5. alt+tab dasturlardan dasturlarga o’tish klavishalari
Download 59.5 Kb.
|
Klaviatura
- Bu sahifa navigatsiya:
- ( ESLATMA!! ! Windows Logo bu WINDOWS ning rasmi tushurilgan klavishasi hisoblanadi)
Endi bu klaviatura orqali amalga oshiriladigan bir necha asosiy va ko'p ishlatiladigan tezkor klavishalarni ko'rib chiqsak: 1. F1 – Windows bilan ishlash uchun yordam olish klavishasi (ish stolida turgan holatda). Buning afzalligi shundaki bu klavisha orqali istalgan dasturning yordam bo'limiga o'tish mumkin; 2. F2 – biror fayl yoki hujjatning ustiga sichqonchani bir marta bosib so’ng bu klavishani bossangiz shu fayl yoki hujjatni nomini o’zgartirish uchun tahrirlash ochiladi; 3. F5 – bu klavisha orqali siz Windows dagi Refreshni klavisha orqali bosishingiz mumkin (Refresh ning ma’nosi shuki u protsessor uchun foydalanuvchi men hech qanday amal bajarmayabman degan signalni yuboradi); 4. CTRL+ESC va “Windows Logo” – bu klavishalar Windows ning pusk (Start) tugmasini ochish uchun ishlatiladi; 5. ALT+TAB – dasturlardan dasturlarga o’tish klavishalari; 6. ALT+F4 – dasturdan chiqish yoki yopish; 7. SHIFT+DELETE – biror fayl va hujjatni xotiradan butunlay o’chirib tashlash; 8. Windows Logo+L – Windows dagi foydalanuvchini blok holatiga o’tkazish (ya’ni parol o’rnatilgan bo’lsa shu holatga yoki oddiygina bitta tugma orqali kirish muhitiga o’tkazish); 9. CTRL+C – bu klavishalar biron fayl yoki hujjatni nusxalash uchun ishlatiladi; 10. CTRL+X – bu klavishalar esa asl fayl yoki hujjatning o’zini buferga ko’chirish uchun ishlatiladi; 11. CTRL+V – nusxalangan yoki buferga ko’chirilgan fayl yoki hujjatni o’zimiz tanlagan joyga qo’yish vazifasini bajaradi; 12. CTRL+Z – qandaydir bajarilgan ishni orqaga qaytarish uchun ishlatiladi (bu amalga oshmaydigan holatlar mavjud); 13. SHIFT+F10 – bu orqali siz bir necha belgilangan fayllarni nima qilish uchun amallar oynasi ochilish imkonini beradi; 14. CTRL+SHIFT+ESC – bu orqali biz “Диспечер задач” ni ochishimiz mumkin (WINDOWS 7, 8, 8.1, 10 da biroz o’zgarish mavjud); 15. CTRL+A – biz turgan joydagi hamma fayl yoki hujjatlarni birdan belgilash imkoniyatini beradi; 16. CTRL+Z – bajarilgan qandaydir amalni bitta orqaga qaytarish (asosan word hujjatlarda); 17. CTRL+Y – bajarilgan qandaydir amalni bitta oldinga o’tkazish (asosan word hujjatlarda); 18. CTRL+ALT+PRINT SCREEN (PrtSc) – bu klavishalarning vazifasi biror biz ishlab turgan dasturning o’zinigina rasmga olish imkonini beradi; 19. Windows Logo+PRINT SCREEN (PrtSc) – buni esa butun oynani rasmga olish uchun ishlatiladi; 20. Windows Logo+R – bajaruvchi oynani “Выполнить” ni ochish imkonini beradi; 21. Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi; 22. SHIFT+Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi; 23. Windows Logo+D — hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi va hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi; 24. Windows Logo+E – “Этот компьютер” ni bizga ochib beradi; 25. Windows Logo+Break – biz o’rnatgan operatsion tizim va kompyuterning asosiy harakteristikalarini ko’rsatib beradi; ( ESLATMA!! ! Windows Logo bu WINDOWS ning rasmi tushurilgan klavishasi hisoblanadi) Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling