport asosan yuklarni texnologik jarayon boshlanadigan joyga va tayyor bo‘lgan mahsulotni omborxonaga tashib keltrishga imkon berdi.
Yuk ko‘tarish mehanizimlarida havfsiz – foydalanish uchun ayniqsa ularning tayanch qisimlari, arqon tros, ilgak va boshqa qismlari kattaroq mustaxkam zahira bilan tayyorlashdi. Yuk ko‘tarish va tashish vositalarini havfsiz ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar quydagilardan iborat: hamma aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari hamda mehanizmlarp ishonchli to‘siqqa ega bo‘lishi, signalizasiyasi blokirovkali tormozlari ishonchli ishlashi kerak. Orqaga yurib ketmasligi uchun transportyor va konveyrlarda soz tormozlar bo‘lishi lozim. Tezlikni cheklab turish uchun transportyor va konveyralr tezlik ikilagichlar bilan taominlanishi lozim. Omborxonalar va ayrim syexlardan konveyrlar havfsiz harakat tezligi 0,2 m/s dan oshmasligi zarur. Himoya qilish elektr tokini o‘chirish qurilmalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar. Xosil omborlaridagi har bir dastgoh elektr toki bilan taominlangan. Ish joylaridagi tok o‘tkazish shanbalarini ochilib qolish va ishchilarga shikast yetkazishi mumkin. Shu sababli har bir dastgoh harpusida o‘tkazgich orqali yerga ulanib qo‘yilgan. Elektr dvigatellar, mashina mehanizimlar, transporterlar, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o‘chirish va saqlovchi qurilmalarga ularni o‘rnatish va foydalanishda ma’lum talablar qo‘yiladi. Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, birinchidan, ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi, ikkinchidan ishlayotgan kishilarni elektr toki ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, uchinchidan, elektr tizimlarining o‘zgaruvchan kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo‘ladigan yong‘in havfini yo‘qotadi. Omborlarda yonginni oldini olish talablari. Doimiy xosil ombori boshqa inshoatlar, binolar, yo‘llar o‘rmonlar va ekin dalalaridan muayyan yong‘inga qarshi masofalarda joylashtriladi omborning o‘zida alohida rezervuarlar va inshoatlar orasida ham yong‘inga qarshi masofalar qoldrilgan . Doimiy xosil ombori territoriyasida chekish, kerosinli fonarlardan foydalanish, traktor yoki avtomobil dvigatelini ishga tushirish ularni zapravka qilish taqiqlanadii doimiy xosil ombori territoriyasiga gaz generatorli avtomobillarda kirish mumkin emas. Doimiy xosil omborlari asosan yonmaydigan materiallardan quriladi. Ammo yonadigan materiallardan quriladigan bo‘lsa, o‘tdan himoyalovchi tarkib bilan suvaladi yoki qoplanadi. Xosilni to‘kish , saralash yoki tozalashda ko‘p chang ajraladi, bu changni muntazam yo‘qotib turish kerak. Xosilni saqlash omborlari uchun elektr jihozlar P - II sinf xonalariga qo‘yiladigan talablar kabi tanlanadi. Yoritkich va apparatlarning (vklyuchatellar, ishga tushirgichlar) chang o‘tmaydigani ishlatiladi. Texnik uskunalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari. Korxona uskunalari amalda davlat umumiy standart talablari (GOST) va umumiy standart talablari (OST)ning uskunalar uchun konstruktorlik talablariga javob berish kerak. Uskunalarning yig‘ish mexanizmlarini konstruksiya kompanovka va joylashishi texnika xavfsizligi qoidalariga javob berishi kerak. Avariyasiz ish xolatini ta’minlash kerak. Montaj, ekspluatasiya va remont jixatdan xavfsizlik talablariga javob berishi kerak. Yuqori qoldiq bosim va vakuum sharoitlarida ishlovchi texnologik apparatlar, gidravlik va pnevmatik sinovdan o‘tib, germetikligi tekshirilishi kerak. Yuqori bosimlarda ishlovchi apparatlarni loyixalash, tayyorlash va ekspluatasiya qilish, shuningdek uni tayyorlash uchun zarur materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat texnik nazorat komiteti tomonidan tasdiqlangan. Yuqori bosimlarda ishlovchi qurilmalarda tuzilishi va xavfsizligi ekspluatasiya qilinish qoidalariga javob berish kerak. Mashina apparatlari, idishlar konstruksiyasi ishchi suyuqlik va ximiyaviy eritmalar uzatishda, shuningdek ishchi qismida va qayta ishlayotgan maxsulot xarakatlanishi jarayonida sochilishini e’tiborga olingan xolda uni oldini olish kerak. Texnologik apparatlar, me’yorlagich qozonlar yoki ularning ayrim qismlari zararli chiqindilarga (bug‘lar, gazlar, chang aralashayotgan) germetik xolda bo‘lishi. Buning iloji bo‘lmasa maxalliy so‘rib oluvchi uskunalar o‘rnatilishi kerak. Yuvish mashinalari me’yorlagich, protyorka mashinalari, maydalagich, press, inspeksion transportyorlar, nisbatan tegishlicha ko‘rsatilgan joylarda o‘rnatilishi zarur. Sharbat, pasta ishlab chiqaruvchi avtomatik liniyalar, ilgich baklar, nasoslar o‘chiruvchi blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi kerak. Manometrlar, vakuummetr, monovakuummetrlar shunday shkalaga ega bo‘lishi kerakki, ishchi bosimda pribor strelkasi shkalani 3/1 qismida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu priborlarni shkalasida ruxsat etilgan ishchi bosim bo‘yicha shkala belgilari o‘rtasida qizil chiziq tortilgan bo‘lishi kerak. Monometrlar xizmat ko‘rsatish maydonchasida 5m balandlikda o‘rnatish tashkillanadi. Uskunalarni aylanuvchi va xarakatlanuvchi qismlari xavfli bo‘lganligi sababli amalda OST talablari bo‘yicha chegaralanishi kerak. To‘liq konstruksiyali uskunani to‘silayotgan bo‘limiga o‘tishi bexosdan teshilishini oldini olishni ko‘zda tutilgan. To‘silayotgan ob’yektni kuzatish yoki unga toza havo oqimini kelishini to‘xtatmaslik uchun to‘siqlar, yonmaydigan to‘siqlar, o‘tkir bo‘lak bermaydigan tiniq materialdan tayyorlangan bo‘lib, to‘silayotgan mexanizmlar kamida 100 m uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Konstruktiv jixozlarning to‘silishini iloji bo‘lmagan havfli zonalar fotomanevrovka yoki boshqa blokirovkaga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rish chegarasidan tashqarida joylashgan mashina va apparatlar uzunligi 20m dan katta bo‘lgan avtomatlashtrilgan mashinalar, agregatlar, transportyorlar, pasterizatorlar, avtomatik ishlovchi mavxum analiz qilishga ega bo‘lishi kerak. Ogoxlantiruvchi yozuvli tablichkalar ko‘rinarli joylarda bo‘lishi va amaldagi GOST talablariga javob berishi kerak. Ishchi uskunalarning issiq yuzasi xarorati 45 0 Sdan yuqori bo‘lishi kerak emas. Xolat ko‘rsatishi maydonchasi yuzasi tekis, sirpanchiq bo‘lishi kerak emas. Yuqori bosim ostidagi apparatlar bilan ko‘rsatish maydonchasi oralig‘i 3 metrdan ortiq bo‘lib ikkala tomondan zinalarga ega bo‘lishi kerak Vaqti – vaqti bilan ishlovchi apparatlar oralig‘ida yog‘och zinalar qo‘yish mumkin. Ularning uzunligi 5 metrdan oshmasligi kerak va statik sinovdan kamida 60 yilda bir marta o‘tkazilib, xar bir pog‘onasi 120 kg yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.Ko‘tara olish qobiliyati yozilgan tablichkalar biriktirilgan bo‘lishi kerak Transportyorlarning roliklari va lentalari to‘silgan bo‘lishi kerak. Transportyorlarning qiyaligi 300S dan yuqori bo‘lmasligi, jism transportyorlarning yuritmalari ularning yuk og‘irligi ta’sirida xarakatlanishning oldini oluvchi avtomatik tormoz sistemasiga ega bo‘lishi kerak. Transportyorlarning lentasi bo‘ylab 25 metrdan past bo‘lmagan to‘siqlar bo‘lishlar kerak. 115 m balandlikda o‘rnatilgan transportyorlarning ostiga silliq setkalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Elevatorlarning (gusinaya lenta) ishlayotgan tarmog‘i va karkas qismlari g‘ilof bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Shneklar doimo yuritma bilan blokirovka qilingan va to‘siqlar bilan chegaralangan bo‘lishi kerak. Elektrotalvlar(telpferlar) tuzilishi va eksplutasiya qilish sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat texnik nazorat komiteti tomonidan ishlab chiqarilgan qoidalar talablariga javob berish kerak. Elektrotelpfellarni knopkali uchirib ulagichlar kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Xom ashyoni maydalash uchun mo‘ljallangan mashinalar albatta 600 mm dan katta bo‘lmagan xom ashyo solish bunkeriga ega bo‘lishi kerak. Kesuvchi mashinalarning pichoqlari ishga tushiruvchi qurilma bilan blokirovka qilingan g‘ilof bilan berkitilgan bo‘lishi kerak. Probirka mashinalari bunkerdagi massa berilgan satxga yetgach, xom ashyo kelishini to‘xtatuvchi blokirovka uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kichik tegirmon va maydalagichlar maxsus shovqindan izolyasiya qiluvchi binolarda joylanadi va masofaviy boshqariladi. Separator va syentriofuzalar izolyasiya qilingan binolarda asosiy bino poydevori bilan berilgan maxsus poydevorlarda o‘rnatib manometrlar bilan ta’minlangan suvli tusiqlagich vannalar suv sovushini ko‘rsatuvchi pribor bilan ta’minlanib, barbotyorning yuqori nuqtasiga suv satxi 0,2 m pastga tushib ketgan bo‘lsa u xolda bug‘ qurilmasi bo‘lishi kerak. Reaktorlarda manometrlarda, termometrlar, suyuqlik satxini ko‘rsatuvchi asboblar bilan t’ominlangan bo‘lishi kerak. Sig‘imi 150 litrdan yuqori bo‘lgan aralashtirish uchun mo‘ljallangan qozonlar mexanik aralashtirgichlar bilan ta’minlangan bo‘lish kerak. Bug‘latish apparatlarini tuzilishi va ekspluatasiya qilish sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat texnik nazorat komiteti tomonidan ishlab chiqilgan talablarga javob berishi kerak. Vakuum apparat vakuum buzilganda aralashtirgichlar ishini to‘xtatuvchi bosim ortib ketganda moki ochuvchi, apparatdan bub va maxsulot tushishini oldini oluvchi to‘siqlash qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. To‘siqlash qurilmalari tovushli yoki yorug‘lik signalizasiyasiga ega bo‘lishi kerak. Hamma konstruksiyadagi bug‘moyli pechlar suvli chegarasining satxi ko‘tarilib ketishini ko‘rsatuvchi tovush va yorug‘lik signalizasiya va 3 kontrol kron bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Pechdagi moy xarorati satxi va bug‘ xam avtomatik xam qulda masofaviy boshqaruv tuzilishiga ega bo‘lish kerak. Moy va suv satxini nazorat qiladigan ko‘rish oynalari metaldan tayyorlangan shiol setkalari bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Vertikal avtomatlarni konstruksiyasi ekspluatasiya qilish sharoitlari GOST 9586 – 75 talablariga javob berishi kerak. Korxonada uskunalarning texnika xavfsizligi talablariga javob berishini nazorat qilish montaj va ekspluatasiyaga topshiri, shuningdek kapital remontda so‘ng amalga oshiriladi. Individual ximoya vositalari. Ishchilarda bo‘lgan xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlarini ta’sirini oldini oluvchi yoki kamaytiruvchi vositalar ximoya vositalari deyiladi. Individual ximoya vositalarida maxsus kiyim va poyafazallar ko‘rish, eshtish, nafas olish organlar va qo‘l oyoqlar ximoyasi uchun mo‘ljallangan vositalar kiradi. Maxsus kiyim tashqi muxitning zararli faktorlaridan saqlanishni eng keng tarqalgan vositadir. U namlikdan, kislota, ishqor va boshqa kuyish va tan jaroxatlaridan saqlaydi. Maxsus poyafzal ishchini oyog‘ini tashqi muxitning agressiv faktorlaridan saqlash uchun mo‘ljallangan. Boshini ximoya qilish uchun asosan kaskalardan foydalaniladi. Ular boshini mexanik ta’siridan, kimyoviy agressiv moddalardan, elektr tokidan saqlaydi.Kaskalar tekstomet va press – materiallardan tayyorlanadi. Qo‘llarni tashqi muxitning zararli faktorlaridan saqlash uchun qulqoplardan foydalaniladi. Ular ximoya qilishiga qarab rezinkali yupqa metal brizent va qalin materiallardan tayyorlanadi. Ishchi nafas olish organlarini tashqi muxit ta’siridan saqlash uchun protivogaz va respiratordan foydalaniladi, ular filtrlovchi xavoni zararli aralashmalaridan saqlaydigan va ximoyalaydigan bo‘lishi kerak . Download 82.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling