5. Amaliy dars. Shaharsozlik loyihalash tizimi va bosqichlari. Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari


Download 22.86 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1314510
Bog'liq
5. Amaliy dars


5. Amaliy dars. Shaharsozlik loyihalash tizimi va bosqichlari. Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari.
Shaharsozlik loyihalash tizimi va bosqichlari.
O'zbekistonda quyidagi loyihalash bosqichlari qabul qilingan:
shahar rivojlanishining bosh tarxi (shahar rejalashtirish loyihasi) shaharni to'la qamrab oladi. Buning tarkibiga transportni, muhandislik tarmoqlarini, ko'kalamzorlarni va boshqalarni rivojlantirishning shartli chizmalari ham kiradi. Shahar bosh tarxi 20 yil muddatga ishlanadi. M 1: 10000; batafsil rejalashtirish loyihasi 7—10 yil muddatga ishlanadi. Tarkibiga shaharning yirik bir qismini (markaz, sanoat qismi aholi joylashgan qismi va boshqalar) qamrab oladi. M 1:2000; qurilish loyihasi muddati 3-5 yil. Bu shaharning ayrim kichikroq bo'laklarini qamrab oladi (kichik tuman, maydon, anhor bo'yi, dam olish markazi va boshqalar). M 1:1 000, 1 : 500.
Amalga oshirish - reja va loyihalarni texnik, arxitekturaviy hamda ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va h.k.larda hayotga tadbiq etishdir.
Shaharsozlik loyihalashning ko'p bosqichli iyerarxik tuzilish tizimi - bu umumiy va uzoq muddatli loyihalardan aniq va qisqa davrni qamrab olgan loyihalarga o'tishdir.
Tumanni rejalashtirish tuzilmalari va loyihalari borasida O'zbekistonda olimlar va shaharsoz-loyihachilar birga anchagina ishlar bajarishgan. «O'zbekiston hududida Regional aholi joylashuvi tuzilmasi», “O'zbekiston tumanni rejalashtirish kompleks tuzilmasi”, “Toshkent aglomeratsiyasi tumanni rejalashtirish kompleks tuzilmasi”, 2005-yilda «ToshkentboshplanLITI» tomonidan loyihalangan. “Toshkent viloyati tumanni rejalashtirish sxemasi 2020-yilgacha” va boshqa viloyatlar tumanni rejalashtirish tuzilmalari tomonidan ko'pchilik ma'muriy tumanlarning loyihalari ishlab chiqilgan.
Shaharning rivojlanishi:
1-birinchi bosqich (5-7 yil); 2-hisob muddati (25-30 yil): 3-kelajakka taxmin; A-shahar rivojlanishining umumiy fazoviy modeli; B-jamoat markazining rivojlanishi.
AHOLI
Shaharlar rivojlanishini loyihalash asosida butun xalq xo'jaligining kelajak rivojlanish bosh tarxi yotadi. Shaharsozlik masalalari xalq xo'jaligining kundalik va kelajak rejalari bilan birgalikda hal etiladi.
Barcha shaharsozlik loyihalarining asosiy masalalari - bu turli maqsadlarda foydalaniladigan shahar fondlariga bo'lgan ehtiyojni hisoblash (turar-joy, jamoat binolari va b.) va ularni shahar hududida joylashtirishdir.
Shaharlaming kelajakda rivojlanishi loyihalari asosida xalq xo'jaligi rivojlanishining uzoq muddatga mo'ljallangan istiqbol rejasi yotadi.
Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari.
Tumanni rejalashtirish - iqtisodiy yoki ma'muriy tumanning kompleks hududiy-xo'jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo'jaligi tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta'minlovchi tarxiy tarkibni shakllantirishdan iboratdir.
Tumanni rejalashtirishning vazifasi - loyihalanayotgan tumanning hududiy-xo'jalik tuzilishini ratsional hal etish, ishlab chiqarish, shaharsozlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy yodgorliklarni saqlashni ta'minlovchi me'moriy-tarxiy tarkibni va uni funksional qismlarga bo'lishni shakllantirish; bunda tabiiy, iqtisodiy va mehnat resurslaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda tumanni rejalashtirish bo'yicha loyiha ishlarining 2 turi shakllangan:
- tumanni rejalashtirish tuulmasi (sxema);
- tumanni rejalashtirish loyihasi.
Tuman rejalashtirish tuzilmasi - viloyat, o'lka, avtonom respublikalar uchun bajariladi. 20-30 dan 200-300 ming km/kv gacha hududlarni qamrab oUb, miqyosi 1:10 0000 yoki 1:50 000 nisbatda bajariladi.
Tumanni rejalashtirish loyihasi - viloyat, o'lkalar qismlari hamda ma'muriy bo'laklar uchun bajariladi. 1 dan 20-30 ming km/kv gacha luidudlar uchun bajariladi 1:25 000 dan 1:50 000 gacha bo'ladi.
Shahar va shahar atrofi hududi o'rtasida mustahkam ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik aloqalar mavjud. Tumanni rejalashtirish asosiy shaharlar va shahar atrofi hududlarining vazifaviy ahamiyati va rivojlanishini ko'rib chiqadi. Tumanni rejalashurishning bu yo'nalishdagi muhim vazifalaridan biri - markaziy shaharning o'sishini me'yoriy darajada boshqarilishiga mos holda hudud xo'jaligi tarmoqlarini kompleks joylashtirish hisoblanadi.
Tumanni rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri - shahar mikroiqlimini yaxshilash va aholining dam olishi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida markaziy shahar atrofida ko'kalamzorlar halqasini hosil qilishdir. Halqaning bevosita shaharga tegib turuvchi qismi, odatda, qurilmalardan holi bo'ladi va yashil baryer vazifasini bajaradi. Uydan dam olish joyigacha maksimal 1 soat uzoqlikkacha radiusda shahar aholisining qisqa muddatli ommaviy dam olish joylari tashkil etiladi. Ko'kalamzorlar halqasining tashqi hududida uzoq muddatli dam olish joylari - sanatoriylar, dam olish uylari, sayohat maskanlari va shu kabi aholi dam olishi landshaft zonalari tashkil qilinadi.
Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling